O‘quvchilar uchun >> Atrof-muhit musaffoligi-sog`ligimiz garovi

Hozirgi kunda atrof-muhitning kun sayin yomonlashib borayotgani hech kimga sir emas, albatta. Buning eng asosiy sababi fan-texnikaning jadallik bilan rivojlanib borayotgani hamda sanoat va korxonalarning tezkor suratlarda ko`payib borayotganligidadir. Chunki keyingi 20 yil ichida ekologiyaning zaharlanishi tufayli ko`plab kishilarni allergiya, teri kasalliklari va boshqa bir qancha bolalar kasalliklari soni ortib bormoqda. Agarda ekologiyaning yomonlashuvi shu tarzda davom etaversa , “Insoniyatning kelajakdagi, taqdiri nima bo`ladi?” degan savol barchamizni tashvishga soladi.

  Bugungi kunda butun Yer yuzida atmosfera havosining ifsoslanishi, unda kislorodning kamayishi, havo haroratining ko`tarilishi, o`simlik qoplamlari va  soni yildan yilga kamayib bormoqda.

  Birgina ichimlik suvi sifatining pastligi hamda suv ta`minotida sanitariya-gigiyena qoidalarining qo`pol ravishda buzilishi oqibatida 80 % dan ortiq yuqumli kasaliklar kelib chiqmoqda.

  Qishloq joylarida esa oqar suvlarga chiqindilarning tashlanishi va daryolarga hayvonlarning o`liklari oqizilishi natijasida faqat ekologiya emas, balki insoniyat aziyat chekmoqda. Chunki ana shu ifloslangan kanal va daryolarning suvlari bug`lanishi natijasida yana qaytib yomg`irga aylanib yerga tushadi. Buning oqibatida esa faqat insoniyat emas, balki butun tirik mavjudotlarga salbiy ta`siri bor. Yer borliq va jami mavjudotlarning onasi. Uni asrash va uning boyliklaridan oqilona foydalanish bizning eng muhim burchimizdir.

   Aziz o`quvchi, yoshlar biz atrof-muhitni qanchalik gullab yashnashiga o`z hissamizni qo`shsak , ya`ni havoni tozalovchi daraxtlar eksak, bog`lar yaratsak, ona tabiat bizga sog`lom hayot in`om etadi. Atrof-muhitga befarqlik esa kelajagimizga tahdiddir.
                                                                                                                                          Biologiya fani o`qituvchisi:  Eshmurodova M