Umumiy ma'lumotlar >> Maktab yutuqlari

        “Kamalak bilimdonlari”

“Kamolot” YIH tomonidan  “Kamalak”  bolalar tashkiloti  faoliyatini yanada  takomillashtirish, bolalar tomonidan olib borilayotgan  ijtimoiy faoliyatni qo`llab-quvvatlash, tashkilot a`zolarining ijtimoiy  nufuzini oshirish, iqtidorini yigit-qizlarning bilim salohiyatini yuksaltirish maqsadida turli xil tadbirlar o`tkazilmoqda. Mana shunday istiqbolli loyhalardan biri  “Kamalak bilimdonlari”  ko`rik tanlovidir. Joriy yilning 26-28-aprel kunlari  tanlovning respublika bosqich bo`lib o`tdi. Ushbu tanlovning  respublika bosqichida   Navoiy viloyati  Zarafshon  shahri  2-umumta`lim maktabining “Kamalak yog`dulari” jamoasi viloyat sha’nini  himoya qildi.

  Tanlovda ishtirokchilar 4 ta shart: taqdimot, sahna ko’rinishi, savol-javob va ijtimoiy loyiha shartlari asosida bellashdilar. Tanlovning 1- shartida barcha jamoalar o’z jamoa nomi, shiori, atributlari, ko’krak nishoni, albomi, faoliyat yuritayotgan maktab Sardorlar Kengashi faoliyati haqida she’r, qo’shiq, monolog, slaydlari bilan ishtirok etdilar. 2- shartda tashkilot to’g’risida savollarga javob berishdi.3-shartda jamoalar ijtimoiy loyihalarini himoya qilishdi.

Tanlov natijalariga ko’ra faxrli birinchi o’rinni Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2-maktabning “Kamalak yog’dulari” jamoasi qo’lga kiritdi.

-Inson ongidagi bo’shliqlarni ezgu g’oyalar bilan to’ldirishda 10-14 yoshlilar o’rtasidagi “Kamalak bilimdonlari” tanlovining o’rni katta.Ma’naviyat va ma’rifat yo’nalishidagi “Bolalarni milliy qo’girchoqlarda o’ynatamiz” nomli loyihamizni “Kamolot” YIH Boshlang’ich  tashkilot  yetakchisi H. Mirzayeva ishlab chiqqan. Maqsadimiz yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash va o’zbekona o’yinchoqlar orqali bolalar qalbida ezgu fazilatlarni  shakllantirish, ular ongini turli salbiy illatlardan saqlashdir, - deydi Zarafshon shahar 2-maktabning direktori  M.Tuydjanova. – Rahbarlik faoliyatimni boshlaganimga endigina bir yil bo’ldi. Maktabimiz o’qituvchi va o’quvchilarining yutuqlari  talaygina. Oldimizda dovonlar ko’p. “ Bilimlar bellashuvi”ning respublika bosqichida ham o’quvchilarimiz yuksak marralarni zabt etishiga umid qilamiz.



             

                                                                           Kitobxon oila.

     Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 11-martdagi 70-sonli buyrug’i va viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2015-yil 16-mart 71- sonli buyrug`i asosida 2015-yil 24-aprel kuni viloyat Axborot-resurs markazida "Men,ota-onam,bobom va buvim-kitobxon oila" ko`rik - tanlovi o`tkazildi. Ushbu tanlovda Zarafshon shahar 2- umumta’lim maktabidan Ro’zimurodovlar oilasi ishtirok etib , goliblikni qo’lga kiritdi va kitobxon oilaning Respublika bosqichiga yo’llanma oldi. Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimidir. Bu tizim o`smirlarning aqliy, ma'naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo`lib, o`zbek oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda to`plangan boy tajribasiga asoslanadi.     
                              
              

                                                   Maktab kutubxonachisi:    A.Karbayeva