Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish >> Sport yo‘nalishi

Zarafshon shahar 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumot

      Maktabda hozirgi kunda 1804 nafar o’quvchi bo’lib,shulardan 409 nafar o’quvchi maktabda mavjud 7 turdagi sport to’garaklariga jalb etilgan.To’garak qatnashchilarning 177 nafarini o’g’il bolalar, 232 nafari qizlar tashkil qiladi. Har bir yo’nalishdagi to’garak mashg’ulotlariga berkitilgan o’qituvchilar to’garak mashg’ulotlarini belgilangan tartibda muntazam o’tkazib borishmoqda. Gimnastika sport to’garagiga M.Narziyeva rahbarlik qiladi.To’garakka 65 nafar o’quvchi jalb qilingan,shundan 60 nafarini qizlar tashkil qiladi. “Stol tennisi”, “Basketbol” to’garaklariga Z.Ortiqov rahbarlik qilib,stol tennisi to’garaklarda 30 nafardan o’quvchi shug’ullanadi. Basketbol to’garagining o’tish vaqti dushanba,chorshanba,juma kunlari soat 750-840gacha.

    Stol tennisi dushanba,seshanba,chorshanba,payshanba,juma,shanba kunlari soat 1630-17 30 gacha o’tkaziladi.“Voleybol” to’garagi rahbari D .Ergashev.To’garak seshanba,juma kunlari soat 1500-1600 gacha o’tkaziladi, to’garakka qatnashuvchi o’quvchilar soni -20 nafar,10 nafar o’g’il bolalar va 10 nafar qiz bolalar.Yengil atletika sport to’garaklariga  K.Ashilova hamda J. Xatamovalar rahbarlik qiladi. K.Ashilova rahbarligidagi “Yengil atletika” to’garak mashg’ulotlardushanba,shanba kunlari 1200-1300 gacha va J. Xatamova to’garak mashg’ulotlari 1400-1500 gacha o’tkaziladi. “Shashka” to’garagiga M.Alimova rahbarlik qiladi.Mashg’ulotlar juma,shanba kunlari soat 1030-1130 gacha o’tiladi.Voleybol to’garagiga G.Il’monova rahbarlik qiladi,to’garak dushanba,shanba kunlari soat 930-1030 gacha  o’tiladi.

       “Umid nihollari” sport musobaqalarining maktab bosqichi o’tkazildi.O’quvchilar o’rtasida turli sport musobaqalari muntazam ravishda o’tkazib kelmoqda.

     Maktabda “Orasta qizlar” to’garaklari tashkil etilgan.Jami to’garaklar soni 49 ta. “Milliy g’oya va men ” klubi qoshida 10 ta to’garak faoliyat yuritmoqda.

    Maktabda hamkor tashkilotlar bilan turli uchrashuvlar,davra suhbatlari,seminarlar tashkil etilib,o’quvchilar faol qatnashadi.

      O’quvchilar belgilangan jadval asosida shahar muzeyiga sayohatga olib boriladi.Kuzgi ta’til davomida o’quvchilar ishlab chiqarish korxonalariga,shahar muzeyiga sayohatga olib borildi.

 

 

Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabining boshlang’ich tashkilotda o’tkazilgan ,,Kamalakda shaxmat taxtasi’’ loyihasi bo’yicha o’tkazilgan tadbir haqida

 

MA’LUMOT

     Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabi BTda ,,Kamalakda shaxmat taxtasi ” tadbir loyihasi bo’lib o’tdi. Musobaqa tarzida o’tkazilgan ushbu tadbirda 1-sinfdan 7-sinfgacha bo’lgan o’quvchilar ishtirok etishdi. 40 nafar o’quvchi qatnashgan bo’lib , ulardan 12 nafari qiz bolalar. Musobaqa davomida jismoniy tarbiya o’qituvchisi Ortiqov Zafar , ma’navayat va marifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari To’raboyeva Shaxnoza, BT yetakchisi Narzullayeva Sarvinozlar hakamlik qilib borishdi. Tanlov natijalariga ko’ra 1-sinfdan 4-sinfgacha bo’lgan o’quvchilar orasidagi o’g’il bolalar o’rtasida 1-o’rin 4-D sinf o’quvchisi Nasimov Ilhom, 2-o’rin 3-A sinf o’quvchisi Abdumalikov Shahzod, 3-o’rin 4-Y sinf o’quvchisi Ahmadov Ulug’beklarga nasib etdi. Qiz bolalar o’rtasida esa 1-o’rin 3-A sinf o’quvchisi Bobomurodova Gulzoda 2-o’rin 4-G sinf o’quvchisi Murodqobilova Marjona, 3-o’rin 4-V sinf o’quvchisi Amonova Dilfuzalar qo’lga kiritdilar.

   

 5-sinfdan 7-sinfgacha bo’lgan o’g’il bolalar o’rtasida 1-o’rin 6-E sinf o’quvchisi Amonov Behruz , 2-va 3-o’rinlarga 6-B sinf o’quvchilari Islomov Shaxzod hamda Ravshanov Fayozlarga nasib etdi. Qiz bolalardan 1-o’rin 5-B sinf o’quvchisi Ibodova Gulsanam, 2-o’rin 6-B sinf o’quvchisi Karimova Sabina, 3-o’rin 6-D sinf o’quvchisi Murtazayeva Madinalarga berildi. G’olib o’quvchilar jismoniy tarbiya o’qituvchisi Ortiqov Zafar Boshlang’ich Tashkilotning yetakchisi Narzullayeva Sarvinoz tomonidan Boshlang’ich Tashkilotning “Kamalakda shaxmat taxtasi”deb nomlangan diplomlari bilan taqdirlandilar.

BT tashkilotchisi:       Narzullayeva. S