Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish >> Zarafshon shahar XTMFMTTEBga qarashli 2-umumta’lim maktabida o‘tkaziladigan tadbirlar yuzasidan ma’lumot (“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” 09-14 yanvar)

  09 yanvar kuni maktab chizig‘ida“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusidagi haftalik e’lon qilindi. O‘quvchilarni maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etishlari haqida gapirib o‘tildi.

   10 yanvar kuni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlab  1-4-sinf va 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkaziladigan “Kamalak shaxmat taxtasi” sport musobaqasi tashkil etildi. Tanlov yakuniga ko‘ra :

1-4-sinflar o‘rtasida (o‘g‘illar) I - o‘rin – Nasimov I. II – o‘rin – Abdumalikov Sh.

III – o‘rin – Axmadov U.

1-4-sinflar o‘rtasida (qizlar)

I - o‘rin – Bobomurodova G.  II – o‘rin – Murodqobilova M.   III – o‘rin – Amonova D.

5-6-sinflar o‘rtasida (o‘g‘illar)

I - o‘rin – Amonov B.  6-“E”-sinf.   II – o‘rin – Islomov SH. 6-“B”-sinf.      III – o‘rin – Ravshanov F.    

5-6-sinflar o‘rtasida (qizlar) I - o‘rin – Ibodova G. 5-“V”-sinf.   II – o‘rin – Karimova U. 6-“B”-sinf.   III – o‘rin – Murtazaeva M.  6-“D”-sinf o‘quvchilari qo‘lga kiritdi.

                      

     10 yanvar kuni “Oltin vodiy” MFY bilan hamkorlikda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini maktab direktori Iskandarova A.S. ochib berdi.Tadbirda nafaqadagi harbiy Kamol Muhiddinov va 75438- harbiy qism ofitseri Sh.M.Rahimovlar so‘zga chiqib, bayram bilan barchani qutladi. Davra suhbati yakunida 5-E sinf o‘quvchilari tadbiri namoyish etildi.

       12 yanvar: “Kitobxonlar bayrami” turkum tadbirlarini tashkil etildi. Maktab tasarrufidagi ARM kutubxonasi bilan hamkorlikda 8-D va 5-B sinf o‘quvchilari ishtirokida “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. “Vatan himoyachilari kuni” ga bag‘ishlab “ Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni ” deb nomlangan rasmlar tanlovi o‘tkazildi.  Tanlovda  8-9 sinf o`quvchilari qatnashdi. Maktabning 5-“E”sinf o‘quvchilari tomonidan aytilgan she’r va qo‘shiqlar harbiylarga manzur bo‘ldi. Tadbirning yuqori saviyada o‘tishiga chizmachilik fani o‘qituvchisi L.Jabborova mas’ul bo‘ldi.

                 

    13 yanvar kuni barcha sinflarda “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tarbiyaviy soatlar o‘tildi. Darslarda Vatan himochilarini aks ettiruvchi rasmlar, video roliklar namoish etildi.

    14 yanvar kuni O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash maqsadida 8"D"sinf o‘quvchilari bilan "Vatan himoyasi - muqaddas burch" mavzusida tadbir o‘tkazildi.Tadbirni ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘iycha direktor o‘rinbosari Sh. Turaboeva tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda o‘quvchilar Vatanni madh etuvchi she’rlar va kuy qo‘shiqlari bilan faol qatnashdilar. Shuningdek, milliy o‘yinlarimizdan orqan tortish, tosh ko‘tarish kabi sport uyinlari orqali go‘zal O‘zbekistonimizni sarhadsiz qo‘rg‘onlarini qo‘riqlovchi o‘quvchi yoshlarimizni maktabdanoq tayrlash va ularni shu sport musobaqalari orqali o‘z iqtidorlarini yana bir bor namoish etdi. 5-B sinf o‘quvchilari Saydaxmadov Omad va Erkinova Gulmiralar ishtirokidagi "Vatanimga xizmat qilaman" nomli sahna ko‘rinishi barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbir so‘ngida qatnashgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alar va maqtov yorliqlar bilan taqdirlandi.

                       

    14 yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan maktabning faollar zalida tadbir va “Shunqorlar” sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada 1-2-3-o‘rinni egallagan jamoalar homiylar tomonidan “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

                       

MMIBDO‘          To‘raboeva Sh.E.

                    Mirzaeva H.I.