Ota-onalar uchun >> Bola tarbiyasida ota-onaning roli
Bola tarbiyasida ota-onaning roli.
Bola tarbiyasi bilan astoyidil shug’ullangan oilalarning bolalari maktabda o’z imkoniyatlarini mashg’ulot jarayonida qiynalmasdan ko’rsata oladilar. Bola tarbiyasida ota-onaning roli muhim hisoblanadi. Tarbiya ishi qanchalik erta boshlansa, hosil ham shuncha erta ko’zga tashlanadi. Oilada farzand tarbiyasida qo’yilgan har bir xato va kamchilik insonning kelajagiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi, to’g’ri tarbiya kelajak poydevori. Bola tarbiyasi yomon niyat bilan emas balki sabr toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, sezgirlik bilan bo’lishi kerak.
Bolani hyech qachon biror narsani noto’g’ri bajarding deb koyimaslik, o’z sevimli mashg’ulot yoki o’yin turini tanlashiga va o’z fikrini bayon etishiga imkon berish uni haddan tashqari maqtamaslik, bolada har doim va hamma sohada birinchi bo’lishini, maktabda esa a’lochi bo’lishi kerakligini talab qilmang chunki maktabda a’lo baholarga o’qish har doim ham iqtidorli bo’lishga bog’liq emasligi isbotlangan. Bolaning har bir savoliga imkon qadar rost va sabr bilan javob berish, bolani faqatgina tengdoshlari bilangina emas balki kattalar bilan ham erkin va bemalol muloqot qilishga o’rgatish, bolaga har doim rost gapirish lozim agarda u foydasiz bo’lsa ham, bolangiz xato qilishga haqli ekanligini tan olishingiz, kuch bilan bolaga ta’sir o’tkazmang. Hyech bo’lmaganda ba’zi- ba’zida bolaning o’rniga o’zingizni qo’yib ko’ring, ana shundagina qanday munosabatda bo’lishingizni anglab yetasiz.
Asosan o’smirlik davrida «Men»tushunchasi kuchli rivojlanadi ya’ni «men zo’rman», «men xamma narsani bilaman», «men xammadan kuchliman» va xokozolar uning xulkining buzulishlariga sababchi bo’ladi. Bunday vaqtda o’quvchi yoshlarimizni xuddi nihol kabi qaysi tamonga karatib tarbiyalasak u shu tomonga qarab o’sa boshlaydi.
To’g’ri tarbiya, oilaviy muhit, tug’ri tanlangan do’st, vaktdan unumli foydalanish bu insonni ulug’likka chorlaydi va hayotida hyech ham adashmaydi.