Ota-onalar uchun >> Kitob - ma’naviy xazina

  Insonning ma’naviy olamini boyitadigan buyuk ne’mat, shubhasiz, kitobdir.

  Kitob mutolaasi yoshlar ongida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishining oldini oladi, ularning ma’naviyatini yuksaltiradi.Kitobning inson tafakkurining oshishida ayniqsa, unib o’sib kelayotgan avlod va yoshlarimizning ma’naviy yetuk , barkamol bo’lib kamolga yetishida beqiyos katta o’rni bor. Shu sababli prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratmoqda.

   Maktabimizda Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoni yuzasidan

qator ishlar amalgam oshirilmoqda. Jumladan, Zarafshon shahar      2- umumta’lim maktabida maktab kutubxonasi bilan birgalikda yuqori hamda boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan kecha va suhbatlar o’tkazilmoqda . Shulardan “Kitob bilim manbai”mavzusida suhbat o’tkazildi, bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyev tavalludiga atab “Bolalar dunyosi tashkilotchisi” mavzusida adabiy kecha uyushtirildi, hamda  2-umumtalim maktabi tasarrufidagi shahar axborot resurs markazida maktab o’quvchilari bilan shoir Bobonor Nortojiyevning “Vatan ichra” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda shoirning ozi ham qatnashib kitobsevar o’quvchilarga o’z tavsiyalarini berdi.Maktab kutubxonamizda birinchi prezidentimiz Islom Karimov asarlari burchagi, mumtoz adabiyotimiz namunalaridan Alisher Navoiy, Bobur asarlaridan tashkil topgan burchaklar tashkil etilgan.

   O’zbekiston qahramoniOzod Sharafiddinov dunyodagi yetti mo’jizaga ta’rif berib”Yetti mo’jiza inson aqlining, tafakkurining, qalbining madhiyasi. Inson dahosining ulug’ligiga qo’yilgan mangu obida bo’lib kelmoqda. Biroq shunday bo’lsada olamda shunday bir mo’jiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi yetti mo’jizaning jamiki ulug’vorligi, go’zalligidan kamlik qilmaydi. Bu mo’jiza – kitob. ” deb qayd etgan.

   Bu mo’jizaga farzandlarimiz qalbida mehr uyg’otish ota- onalar va biz ustozlarning burchimizdir.


Mehnat fani o’qituvchisi Yusupova Gullola