Ota-onalar uchun >> Bolangiz ne’larni ko’ryapti?

      Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar yer sharining barcha hududida mavjud. Menimcha, mafkutaviy xavfning aslida nima ekanligini, oqibati nimalarga olib kelishini chuqur mushohada qilib, avvalo o’zimiz-biz kattalar anglab olishimiz kerak. Masalan, oddiy uyali telefon vositasini olaylik…

     Uyali telefon vositasi orqali uzog’imiz yaqin, mushkulimiz oson bo’lmoqda. Ota-onamiz, dost-o’rtoqlarimiz, tanish-bilishlarimiz bilan zamonabiy aloqa vositalari tufayli “yaqinlashdik”. Mobil aloqa- bu tajamkorlik degani. Ishni tashkil qilishda tezkor va qulay vosita. Binobarin, bolalariga qo’l telefoni olib bergan ota-onalar bir qadar xotirjam.Chunki kattalar farzandlariniung qayerda ekanliklari va ularning salomatligidan xabardor bo’lish bilan birga yoshlarni nazorat qilib ham turishlari mumkin. Lekin ayni paytda zamonaviy uyali talaefonlar faqat aloqa vositasimi?

     Farzandingiz o’zining uyali telefon apparati orqali nimalarni ko’ryapti, o’qiyapti, nelarni eshityapti, qanaqa o’yinlar o;ynamoqda? Umuman, bolangiz telefondan foydalanish madaniyatiga e’tibor beryaptimi? Shularga e’tibor bermog’ingiz lozim.

     Milliy qadriyatlarimizga yot, boy madaniy merosimizga zid, milliy an’ana va mentalitetimizga teskari, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan har xil behayo so’zlar qorishmasidan iborat bo’lgan kuy-qo’shiqlar, kliplar hali voyaga yetmagan murg’ak qalb egalariga qanday ta’sir ko’rsatadi? Bola esa yorqin ranglarga qiziqadi. Yorqin rang, jarangdor musiqa yoshlarni o’ziga tortadi. Bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi lavhalar aynan yorqin ranglar, odamni o’ziga tortadigan ohahglar orqali ular ongiga singdirilmoqda.

     Tarbiyasiz bola bo’lmaydi, e’tiborsiz ota-ona bo’ladi. Bugun biz Inson qadri e’zozlangan, uninig manfaatlari himoyalangan bebaho vatanda yashamoqdamiz. Shu Vatanga, shu xalqqa, shu zamonga, shu hayotga, dono Yurtboshimizga munosib farzandlar tarbiyalash har bir oilaning muqaddas burchidir. Shunday ekan, har bir ota-ona o’z farzandini nimalar bilan mashg’ul ekanini, telefon va boshqa texnika vositalariudan qanday maqsadlarda foydalanayotganini muntazam ravishda kuzatib turmog’i lozim. Farzandingizni bo’sh vaqtlari mazmunli va maroqli o’tishi uchun maktabda tashkil qilingan turli to’garaklarga ishtirok etishini tavsiya qilamiz. “Ogohlik- davr talabi” da’vatini o’zingizga shior qilib oling. Turli internet tarmoqlaridan, uyali telefondan milliyligimizga yot bo’lgan illatlarni o’zlashtirib olish va Vatanga xiyonat qilish kabi qo’rqinchli g’oyalarni odat qilib olishlaridan hammamiz birgalikda ehtiyot bo’lishimiz lizim. “Oila-maktab-ta’lim muassasasi” hamkorligini to’g’ri yo’lga qo’yishda amaliy yordam ko’rsatishingizni istaymiz. Yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va ravnaqi yo’lida birgalikda uikan ishlarni olib borishga intilaylik.

               

                                                                                                                                               Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Z.F. Tosheva