Ota-onalar uchun >> Buvijonim o‘gitlari

      O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Respublika o‘quv muassasalarida tashkil etilgan “Orasta qizlar” to`garagi bizning maktabimiz o‘quvchi qizlari o‘rtasida ham samarali faoliyat olib bormoqda.

       Jumladan, 4-“D” sinf o‘quvchilari bilan ham bu borada amaliy ishlar olib boriladi.

       Ko‘pni ko‘rgan, boy hayotiy tajribalarga ega bo‘lgan nuroniy onaxonlarning qimmatli nasihatlari o‘quvchi qizlar hayotida muhim o‘rin tutadi.

       Shu maqsadda “Buvijonlar o‘giti ”  ruknida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda to`garak a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan onaxonlarga murojaat etib, turli hayotiy misollar bilan atroflicha ma’lumotlar olishdi. Bu kabi uchrashuvlarning o‘tkazilishi qizlarning odob-axloqli, ma’naviy etuk insonlar bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyatga ega deb o`ylayman.

                   Boshlang`ich sinf o`qituvchisi:     Daminova Mehriboni Toshpulatovna.