Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish >> Buyuk zotga ta`zim.

 

O`qituvchi:-Assalomu alaykum,aziz ustozlar, hurmatli ota-onalar,

Maktabimizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar!Benazir inson, buyuk alloma va dodo ijodkor Alisher Navoiy 575 yillik yoshini nishonlayapmiz. Shu munosabat bilan o`tkazilayotgan tadbir kechamizga xush kelibsiz.

1-boshlovchi:

Har yili 9-fevral kuni butun O`zbekistonda buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning tug`ulgan kuni keng miqyosda nishonlanadi. Barch maktab va oily o`quv yurtlarida, kolej va letsiylarda va boshqa muassasalarda bu sana bayram qilinadi.

2-boshlovchi:

Alisher Navoiy millatimizni dunyodagi eng madaniyatli va ma`rifatlar xalqlar qatoriga olib chiqqan ulug` siymolardan biridir O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov ham buyuk bobomizga yuksak ta`rif berib:”Agar bu ulug` zotni avliyo desak,u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”-deydi.

3-boshlovchi:

Alisher Navoiy nafaqat o`zbekadabiyotida balki jahon adabiyotidagi eng yorqin siymolardan biridir. Bubuyuk bobokalonimiz qoldirgan ulkan merosda olam va odamga bog`liq bo`lgan hodisalar favqulotda teran nigoh bilan tahlil qilingan.

4-boshlovchi:

Prezidintimiz Islom Karimov  ta`kidlaganidek,”O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan yana biri bu Alisher Navoiy bobomizdir.

1-boshlovchi:- Hozir o`quvchilarimiz bobobiz hayoti va ijodi haqida m`lumotlar berib o`tadilar.

O`quvchi: Alisher Navoiy 1441-yilning 9- fevralida Hirot shahrida tug`ulgan

Bu shahar hozirda Afg`onistonning markaziy shaharlaridan.

O`quvchi: Alisher juda kichik yoshlaridan she`r va musiqaga havas qo`yadi,

Olim-u shoirlar davrasida ulg`ayadi.Uning otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlaridan edi.

O`quvchi:- Yosh Alisher uch- to`rt yoshlarida she`r yod olib ko`plarni  hayratga slogan.Besh yoshida maktabga borib bo`lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o`qigan.

 

 

O`quvchi: 1447-yilda mamlakat podshohi Shoxrux Mirzo vafot etib, yurtda notinchlik boshlandi. Alisherlar oilasi Iroqqa ko`chadi.

O`quvchi: Olti yoshli Alisher yo`lda bir tasodif bilan zamonasining mashxur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiyga duch keladi.Odob va muomalasi bilan buyuk tarixchiningmehrini qozonadi,duosini oladi.

O`quvchi: 1452-yil taxtga Abulqosim Boburmirzo chiqadi va Alisherning otasi sabzavorga hokim qilib tayinlanadi.

O`quvchi:1452-1457-yillarda u dastlab Sabzavorda, so`ng Mashhadda yashagan. Yosh Alisher Farididdin Attorning “ Mantiq ut- tayr “ kitobi Alisherning xayolini tamom egalab oladi. Ota-onasi tashvishga tushib, bukitobni yosh alisherdan olib, bekitib qo`yishadi.Lekin Alisher kitobni butunlay yod olgan edi.

O`quvchi: Bo`lajak shoir yeti-sakkiz yoshlaridan she’rmashq qila boshlaydi. Ikki tildashe’r yozdi, o`zbekchariga”Navoiy”,forschalariga “Foniy” taxalusini qo`ydi.

O`quvchi: Navoiy “navo”-“kuy” so`zidan olingan. Foniy esa forschada “Vaqtincha” ma`nolarini beradi

O`quvchi:

Shunday qilib Navoiy 12 yoshlarida o`z sherlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlarini hayratga soladi.

O`quvchi:

1457-yilda Abu Sayit mirzo taxtga chiqadi .Alisherning maktabdosh do`sti Husayin Bayqaro taxt uchun kurashga tushib ketdi.Alisher Mashhad madrasalarida oqishni davom ettirdi.

O`quvchi:

U Hirotga 1464-yilda keladi,lekin kop o`tmay Samarqandga ketishga majbur bo`ladi.Samarqandda u 1469-yilga qadar yashaydi.

O`quvchi:

Nihoyat Alisherning maktabdosh do`sti Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan uni Hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib saylaydi.

O`quvchi:

1472-yilda vazirlik martabasiga ko`tariladi,1487-1488-yillarda Astrabodda hokim bo`ladi.

O`quvchi:

Alisher Navoiy umr bo`yibadiy ijod bilan ham shug`ullanadi.Yettita she`riy devon tuzdi.O`ndan ortiq nasriy asarlar yaratdi.

O`quvchi:

Bu asarlar mana besh asr oshibdiki mumtoz adabiyotimizning cho`qqisi bo`lib turibdi.

O`quvchi:

Buyuk shoir Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida Hirotda vafot etadi.

2-boshlovchi:

Endi o`quvchilarimiz Navoiy g`azallari va hikmatlaridan namunalar aytishadi

O`quvchi:

Meni men istsgan o`z suhbatig`a arjumant etmas,

Meni istar kishining suhbati kunglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen ondinki mendin istagay bahra,

Chu ulkim,bahrai ondin tilarmen, bahramand etmas.

O`quvchi:

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg`a,

Ayon ul zahri chashm aylab,nihon, bu nushxand etmas.

Kerakmas oy ilo kun shaklikim, husnu malohatdin

 Ichim ul chok-chok etmas,tanim bu band-dand etmas.

O`quvchi:

Kerak o`z chobuki qotilvashi Majnunshiorimki,

Buzrug`kunglumdimdin o`zga erda javloni samand etmas

Kungul o`z charx zolidin, firibin emakim, oxir

Ajal sarishtasidin o`zga bo`yningg`a kamand etmas.

O`quvchi:

Yoshlikdir-ku asli dadillikka toj,

Gohida ish keksa aqliga muhtoj,

Noloyiq so`z zohir etsa nodon til,

Unga sukunatni javob aylagil.

3-boshlovchi:

Endi etiborlaringizga qizlarimiz ishtirokida raqs,marhamamat tomosha qiling.

4-boshlovchi:

Hozir e`tiboringizga o`quvchilarimiz Alisher Navoiy bobomizning yozgan asarlari haqida ma`lumotlar berib o`tadi.

 O`quvchi:

1469-yilda mashhur “Hiloliya” qasidasini yozadi

O`quvchi:

1481-1482-yillarda”Vavqiya” asarini yozadi.

 

 

O`quvchi:

1483-1485-yillardamashhur”Xamsa” dostoni yoziladi.

O`quvchi:

1488-yilda “Tarix mulki Ajam”,”Siroj ul mustimin”(Musilmonlik nuri) kitoblari yoziladi.

O`quvchi:

1492-1498- yillarda 4devondan iborat”Xazoin ul Maoniy”ya`ni( M`anolar xazinasi )tizildi.

O`quvchi:

1495-1496-yillarda”Nasoiyim ul-Muhabbat”(Muhabbat  shabadasi ) yozildi.

O`quvchi:

1500-yil” Mahbub ul qulub”( Kungillarning sevgani) asari yoziladi.

1-boshlovchi:

Hozir e`tiboringizga o`g`il bolalar ishtirokida raqs.

2- boshlovchi:

Alisher Navoiy bobomizning o`z zamonasining olimu- fuzalolari qanday fikirda bo`lishgan.

O`quvchi:

Abdurahmon Jomiy.Usha tilda undan ko`p va yaxshiroq hech kim she`r aytgan va nazm gavharlarini tizgan emas.

O`quvchi:

Zahiriddin Muhammad Bobur. Alisherbek naziri yo`q kishi erdi, turkey til ila

To she`r aytibdurlar, hech kim oncha lo`p va xo`p atqon ermas.

O`quvchi:

Ogahiy: Ogahiy kim topqay erdi sozi, nazmingdin navo,

       Bahra gar yo`qdir Navoiyning navosidin sango.

3-boshlovchi:

Endi navbat o`quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan “Mir Alisher va Xasta odam” deb nomlangan sahna ko`rinishiga.

Mir Alisher Navoiy kitob mutolaa qilib o`tirganlarida, uning oldiga bir odam kelib salomatligidan shikoyat qilibdi.

Bemor odam:-Mavlono Alisher, siz ko`pni ko`rgan ,dono odamsiz shoirsiz,

Adolatparvar amirsiz ammo tabiblikdan xabaringiz yo`qligi juda yomonda.

Alisher Navoiy: Qayeringiz og`riydi?

Bemor odam: O`zim ham bilmayman, hamma joyim og`riydi, ammo tanimda issig`im yo`q.

 

Alisher Navoiy: Unday bo`lsa bir shifosi bor. Har kuni ertalab bir nomoz vaqti, peshinda bir nomoz vaqti, kechqurun yana bir nomoz vaqti yer chopib, qolgan paytlarda o`z kasbingizni qiling. Ishoalloh tezda tuzalib ketursiz.

4-boshlovchi:

Oradan bir necha kun o`tgach, yana boyagi odam Mir Alisher Navoiyni ko`rib qolibdi.

Bemor odam:

Ey meni tanidingizmi taqsir?

Alisher Navoiy: Tanishga tanidimkuya,salomatligingiz qanday?

Bemor odam: Otdayman, shoirdan ham tabib chiqar ekanda, aytganingizni qilib tamom ila darddan xalos bo`ldim.

1- boshlovchi: Mana aziz do`stlar bobomiz Mir Alisher Navoiy bilimli bo`lishi bilan birga juda zukko inson bo`lganlar. Siz ham sahna ko`rinishidagi bemor odamga o`xshab qolmang.Mehnat qilishdan ,bilim olishdan charchamang.

O`qituvchi:

Siz nomi ulug` , dunyoga mashhur ajdodlarning avlodlarisiz.Ularni xotirasini

Yod etib, ularga munosib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo`shadigan insonlar bo`lib yetishingiz kerak.Tadbirdan shunday xulosa chiqarsak.

O`quvchilar:

Navoiyni bilish o`zlikni bilish,

Navoiyni sevish, millatni sevish,

Navoiyga sadoqat eng ezgu

Insoniy qadiriyatlarga, sadoqat demakdir.

O`qituvchi:E`tiboringiz uchun raxmat.

O`quvchilar: Biz hamisha buyuk siymolarga ta`zim qilamiz.

           

Boshlang`ich sinf o`qituvchisi: Tilabova D.