Ota-onalar uchun >> Oila sog’lom ekan- jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqarordir.

   Inson tug’ilgandan boshlab oila bag’rida yashaydi va shu muhitda voyaga yetadi. Tabiiyki u ana shu oilaga xos urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar ta’sirida bo’ladi. Farzandiga yaxshi nom qo’yish, iymon-e’tiqodli ustoz qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, o’z xalqi, Vatani oldidagi burchini sidqidildan bajaruvchi inson qilib tarbiyalash bugungi mustaqil, erkin davlatimizda qaror topgan har bir oilaning burchidir. Xalqimizda :“Vatanga muhabbat oiladan boshlanadi”, degan ibora bor. Ya’ni, oilaviy bo’lib turli tomoshagohlar, muzeylar, tetrlarga borish, mamlakatimizdagi obod shahar va qishloqlarga sayohatlar uyushtirish, qarindosh-urug’larnikida bo’ladigan to’y-tantana, hasharlarda ishtirok etish bolalarni mehr-oqibatli, urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni ulug’laydigan bo’lishga o’rgatadi.

Bolalarning murg’ak qalbidagi havasni uyg’ota oladigan, mudroq tafakkuriga chiroq tutib, ulkan bilim cho’qqilarini zabt eta olishga o’rgatadigan xazina-kitobga go’dakligidan mehr o’yg’ota olgan ota-onaning farzandlari yillar o’tib, elu-yurt havas qiladigan, Vatandoshlari hurmat qilib qadrlaydigan, bilimli, ma’naviyatli inson bo’lib yetishadilar.

    Kishilarga hayotni, odillik va halollikni, Ona Vatanni sevishni, qadrlashni o’rgatadigan va yaxshiliklar qilishga undaydigan kitoblarni oila davrasida muhokama qilish, mazmunini tahlil qilib, ijobiy va salbiy tomonlatrini o’rganish har bir oilaning kundalik odatiga aylansagina, farzandlar yetuk va barkamol avlod darajasiga yeta oladi.

    Maktabimizda o’quvchi, o’qituvchi va boshqa ishchi-xodimlar ma’naviy bilimlarini boyitadigan kutubxona faoliyati yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kutubxonaga kitob mutoolasiga qiziqadigan o’quvchilar, o’qituvchi va ishchi xodimlar a’zo bolib, o’z bilimlarini oshirib boradilar. O’qituvchilar o’z o’quvchilar bilan darsdan bo’sh vaqtlarida turli mazmundagi badiiy adabiyotlarni o’qiydilar, ensiklopediyalardan qiziqarli ma’lumotlarni oladilar. Ularga kutubxona xodimlari A.Karibayeva hamda M.Abdiraimovalar beminnat xizmat ko’rsatadilar. Kutubxonamizga tashrif buyurgan bolalar Ona Vatanni sevish, buyuk ajdodlarimiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz haqida to;liq ma’lumotga ega bo’ladilar. Ajdodlarimiz bizga qoldirgan bebaho meroslarini qiziqish bilan o’rganadilar, oilaning boshqa a’zolarini ham o’zlari olgan ma’lumotlardan bahramand etadilar.

   Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni kelajakda har tomonlama yetuk inson bo’lib voyaga yetishini, el ardoqlagan inson bo’lib, hayotda o’z yo’lini to’g’ri tanlay olishini istasangiz, go’dakligidan kitobga mehr o’yg’oting va ular uchun faoliyat ko’rsatadigan kutubxonalarga muntazam qatnashlariga undab, imkoniyat yaratib bering. Shunda farzandingiz kelajakda siz istagandek, yaxshi inson bo’lib yetishadi.

                                 

                                                                                                     Boshlang’ich sinf o’qituvchisi  Tosheva  Z. F.