Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish >> Kasb-hunarga yo‘naltirish

Kasb-hunarga yo’naltirish keng jamoatchilik ishidir

Respublikamizda kadrlar tayyorlashga ustuvor soha sifatida e’tibor qaratilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini tashkiliy jihatdan hayotga tatbiq qilish va unda to’plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish belgilangan.

            Bugungi kunda maktab ta’limini rivojlantirish, umumiy o’rta ta’lim maktablari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga samarali yo’naltirish ishlari davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9-iyulda qabul qilgan “2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 321-sonli qarolari buning yaqqol namunasidir.

Mamlakatimizning, qolaversa shahrimizning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi bugungi kunda maktabimiz o’quvchilari orasida olib borilayotgan kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining natijasi va samarasiga ko’p jihatdan bog’liq. Ongli ravishda, to’g’ri tanlangan kasb kasbiy yo’nalish shaxsning kasbiy o’sishida katta yutuqlarga yetishishiga yordam bersa, o’z ishining ustalari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirshga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shadilar. Ijtimoiy jihatdan esa ongli ravishda kasb tanlash natijasida mamlakatda tinchlik, barqarorlik, aholining aksariyat va o’z kasbiga bo’lgan muhabbati natijasida jamiyadagi salbiy holatlarning oldi olingan bo’ladi.

Vatanga, jamiyatga, mehnat qilayotgan jamoaga, oilaga muhabbat hamda shaxslararo o’zaro munosabatlar ham to’g’ri va ongli ravishda qabul qilingan kasbiy tanlovga bog’liq.

Xalqimizning bebaho qadriyatlaridan biri shuki, har bir bola kattalarning bag’rida tarbiyalanishi lozim. Bir bolaning taqdiri uchun nafaqat ota-ona, balki yetti mahalla mas’ul, degan hikmatli so’z chuqur ma’noga ega. Agar bolaning hayoti izdan chiqqan bo’lsa, u to’g’ri yo’ldan adashsa, bungan o’z vaqtida e’tiborsiz bo’lgan ota-ona, mahalla, maktab, sinf raxbari, umuman shu bola o’sayotgan muhitga aloqasi bor barcha – aybdordir.

Bola esini tanidimi, uni biror foydali ishga yo’naltirib yuborish kerak. Bolasining taqdiriga tomoshabin bo’lib turgan otaning fojiasi umr bo’yi qilgan toat-ibodatini yuvib ketadi. Buni yosh ota-onlar yaxshi anglab olmoqlari darkor. Bolalarni kelajakda yaxshi inson bo’lishi, hayotini to’g’ri tashkil etishi bo’yicha ularni ilk yoshdan boshlab kasb-hunarga o’rgatib borish zarur.Bunda ota-onalarning kasb-hunar haqida suhbatlashishlari, oilada ulg’ayayotgan bolalarda kasbiy tasavvurlarlarini shakllanishining omili hisoblanadi. Shuning uchun kasb-hunarni, mehnat ko’nikmalari elementlarini bolalarga maktabgacha bo’lgan yoshlardanoq o’rgatib borish maqsadga muvofi. Bu davrda bolalarga ma’lum vazifalar yuklatilib, ularda faoliyatiga nisbatan mas’uliyat hissi shakllanadi.Oiladagi muhit bolaning rivojlanishini ta’minlash bilan birga uning mavjud imkoniyatlarini va aqliy tafakkurini o’stiradi. Bolani mehnatsevar va intelektual salohiyatli bo’lib o’sishida oilaning o’rni beqiyos. Oila o’ziga xos turmush o’chog’idir. Bunda mehnat asosiy o’rin egallaydi. Farzandlar ota-onadan mehnat qilishga, kasbga qiziqishga, shaxslararo ibratli munosabatga o’rganadi. Ota-onalar o’z farzandlarini maqsadga intiluvchan etib, ishga bo’lgan mas’uliyatlarini shakllantirib borsa, maktab psixologi , kasb-hunarga yo’naltiruvchisi tomonidan bolaning maqsadlari hamda qobiliyati, qiziqishlari turli psixologik metodikalar orqali aniqlansa va olingan natijalar asosida tegishli tavsiyalar berib borilsa, bolalarning kasb tanlashi bir muncha oson bo’ladi.

Bolaning qanday kasbni tanlashi juda muhim hayotiy masala bo’lib, uni hal qilishda oila hamda maktab jamoasining hamkorlikdagi olib boradigan kasb-hunarga yo’naltirish ishlari ma’lum bir natijalariga asoslangan hamda rejali bo’lishi darkor. Chunki kelajakda bolaning jamiyatda qanday o’ringa ega bo’lishi, kasb-hunarni egallashi yuqoridagi ishlarni qay tarzda amalga oshirilishiga bog’liq. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, urf-odat, axloqiy qadriyatlar saqlanadi va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydevori qo’yiladi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim qadamlardan biridir. Odatda insondan hayotimizdagi muhim qadamlardan biridir. Odatda insondan hayotimizdagi asosiy qadriyatlar nima deb so’ralsa, u “sevimli insonlar” va “sevimli ishim” deb javob beradi.shuning uchun kasb tanlashda adashish kechirilmas xato. Ko’p hollarda bu xatolik inson o’zini -o’zi yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi. Vaholanki ishonchli manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra “Avesto” ga bizning Vatanimiz hududida asos solingan. Bu dalil ta’lim-tarbiya faoliyatimiz va aqidalarimizning nihoyatda qadimiyligiga kafolat beradi. Shuningdek, musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda ham, Muhammad alayhissalom Hadislarida ham, din va tasavvuf asoschilari-yu, davomchilari o’git va asarlarida ham, xullas, mumtoz –fan va madaniyat arboblarining madaniy-ma’rifiy meroslarida ham ta’lim-tarbiya, xususan bolalarga kasb-kor o’rgatish masalasi birinchi o’ringa qo’yiladi. Eng asosiysi, hukumatimiz olib borayotgan bugungi siyosatning negizi ham shu muammo bilan bevosita bog’liqdir.Ko’ngilga yoqadigan ish topish va bu ishda muvaffaqiyat qozonish uchun, avvalambor o’zining xohish va moyilligini aniqlab olishi kerak, keyin shunday kasb tanlash kerakki uning xohish , moyilligiga mos tushishi kerak. Hozirgi kunda sizning farzandlaringiz, bizning o’quvchilarimiz oldida ana shunday mas’uliyatli tanlash vaqti kelib turibdi. Bunda bolalarga siz va bizning yordamimiz har qachongidan ham zarurdir. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29- oktyabrdagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o’tishni ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 473-sonli qarorining ijrosi biz bilan birga siz azaz ota-onalarning ham zimmasiga mas’uliyat yuklaydi.

Bugungi kunda maktabimizni 129 nafar bitirish arafasida. Ulardan doimiy ravishda turli kasb-hunarga oid, psixologik-pedagogik so’rovnoma va medodikalar olib borilmoqda.

Kasb-hunarga uning faqat daromadiga emas, aksincha uning mavqyei va ma’naviy jihatiga qarab ham baho bermoq lozim. O’qish-o’rganish jarayonida esa diqqat e’tiborni faqat asosiy maqsad sari yo’naltirish (chalg’imaslik) kerakligini ham unutmaslik kerak.


Kasbim-kelajakdagi o`rnim

  Zarafshon shahar 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida bitiruvchi o`quvchilarni ta`limning keyingi bosqichiga yo`naltirish hamda ShXTMFMTTEBning 2016 yil 24 noyabrdagi 328-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqasadida joriy yilning 19-yanvar kuni “Shifokorlik”, “Hisobchi va iqtisodchi” oyligi doirasida “Kasbim-kelajakdagi o`rnim” mavzusida o`tkazilgan tadbir tashkil etildi.Tadbirda 9-“B” va 9-“G” sinf o`quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari M.Umarova, H.Mirzaeva, Sh.To`raboyeva, 9-sinf rahbarlari, fan o`qituvchilari hamda 9-sinf o`quvchilari va ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirda o`quvchilar shifokorlik kasbiga oid asbob-anjomlari va dori vositalari ko`rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda o`quvchilar quyidagi shartlar orqali o`z mahoratlarini ko`rsatishdi:

  1. Kasblar haqida ma`lumot
  2. Shifokorlik kasbiga ta’riflar
  3. Hisobchi va iqtisodchi kasbiga ta’riflar
  4. Sahna ko`rinishlari
  5. Ota-onalarga maslahati kabi shartlar namoyish etildi.

Bu tadbirda o`quvchilar o`z mahoratlarini juda keng namoyish etdilar. O`quvchilar inson hayoti mobaynida shifokor, hisobchi va iqtisodchi kasblari naqadar muhim o`ringa ega ekanligini yoritib berishdi. O`qituvchilar berib o`tgan ma`lumotlar, sahna ko`rinishlari barcha 9-sinflarda chuqur taassurot qoldirdi. Shartlarni bajarish chog`ida 5-sinf qizlari tomonidan ijro etilgan raqslar tadbirning yanada qiziqarli o`tishini ta`minlaydi. Tadbir so`ngida MMIBDO` M.Umarova so`zga chiqib, bitiruvchi o`quvchilarga yildan-yilga paydo bo`layotgan yangi kasblar haqida ma`lumot berdi. Doimiy malakani oshirish qo`shma kasblarni egallashga to`g`ri kelishiga tayyor bo`lish, hozirgi kunda o`quvchilar maktabini tugatayotgan paytda kasb tanlash taqdiringizni hal qilmasligi, navbatdagi tanlovda o`zgarishlar, yangi mutaxasislikni o`zlashtirishi mumkin. O`quvchilarni fanlararo faoliyati bo`yicha qimmatli mutaxassis qilib tayyorlashi haqida, kasb tanlashda o`quvchilar qobilyatlaridan tashqari salomatlik holatini ham hisobga olishlari zarurligi, chunki kasb tanlovchilarning barcha ham sog`liqlarini e`tiboriga olgan kasbni to`g`ri tanlaydi deb bo`lmasligi haqida maslahatlar berdi.

                          

MMIBDO`:  Umarova.M.M