O‘quvchilar uchun >> “Askar akamga” maktub

Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabining 2- “B o`quvchisi Savriddinova Nigorani “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni ga bag`ishlab yozgan “Askar akamga maktubi

                         Salom  xat

Assalomu alaykum aziz akajonim! Sog`ligingiz , ishlaringiz yaxshimi?

Sog`-salomat qiynalmasdan xizmatni o`tayapsizmi ? Safdosh  do`stlaringiz ham yaxshi yurishibdimi ?

Bizga yozgan maktubingizni olib, hammamiz xursand bo’ldik. Xatingizda barchamizni bir-ma bir tilga olibsiz. Qarindosh-urug’, mahalladoshlarni ham so’rab salom yo’llabsiz. Mendan so’rasangiz, o’qishlarim a’lo. 2-chorakni ham a’lo baholarga tugatdim.     

   Akajon xatingiz bilan yuborgan suratingizni ko’rib hammamiz juda xursand bo’ldik. Harbiy kiyim sizga biram yarashibdiki, judayam havasim kelib ketdi. Sizga bir yaxshi xabarni aytaman. Kichik akam Doniyor ham sizdek askar bo’lmoqchi. Bu suratlarni ko’rib: “ Tezroq katta bo’layin. Men ham akam singari O’zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman” – deydi. Opam Diyorani bilasiz, maktabning 6-sinf o’quvchisi. Yaqinda televizorda harbiy libosda saf tortib borayotgan qizlarni ko’rib havas bilan kuzatdi. Ota-onamizga harbiy sport maktabida ta’lim olishga qiziqishini aytdi.

    Qarang-a, Vatanimiz tinchligini asrash uchun barcha vatanparvar yoshlar tayyor ekan. Ana shunday orzulari limmo-lim va ko’zida ishonch balqib turgan akam va opamga otam : “ Vatan posboni bo’lish – pok inson bo’lish, demakdir “ – deydi.

    Akajon harbiy xizmatni a’lo darajada o’tayapsiz. Yaqinda komandiringizdan rahmatnoma olganingizni eshitdik. Chegarachi do’stlaringiz bilan Vatan osoyishtaligini qo’riqlashdek sharafli burchni ado etayotganingiz uchun ham qalbim g’ururga to’ldi. Sizlar bor ekansiz, har kun-u tunimiz tinch va osoyishta o’tadi.

    Sizga yozgan xatimni maktabda ustozimizga ham o’qib berdim. Ustozim sizga va chegarachi do’stlaringizga sog’lik-omonlik tilab, Qurolli Kuchlarimizni 25 yillik bayrami bilan tabrikladi.

    Sizdek askar akasi bilan faxrlanuvchi singlingiz Nigora.