Maktab haqida

 

Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-sonli o’rta ta’lim maktabi manzili Navoiy viloyati Zarafshon shahri Zavodskoy kichik tumani.

O’qish davomiyligi bo’yicha maktab turi umumiy o’rta ta’lim, o’quvchilarning umumiy soni 1796 nafar, navbatliligi II smenada, telefon raqami 573-46-18.

Maktab rahbarining F.I.SH. Iskandarova Asolat Safarovna. Maktab 1969-yilda rus maktabi sifatida faoliyat boshlagan va 960 ta o’quvchi o’rniga mo’ljallangan, shu davrda maktabga R. Shukina,O.Smolko   rahbarlik qilgan. Maktabning jami xonalar soni 53 ta, shundan sinf xonalari 37 ta, ma’muriy xizmat xonalari 12 ta, xo’jalik va qo’shimcha xonalari 4 ta.

2000 yildan boshlab maktabda ta’lim qozoq-o’zbek tilida yuritilib, direktori  Sh. X. Yakubayev faoliyat olib bordi.2013-2014 o`quv yilidan boshlab  maktab direktori Iskandarova Asolat Safarovna faoliyat olib bormoqda.O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Omonova Shaxlo Abdiyevna, boshlang`ich ta`limda o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Iskandarova ,ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari To`raboyeva Shaxnoza,Mirzayeva Hayitgul,o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish bo`yicha direktor o`rinbosari Umarova Muqaddas Murodullayevna.Maktab psixologi Xushvaqova Risolat Boboqulovna.

        2011-yilda maktabda ta’lim o’zbek tilida yuritilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda maktabda 145  nafar pedagog xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 2 nafari oliy toifali, 11 nafari 1-toifali, 61 nafari 2-toifali o’qituvchilardir.

        40 yildan ziyod tarixga ega bu ta’lim maskani Respublika, viloyat, shahar miqyosida o’tkazilgan ko’rik tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda. 2006 – yilda qozoq tilidan Dosjanova Raxiya “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovining Respublika bosqichida sovrinli 1-o’rinni, 2007-yilda ushbu ko’rik tanlovning Respublika bosqichida Junisova Shinar 2-o’rinni, 2009-yilda mehnat fanidan Bo’ronova Bozorgul Respublika bosqichida sovrinli 1-o’rinni egallagan bo’lsa, sport musobaqalarida 2012-yilda 8-"V"-sinf o’quvchi Pardayev Muxammad Qirg’iziston Respublikasida bo’lgan qo’l jangi sport turi bo’yicha sovrinli 3-o’rinni egalladi. 9-"A"-sinf o’quvchisi Ismatov Ubaydullo "Fuqarolik jamiyatida yoshlarning o’rnini ta’minlash" mavzusida o’tkazilgan ko’rgazmada amaliy san’at yonalishi bo’yicha ishtirok etib 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 6-"G"-sinf o’quvchisi Jo’rayeva Marziya "Umid nihollari-2012" Respublika bosqichida ishtirok etib sportning badiiy gimnastika turi bo’yicha oltin medalni qo'lga kiritdi. Shu jumladan maktab olimpiada va bilimlar sinovining shahar, viloyat, Respublika bosqichlarida muvaffaqqiyatli ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqda.2012-2013 o`quv yilida Davlat va huquq asoslari fanidan "Bilimlar bellashuvi "ning shahar va viloyat bosqichlarida I-o`rinni egallab,Respublika bosqichida faxrli III-o`rinni egalladi.2013-2014 o'quv yilida 8-"G" sinf o'quvchisi Namozov Sherzod Tarix fanidan Respublika "Bilimlar bellashuvi" tanlovida 1-o'rinni egallab Oltin medalni qo'lga kiritdi.8-"B" sinf oquvchisi Tilavova Sadaf Huquq fanidan "Bilimlar bellashuvi"tanlovida 1-o'rinni egallab Oltin medalni qo'lga kiritdi."Quyoshli " oromgoqida dam olish yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Zulfiya " nomidagi davlat mukofoti  uchun o'tkazilgan tanlovning shahar bosqichida 1-o'rinni egalladi,viloyat bosqichida ishtirok etdi.

Bundan tashqari maktab va shaharda o`tkazilayotgan turli tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o`rinlarni egallab kelmoqda.