2017 yil-''Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili''

            
        Barchangizga,  butun  xalqimizga o`zimning  cheksiz  hurmat  va  ehtiromimni  izhor  etib, O`zbekiston  Respublikasi   Konstitutsiyasining  24 yillik  bayrami  bilan  chin  qalbimdan  samimiy  muborakbod etishga  ruxsat  bergaysiz.
          1992-yil  8-dekabrda mustaqil  O`zbekistonimiz  Konstitutsiyasining  qabul  qilinishi  mamlakatimiz hayotida  muhim  tarixiy voqea  bo`ldi.Konstitutsiyaning  yaratilishi   va   hayotimizga  tatbiq  etilishida zamonamizning  buyuk  davlat  arbobi, ulug`   yo`lboshchimiz,  muhtaram  Islom  Abdug`aniyevich   Karimovning  xizmati  beqiyos.Xalqimizning  ongu tafakkuri, dunyuqarashi  va  butun  hayotini tubdan  o`zgartirgan  ushbu  muhim  siyosiy  hijjatni ishlab   chiqishda  Islom  Abdug`aniyevichning konseptual  ahamiyatga  ega  teran  fikrlari  mustahkam  zamin  bo`ldi.
          Aynan  Birinchi  Prezidentimizning    sa`y-harakatlari  bilan Konstitutsiyamizda “Inson  va  unung  qadr-qimmati ”  degan  ulug` tushuncha markaziy  o`ringa  qo`yildi.
          Hukumatning  parlament  bilan qonun  ijodkorligi va  nazorat  tahlil  sohasidagi hamkorligini  yanada  samarali tashkil  qilish  maqsadida Vazirlar Mahkamasining  Oliy  Majlisda  doimiy  asosda  faoliyat    ko`rsatadigan  vakili lavozimini  ta`sis  etish maqsadga  muvofiq  bo`ladi. Asosiy  masala –qo-
nunlarning mazmum-mohiyatini xalqimizga  va   mas`ulijrochilarga o`z  vaqtida  yetkazish ularning  ijrosini  to`g`ri  tashkil  etish  hamda  qonun  talablariga  qat`iy  amal  qilishni  ta`minlashdan  iboratdir.
Afsuski,  mazkur  yo`nalishdagi ishlar  talab  darajasida  emas.Buning  oqibatida  oxirgi  uch  yil davlat  organlarining 157  ta  qarori o`z kuchini  yo`qotgan  qonunlar   asosida  chiqarilgan. Endi  o`ylab  ko`raylik  qonunchilika kiritilgan  yangiliklar o`z  vaqtida  joylarga , ayniqsa  ijrochlarga  yetkazilmaydigan  bo`lsa ularning  bajarilishi  haqida nima  deyish  mumkin?
        Bu  muammoni  samarali  hal qilishining  birdan-bir  yo`li-qonunlar  ijrosini  tashkil  etish  bo`yicha soatdek  aniq  ishlaydigan mexanizm  yaratishdir.
       Bugun  hayotimizning  o`zi Konstitutiyamizda  ifodasini  topgan eng  asosiy   maqsad- inson  manfaatlarini  har  tomonlama  ta`minlash  vazifasini  har  tomonlama  dolzarb  masala  qilib  qo`ymoqda.Shu yilning 25-sentyabrida Bosh  vazirning  internet  tarmog`ida electron  qabulxonasi  tashkil  etilgan  edi.O`tgan  davrda  ushbu  qabulxonaga fuqarolarimizdan 218  mingdan  ortiq  murojaat kelib  tushdi.Murojaatlarning  qariyb 59% iyechimini  topgan  bo`lsa,41% I  ko`rib  chiqilmoqda.Lekin  shu  o`rinda  bir  savol  tug`iladi:mana  shu  murojaatlarda  ko`tarilgan hayotiy  muammolarni  joylardagi hokimlik  va  idoralar , tegishli  mtasaddilar  o`z  vaqtida hal  etishi  zarur  emasmidi? Holbuki,  bu  masalada alohida  qonun,ya`ni,”Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning murojaatlari  tog`risida”gi  qonun  qabul  qilingan .Shu  sababli  ana  shu  qonun  talablarini bajarmayotgan  rahbar  va  mansabdorshaxslarni  nafaqat  ma`muriy  balki jinoiy  javobgarlikka   tortish  zarur.Xalq  davlat  idoralariga  emas, davlat  idoralari xalqimizga  xizmat  qilishi  kerak  va  bu  haqiqatni avvalo barcha  bo`g`indagi    yaxshi tushunib  olishlri  zarur.
        Ana  shu  fikr  mulohazalarni barchasini  inobatga  olib, kirib  kelayotgan  2017-yilni “Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yili”  deb  e`lon qilishga  ruxsat  bergaysizlar.
   Barchamizga  ayonki, yurtimizdagi  harqaysi inson  har  qaysi  oilaning  eng  ezgu  maqsadi  hayotiy  manfaatlari  avalambor   uning  farzandlari  timsolida  namoyon  bo`ladi.  Albatta,bu  borada  yurtimizda   ulkan ishlar  qilinmoqda  va  ular  amalda  o`zining  ijobiy  natijasini  bermoqda.
        Bu  haqda  gapirgamda,  barchamizga  cheksiz  g`urur  va  iftixor  bag`ishlaydigan  bir  misolni  aytib  o`tmoqchiman.Joriy  yilda Braziliyada  o`tkazilgan  Olimpiya  va  Parolimpiya  o`yinlarida   sportchilarimiz  44  ta  medal   jumladan, 12 ta  oltin  medalni  qo`lga  kiritgani  mamlakatimiz  tarixida  muhim  voqea  bo`ldi. 
       “Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yili”  dasturida  yoshlarimizni sog`lim  va  barkamol  etib  tarbiyalash  masalasi   alohida  o`rin  egallashi  tabiiydir.Bu  borada  farzandlarimiz  uchun  zarur  sharoitlar  yaratish ,  yangi-yangi  ta`lim-tarbiya  madaniyat, san`at,  sport  maskanlarini  barpo  etish,  yosh 
oilalar  uchun  uy-joylar  qurish,  yoshlarni  ish  bilan  ta`minlash  ularni  tadbirkorlik  sohasiga  keng jalb  etish  bo`yicha  boshlagan  ishlarimizni  yangi,  yuksak  bosqichga  ko`taramiz. Biz ta`lim –tarbiya  tizimining  barcha  bo`g`inlari faoliyatini  bugungi  zamon  talablari  asosida  takomillashtirishni  o`zimizning  birinchi  darajali  vazifamiz  deb  bilamiz.  Yosh  avlod  tarbiyasi  haqida  gapirganda    Abdurauf  Fitrat  bobomizning  mana  bu  fikrlariga  har  birimiz, ayniqsa  endi  hayotga  kirib  kelayotgan  o`g`il  qizlarimiz  amal  qilishlarini juda-juda  istardim.Mana, ulug`  ajdodimiz  nima  deb  yozganlar:”Xalqning  aniq  maqsad sari  harakat  qilishi, davlatmand  bo`lishi,  baxtli  bo`lib  izzat-hurmat  topishi,  jahongir  bo`lishi  yoki  zaif  bo`lib  xorlikka  tushishi,  baxtsizlik  yukini  tortishi, e`tibordan  qolib,  o`zgalarga  tobe  va  qul, asir  bo`lishi ularning  o`z  ota-onalaridan  bolalikda  olgan  tarbiyalariga  bog`liq .Qarang  qanday  bebaho oltinga  teng  so`zlar . Bugungi  kunda  yon  atrofimizda  diniy  ekstremizm,  terrorizm,  giyohvandlik, odam  savdosi, noqonuniy  migratsiya,”Ommaviy  madaniyat”  degan  turli  balo-qazolarning  xavfi  tobora  kuchayib  borayotganini  hisobga  oladigan  bo`lsak,  bu  so`zlarning  chuqur  ma`nosi  va   ahamiyati    yanada  yaqqol   ayon  bo`ladi.  Haqiqatanham,  hozirgi  vaqtda  yoshlar  tarbiyasi  biz  uchuno`z  dolzarbligini  hech  qachon  yo`qotmaydigan  masala  bo`lib  qolmoqda.
       Bunday  keskin  va  tahlikali  sharoitda biz  ota-onalar  ustoz- murabbiylar, jamoatchilik,  mahalla-ko`y  bu  masalada  hushyorlik  va  ogohlikni  yanada  oshirishimiz  kerak. Bolalarimizni  birovning  qo`liga  berib qo`ymasdan,  ularni  o`zimiz tarbiyalashimiz  lozim. Buning  uchun  yoshlarimiz  bilan  ko`proq  gaplashish,ularning  qlbiga  quloq  solish, dardini  bilish, muammolarini  yechish  uchun  amaliy  ko`mak  berishimiz  kerak. Bu  borada  uyushmagan  yoshlar  bilan  ishlashga  alohida  e`tabor  qaratish  zarur. Bu  vazifalarni  amalga  oshirishda  biz  asrlar  mobaynida  shakllangan  milliy  an`analarimizga,ajdodlarimizning  boy  merosiga  tayanamiz. Farzandlarimiz  ayniqsa, qiz  bolalarning zamonaviy  bilim  va  kasb  hunarlarni  xorijiytillarni  egallashlari  har  tomonlama  sog`lom va  barkamol bo`lib,hayotdan  munosib o`rin  topishlari  uchun  barcha  kuch  va  imkoniyatlarimizni  safarbar  etamiz. Bizning  navqiron avlodimiz  manfaatlarini ta`minlash  borasidagi faoliyatimiz  yaqinda  qabul  qilingan “Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  to`g`risida”gi  qonun  asosida  qat`iy  davom  ettiriladi.”Kamolot” yoshlar  ijtimoiy  harakati  barcha  yoshlarimiz  intiladigan, ularning  qobiliyat  va  iqtidorini  ro`yobga  chiqaradigan va  manfaatlarini   haqiqiy  himoya  qiladigan  tashkilotga  aylanishi  uchun  barcha   choralarni  ko`ramiz.
         Barchamizga  ayonki  inson  manfatlarini  yurt  tinchligi jamiyatimizdagi  o`zaro  hurmat.mehr-oqibat  va  o`zaro hamjihatlik   muhitidan ajratgan holda  tasavvur  eta  olmaymiz.Bularning barchasi  bizning  bbaho  boyligimiz.va  uni  ko`z  qorachig`iday  asrashhar  birimizning  muqaddas burchimizdir.Ayni  vaqtda  hozirgi  murakkab  zamon tinch-osoishta  hayotimizni  asrash  va  mustahkamlash  xalqimizning  kafolatlangan  xavflizligini  ta`minlash masalasini  yanada   dolzarb  qilib, qo`ymoqda.Shu  maqsadda  biz  hozirgi  vaqtda Ichki  ishlar vazirligi  tizimini  tubdan o`zgartirish  chora –tadbirlarini  ko`ryapmiz.O`z  paytida  muhtaram  Yurtboshimiz  ichki  ishlar  organlarining  eng  quyi  tizimida profilaktika inspektorlarini tashkil qilgan edilar Ammo  bugun  bu  inspektorlar  profilaktika,  ya`ni  jinoyatlarni  oldini  olish  bilan shug`ullanmayapti, aksincha,sodir  bo`lgan  jinoyatlarni  ro`yxatga  olish ,yuqori  idoralarga  hisobot  berish  bilan  band.
        Shu sababli  bu  masalaga  qarashimizni tubdan  o`zgartirib, mahalladagi  uchastka  nozirlariga  samarali  faoliyat  ko`rsatishi uchunbarcha  zarur  ish  va  turmush  sharoitlarini  yaratib   beramiz.Shuningdek  har  bir  tuman  hokimi  va  tuman  ichki  ishlar  bo`limlari  rahbarlarining yoshlar  bilan   ishlash  bo`yicha o`rinbosarlari  lavozimi  joriy  etiladi.Bu  rahbarlarning  asosiy  vazifasi mahallada  uchastka  inspektorlari  bilan ishlashni  tashkil  etishdan  iboratdir.
       Mamlakatimizda  inson  manfaatlari  bilan bog`liq  masalalarni hal  etishda   bizning  saylov oldi dasturimizdan  joy  olgan,hozirgi  kunda  ishlab  chiqilayotgan  maqsadli  dasturlar muhim  o`rin  tutadi.
Bu  dasturlar odamlarning turmush  darajasi  va  sifatini yanada  oshirishni ta`minlashga  qaratilgan.