Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish >> Shukrona aytmoqqa ko`ngil chog`lanar…

Farzandining saodatli va baxtiyor damlarini mudom ko`rib yashash har bir insonning azaliy orzusi sanaladi. Ota-ona doimo o`g`il va qizlarining kelajagi qayg`urib yashaydi. Aslida o`sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirda hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohitati yotadi. Ular to`g`risidagi har qanday g`amxo`rlik esa yurt ravnaqi uchun quyila- yotgan mustahkam poydevor demakdir.

  2016-yilning Muhtaram yurtboshimiz tomonidan “Sog`lom ona va bola yili” deb e`lon qilinishi ertamiz egalariga ko`rsatilayotgan e`tabor,ularni ham ma`nan, jismonan barkamol etib tarbiyalash yo`lidagi ishlarni yana bir pog`onaga ko`tardi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qi- linganining 23 yilligiga bag`ishlangan tantanada Prezidentimiz yilga shunday nom berish taklifini bildirganlarida qalbimda o`zgacha quvonch tuy -dim. Zero, farzandlarimizning kelajakda Vatanga sadoqatli, jismonan va ma` nan barkamol bo`lib yetishishlari nihoyatda muhim omil sanaladi. Shuning uchun bu masala mustaqillik yillarida davlatimizda bosh maq- sadga aylantirildi. Bu esa o`z o`rnidan ustoz-murabbiylar zimmasiga katta ma`suliyat yuklaydi.

  Murg`ak qalb egalariga bilim va hayot saboqlarini o`rgatar ekanmiz, ularning kamolotida biz berayotgan ta`lim-tarbiyaning ahamiyati beqiyos ekanligini dildan his eamiz. Istiqlolning ilk yillarida tug`ilgan farzandlar bugun mustaqil hayotda o`z o`rnini topmoqdalar. Ular kelajak bunyodkorlaridir. Yangi 2016-yil-“Sog`lom ona va bola yili” da farzandlarimiz qalbida vatanparvarlik, ezgulik, or-nomus, iymon-e`tiqod, milliy qadriyatlarga hurmat  kabi fazilatlarni jo aylash, har tomonlama sog`lom avlodni tarbiyalash nafaqat kasbiy, balki insoniy burchimizga aylanmog`i darkor.

            Inson yashar ekan orzu-umidla,

        Yangi tilaklarni yurakka tuyar

            Hayot chashmasidan qonib bir lahza

            Shukrona aytmoqqa ko`ngil chog`lanar…

                                                                            2-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Hamrayeva G. R.