Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish >> Maqsadli oquv kurslarini tashkil etishning samarasi.

    Bugungi kunda ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor ekanligi barchamizga ayon. Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashmoqda. Bu esa, pedagoglarning o’z mehnat faoliyatiga yangicha yondashuvini tashkil etadi.

     Zamonaviy o’qituvchi-kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisidir. Zamonaviy o’qituvchi tomonidan o’quv jarayonining tashkil etilishida dars mazmunidagi asosiy ma’lumotlar va o’quv materiali shunday taqdim etilishi kerakki, u o’quvchining fikrlash, idrok qilish qobiliyatini osonlashtirishga xizmat qilsin.Shu maqsad yo’lida umumta’lim maktablarida “Maqsadli o’quv” kurslari tashkil etilgan. O’quv yili davomidagi barcha ta’tillarda o’tkaziladigan bu kurslarga maktab pedagogik jamoasi va ishchi xodimlari muntazam ishtirok etib kelmoqdalar. O’quv kursida ta’lim sohasidagi yangiliklar, Vatanimiz ravnaqi va rivoji yo’lida olb borilayotgan ishlar, “Bilimlar bellashuvi”, “Fan olimpiadalari” ko’rik tanlovlarining maqsad va vazifalari, kelajak avlodga ta’lim berish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, darslarni tahlil qilishning zamonaviy usullari, o’quvchilar bilimini baholash mezonlari to’g’risida hamda Prezidentimiz Islom Karimov so’zlagan ma’ruzalar, Prezident asarlari haqidagi mavzular turlicha bahs-munozaralar orqali o’tiladi.
       

   Muhtaram yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kush” asaridagi “Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo’lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz”, deb aytgan so’zlari biz pedagog xodimlarning kundalik vazifalarimizda dasturil amal bo’lmog’i lozim. Shundagina yangi g’oya, tashabbus, ijodkorlik yuzaga keladi. O’zining ish faoliyati davomida izlanishdan to’xtamagan o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan barcha maqsadlariga erisha oladi.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Tosheva Ziyoda