Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish >> Navoiyni yod etib…

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganidek Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiyi madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi millatimizning g‘ururi shanu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z sanatkoridir.

Alisher Navoiy merosi-betakrorligi, tarbiyaviy ahamiyati, insoniyligi, ibratli jihati bilan bugun insoniyat uchun qadrli.

9 - fevral kuni 5-8-9-sinf o‘quvchilari bilan 9-fevral g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy buyuk o‘zbek shoiri” mavzusida adabiy –badiiy kecha o‘tkazildi. Kechada o‘quvchilar Alisher Navoiyning xayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib, saxna ko‘rinishi va g‘azallari, rubboiylaridan, xikmatli so‘zlarini yodga aitishdi. Tadbirda shoirga mansub bo‘lgan bukletlar, referatlar gazeta - jurnallardan yig‘ma jild va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilar maqtov yorlig‘i va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Maktab kutubxonachisi Karbaeva A.

Buyuk mutafakkir, din va davlat homiysi, o`zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy siymosi adabiyotimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan. Uning bizga qoldirgan adabiy merosi yana necha ming avlod uchun dastur-ul amal bo`lib xizmat qilishi shubhasiz. Ana shunday buyuk bobokalonimiz tavalludiga shu yil 576 yil to`ldi. Shu munosabat bilan maktabimizda Navoiy ijodiga bag`ishlangan ko`rik-tanlov tashkil etildi. Tanlovni o`tkazishdan maqsad shahrimizdagi ona tili va adabiyot o`qituvchilari o`rtasida ulug` shoir va mutafakkir A. Navoiyning boy adabiy merosini targ`ib etishni keng yo`lga qo`yish va ulug` shoir tavalludining 576 yilligini yuksak saviyada nishonlashni tashkil etishdan iborat. Tanlovni o`tkazish tartib- qoidalariga binoan maktab bosqichida birinchi o`rinlarni egallagan jamoalar o`rtasida tuman (shahar) bosqichi o`tkazildi. Ushbu ko`rik – tanlov quyidagi shart va baholash mezonlari asosida tashkil etildi.

1-shart. Tanishtirish sharti bo`lib, har bir jamoa faoliyat ko`rsatayotgan maktab bo`yicha ona tili va adabiyot fanining o`qitilishi, fanning dolzarbligi, faoliyati bo`yicha erishgan yutuqlari vediyorolik va slaydlar orqali namoyish etildi va shart hakamlar tomonidan 10 ball asosida baholandi.

2-shart. Navoiy g`azallarini yoddan ifodali aytish sharti bo`lib, bu shartda ishtirokchilar shoir qalamiga mansub g`azallardan ifodali o`qidi.

Hakamlar tomonidan bu shartni baholashda g`azalning aytilishi, ovozning baland-pastligi, so`zlarning aniq va to`g`ri talaffuzi va o`qituvchining sahnada o`zini qanday tutish jarayonlari hisobga olindi va bus hart ham 10 ball asosida baholandi.

3-shart. Savol –javob sharti bo`lib, bunda jamoa sardorlari oldindan tayyorlab qo`yilgan 3ta savolga javob berdi. Savollarga Navoiy lirikasi, nasriy asarlari, shoirning hayoti haqidagi ma`lumotlar qamrab olindi. Hakamlar tomonidan bu shart 30 ball asosida baholandi.

Navoiy ijodini bir dengiz misoli tasavvur etsak, bu ko`rik-tanlov munosabati bilan o`rgangan, egallagan bilim va tafakkurimiz ana shu dengizdan bir tomchidir xalos.

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Sattorova Shahnoza