11111111111111 >> Madaniy ma'rifiy faoliyat >> “O’zbekiston mustaqillikga erishish ostonasida”kitobini o’rganish yuzasidan ma’ruza

 

Prezidentimiz Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikga erishish ostonasida”kitobini o’rganish yuzasidan ma’ruza

Assalomu alaykum hurmatli seminar qatnashchilari.O’z taqdirini vatan taqdiri bilan bog’lagan,xalq dardini o’z dardi deb biladigan vatanparvar hamshaharlar,mustaqil yurt vorislari bo’lmish yosh avlodni tarbiyalashdek sharafli ,hamda ma’suliyatli ishda bilim va ko’nikmalarini ayamayotgan o’qituvchi,murabbiylar.Bugun biz mustaqil diyorimizning 20 yillik to’yi arafasida nashirdan chiqqan Prezidentimiz Islom Karimovning “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitobi taqdimotiga yig`ilib turibmiz. Barchamizga ma`lumki xalqimiz bunday tinch, osoyishta , farovon, milliy qadriyatlari tiklangan ,o`z ozodligini barilla ayta oladigan kunlarga osonlikcha erishgani yo`q.

 Mustaqillikka erishiash g`oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga o`tib ming yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov “Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati nomli risolasida” “O`zbek millati azaldan o`z fikri zikri, o`z istiqloli uchun kurashib yashagan bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat yurtimizning fidoiy o`z yo`lidan maslagidan so`zidan qaytmaydigan farzandalariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo`lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz ham farz” deganda xalqimiz tarixiy qismatidan saboq olishni , otalar tarjibasini o`rganishni nazarda tutadi. Zotan xalqimizning uzoq tarixi ozodlik ,istiqlol uchun tinimsiz kurash davridir.

 Yurtboshimiz o`zining “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitobida ham mamlakatimizning mustaqillikka qo`ygan ilk qadamlari ya`niy 1989-1991- yillarda xalqimiz boshdan kechirgan har bir sohadagi qiyinchiliklari , zahmatlari, yutuqlari to`g`risida alohida alohida to`xtalib o`tadi. 1991-yilda ittifoqda barcha mustamlaka davlatlar uchun yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi kerak edi. Shu haqda prezidentimiz “Izvestiya ” gazetasi muxbirlari savollariga quyidagicha javob beradi .”Mening fikrim shunday agar markazda amalda shartnomani avval boshdanoq imzolashni istaganlarida edi u imzolangan bo`lardi. 1922-yilda imzolangan shartnoma turganda biz uchun yangi shartnomaning nima keragi bor , eski shartnoma hammani qoniqtiradi faqat uni yangilash kerak deb, necha martalab ta`kidlangan edi”. Chunki ittifoq shartnomasi mustamlaka davlat hayotida muhim ro`l o`ynar edi. Uning yangilanishi qanday bo`lishi kerak edi? Mustamlaka davlatlar qanday bo`lishini xoxlardi degan savollarga javob berish kerak edi. Prezidentimiz O`zbekiston SSR Oliy kengashining navbatdan tashqari IV sessiyasida 1991-yil 15- fevralda so`zlagan nutqida quyidagi fikrlarni bildiradi ”avvalombor yangi ittifoq shartnomasiga nisbatan O`zbekistonning munosabatini belgilashda quyidagilarni e`tiborga olsh zarur . Respublikamizning iqtisodiy ahvoli ancha og`ir , yechilmayyotgan muammolar behad ko`p , xalqning turmush darajasi past, ichimlik suvi tanqis , ekologiya , orol fojiasi qalblarni o`rtamoqda , sug`oriladigan yer yetishmaydi . Anchagina oziq- ovqat mahsulotlari va sanoat mollari tashqaridan olib kelinmoqda , chetga esa asosan xom- ashyo chiqarilmoqda , ishsiz yurgan odamlarning soni ko`p, ahvoli tang” . Prezidentimiz Ittifoq shartnomasini imzolashda birinchi o`rinda o`zbek xalqi manfaatlari xa xoxish istaklarini qo`yadi . Shu maqsadda 17- mart 1991- yilda butun Ittifoq referendumi ya`niy ovoz berish o`tkazildi. Xalqimiz o`z fikrini referendumda bayon qildi.

  Mustaqillikka qo`gan ilk qadamlardayoq xalqimiz og`ir kunlarni boshdan kechirdi . O`sha davrda xalqimiz hayotida ulkan olam shumul voqealar yuz berdi. Bu vaziyatni to`g`ri tushunish va undan to`g`ri, jamikiy xalqimizga ma`qul siyosat yo`lini tanlab olish , uni ro`yabga chiqarish, ya`niy hayotga tadbiq qilish juda mushkul edi. Bunday vaziyatda bizning oq ko`ngil, sofdil, mehnatkash xalqimiz yo`l korsata oladigan kishilarga muhtosh edi .Prezidentimiz buni quyidagicha ta`riflaydi “Mamlakatda ahvol kundan kunga og`irlashib ketayotgani, turmush darajasi зфыфншиб siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vaziyat, respublikalararo, millatlararo munosabatlar keskinlashib,ba’zi mintaqalarda to’qnashuvlar bo’lib va qon to’kilib turgan bir paytda saylovchilarimiz,xalqimiz ostonasiga qadam йщэнши kelayotgan mushkul,og’ir og’ir kunlardan,oddiylik bilan aytganda,balo qazodan saqlanishda biz rahbarlardan , deputatlardan, joylardagi yetakchilardan najot kutishga haqlidir” . Xalqimiz bilan bir vaqtda mustaqillikka erishayotgan qo`shni davlatlarda va bizninh davlatimizda ham millatlararo kelishmovchiliklar yuz berdi. Masalan boltiq bo`yi respublikalarida 1991-yilning boshida Velnyus va Riga shaharlarida yuz bergan qonli hodisalarni olishimiz mumkin. Bunday hodisalar hali xalqimiz mustaqillikni to`g`ri anglab yetmasdan xalq orasida turli ko`ngilsizliklarni keltirib chiqardi . Toshkent ,O`sh , Farg`onada yuz bergan voqealar bunga yaqqol misol bo`la oladi. O`sha davrda mamlakat miqyosida bo`lgan barcha hodisalar O`zbekistonga ham o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmadi . Mustaqillikning ilk yillarida narx navoning oshirilganligi og`ir turmush tarzini, xalqimiz qiyinchiliklarini ko`rib, o`zlarini qo`shtirnoq ichidagi xalq himoyachilari deb atagan toifa vakillari ham paydo bo`ldi, ular “demokratiya O`zbekistonga kirolmay ostonada qolib ketdi” deb noligan edi. Lekin prezidentimiz “ularga qarata O`zbekiston mustaqil respublika , uning o`z tanlagan yo`lib or. Biz kishilarimizning turmushini yengillashtirish uchun barcha choralarni ishga solamiz ” deb  ta`kidlagan edi.

 Xalqimiz qanchalik iqtisodiy , siyosiy, ma`naviy qiyinchiliklarga uchrashiga qaramasdan bu qiyinchiliklarni sabr toqati , mardligi va matonati bilan yegib o`tdi. Prezidentimiz ham shunday buyuk va ulug` xalq boshlig`I ekanligidan faxrlanib , xalqimizning sha`ni va or nomusini himoya qilish uchun , uning shuhratini tiklash uchun , an`analarini himoya qilish uchun hech narsani ayamadi .

 Birinchi o`rinda bozor iqtisodiyotiga o`tish va iqtisodiy sdohani tubdan isloh qilishga kirishildi. Mustaqil O`zbekistonimiz o`ziga xos yo`lni tanladi . Bugungi kunda jahon mamlakatlari tan olgan “O`zbek modelini ” ishlab chiqdi. Jahon mamlakatlrida iqtisodiy inqiroz ro`y berayotgan bir davrda ‘’O`zbek modeli’’ naqadar to`g`ri ishlab chiqilganligi o`z isbotini topdi.

 1991-yildayoq yurtboshimiz yerlarni xususiylashtirishga kirishdi. Lekin “sakrab o`tishdan” ko`ra “bosqichma-bosqich ” o`tish yo`lini tanlagani xalqimizni halokatdan saqlab qoldi.

1983-yilda o`tkazilgan “paxta ishi” siyosati mamlakatimizga hali ham salbiy ta`sirini ko`rsatayogan edi. Buning natijasida O`zbekistonning go`sht va unga qaramligini vujudga keltirdi. Odamlar manfaatlariga zid harakatlar qilindi. Ayniqsa ko`pdan ko`p zaharli dorilar qo`llanilganligi bolalar o`limi ko`payishiga , ayollarning turli kasalliklarga chalinishiga olib kelgan edi. Mamlakatimizda 1991-yilning boshlaridayoq faqatgina iqtisodiy, siyosiy, qishloq xo`jaligi sohasida emas balki tashqi va madaniy sohada ham yangilanishlar amalga oshirildi. O`zbekiston barcha qo`shni mamlakatlar bilan teng huquqli tashqi aloqa olib brogan. Bu borada Germaniya bilan do`stlik ,tinchlik aloqalari o`rnatildi . Hindiston bilan an`anaviy tarixiy aloqalar yo`lga qo`yildi. O`zbekiston Osiya respulikasi bo`lganligi sababli , Osiyo- Tinch okeani mintaqasidagi boshqa mamalakatlar bilan ham savdo va iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yishni rejalashtirib qo`ydi. Prezidentimiz O`zbekiston SSR Oliy kengashining V sessiyasida 1991-yil 12- iyunda so`zlagan nutqida “O`zbekiston kelajakda teng huquqli va suveren davlat sifatida BMT ga a`z obo`ladigan kun kelishiga aminman . Bu bizning qonuniy huququmizdir , bu xalqaro qonunlarga asoslangan davr talabidir , jafokash o`zbek xalqining respublikamizda yashovchi barcha erksevar fuqarolarning istagidir” deb ta`kidlagan edi. Uzoqni ko`zlagan yurtboshimizning fikrlari 19992-yil 2- martda O`zbekiston Bmtga a`z obo`lib kirishi bilan o`z isbotini topdi.

Mustaqillikka ilk qadamlardayoq qadimdan o`zining mehmondo`stligi , ochiqko`ngilligi, mehr oqibati bilan tanilib kelgan xalqimizning madaniy , ma`naviy qadriyatlari, diniy erkinligimiz tiklandi. Navro`zning tiklanishi , o`tmishdagi ulug` shoir, olim va boshqa mashhur ajdodlarimizning merosi xalq mulkiga aylangani , odamlar cho`chimasdan o`z etiqodiga binoan turli maraca va marosimlarni bemalol o`tkazish huquqiga ega bo`lishi quvonarli holat .

 O`zbekiston sovet sotsialistik respublikasi prezidenti I.A. Karimov 1991-yil 12- fevralda 21 - martni dam olish kuni sifatida belgiladi va Navro`z umumxalq bayrami deb e`lon qilindi . Bunday yuksak ishlarni amalga oshirilishi mustaqilligimizni erkinlik to`g`risidagi shiorlar bilan emas balki siyosiy , iqtisodiy mazmun bilan to`ldirdi . “vijdon , din , shaxs, tilni tanlash , madaniy yutuqlardan foydalanish erkinligi bo`lmasa chinakkam mustaqil davlat bo`lmaydi ” deb ta`kidlagan edi prezidentimiz 1991-yil 4- iyulda “Rabochaya tribuna ” gazetasi muxbiri savollariga javoblarida . 1991-yilda qilingan ma`naviy yutuqlarimizga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Masjidlar, diniy muassasa, inshoatlarning paydo bo`lishi . navro`z , Ro`za hayiti, Qurbon hayiti va boshqa bayramlarimiz tiklandi. 50ta milliy markaz tashkil qilindi. Abdulla Qodiriy , Fitrat, Cho`lpon, Usmon Nosir sharqning nohaq qatog`on qilingan boshqa allomalar merosi xalqqa qaytarildi.

 Xalqimiz mashaqqatli , sharafli va ulug` yo`lni bosib o`tib o`z maqsadiga erishdi . XII chaqiriq O`zbekiston respublikasi oily kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida 1991-yil 31- avgustda O`zbekiston SSR ning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O`zbekiston respublikasining davlat mustaqilligi to`g`risidagi bayonatiga asoslanib, O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida 17 moddadan iborat qonun qabul qilindi . Prezidentimiz tomonidan 1- sentabr Respublikamizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e`lon qilindi . Xalqimizning asrlar davomida orzu qilgan asriy orzusi ushaldi. Dunyo xaritasida O’zbekiston deb nomlangan Mustaqil davlat paydo bo’ldi.

 Yurtboshimizning “O’zbekiston Mustaqillik ostonasida”deb nomlangan kitobini varaqlar ekanmiz bunday osoyishta,farovon kunlar osonlikcha kelmaganini anglab yetamiz.Shunday yurtda yashayotganligingizga ming bor Ollohga shukronalar aytgingiz keladi.Barchamizga buyuk ajdodlarimizga munosib voris,shu yurt,xalq dardi bilan yonib yashash,uning koriga yarash nasib etsin.Etiboringiz uchun rahmat!

Маърузачи : Омонова Шахло