Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish >> "Zulfiyaxonim izdoshlari"

Zarafshon shahar 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Zulfiyaxonim izdoshlari” klubining tashkil etilishi

 
 

          O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab- quvvatlash to’g’risida”gi   PF-2326- sonli Farmoniga asosan maktab, lisey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste’dodini nomoyon etib ta’lim olayotgan hamda istiqlol g’oyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni tanlash, tavsiya etish, mukofot nufuzini mustahkamlash va yosh qizlarni ijtimoiy hayotga jalb etish maqsadida ta’sis etilgan.

        Maktabda orastali qizlar aniqlangan bo’lib,iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash rejasi tuzilgan. Reja asosida har bir o’quvchi bilan alohida ish olib borilmokda. Maktabda “Iqtidorli qizlar klubi” tashkil etilgan. Klub rahbari etib ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sh.Sattorova tayinlangan.O’quvchilarni iqtidori va iste’dodiga, yo’nalishlarga qarab guruhlarga ajratilgan va murabbiylar tayinlangan.

      Adabiyot sohasida 9-V sinf o’quvchisi Ravshanova Mahliyoga ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi To’raboyeva Shahnoza,san’at sohasida 9-B sinf o’quvchisi Xudoyberdiyeva Nasibaga rasm fani o’qituvchisi Jabborova Lobar,ta’lim sohasida 9-V sinf o’quvchisi Sa’dullayeva Xushvaqtga biologiya fani o’qituvchisi Yodgorova Muxlisa,san’at sohasida 9-G sinf o’quvchisi Hamroqulova Nigoraga musiqa fani o’qituvchisi Raimqulova Nelli,madaniyat sohasida 8-G sinf o’quvchisi Jo’rayeva Marziyaga jismoniy-tarbiya fani o’qituvchisi Ashilova Kenjagullar murabbiylik qiladi.Ishchi guruh tarkibining iqtidorli qizlar bilan ishlash rejasi tuzilgan,lekin qilingan ishlar haqida ma’lumotlar to’liq emas.

  Sentyabr oyida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish bo’yicha tanlovning shahar bochqichida madaniyat yo’nalishi bo’yicha 8-G sinf o’quvchisi Jo’rayeva Marziya, 9-B sinf o’quvchisi Xudoyberdiyeva Nasiba san’at yo’nalishi bo’yicha ishtirok etdi.9-B sinf o’quvchisi Xudoyberdiyeva Nasiba san’at yo’nalishi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritib,viloyat bosqichida ishtirok etdi.