O‘quvchilar uchun >> Axborot-resurs markazini bilasizmi?

 AXBOROT – RESURS MARKAZINI BILASIZMI ?

                                       “Hozirgi paytda qaysi zamonaviy soha yoki   tarmoqni olmaylik, bularni barchasining taraqqiyoti

                                        negizida   avvalambor  telekommunikatsiya   va    axborot  texnologiyalari   turganini   eng  ilg`or

                                        davlatlar  va  umuman,  dunyo tajribasi misolida   ko`rish  va  anglash  qiyin  emas”      
                                                                                                                                                                                               I.A.Karimov.

 

Biz XXI – texnika jadval sur’atlarda rivojlanib borayotgan asrda yashayapmiz. Mamlakatning iqtisodiyoti, insonlar hayoti va jahon xalqjamiyatidagi o`rni axborot – texnoplogik rivojlanishning holatiga bog`liq bo`lib qolmoqda.

            Axborot –kutubxona jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to`g`risida”gi 2006 yil 20 iyundagi PQ-381-sonli Qarori, 2011 yil 23 fevraldagi “2011-2015 yillarda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot – kutubxona va axborot – resurs xizmatini yanada sifatli rivojlantirish choralari to`g`risida”gi PQ-1487-sonli Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron kutubxona to`g`risidagi namunaviy nozimni hamda axborot – kutubxona va axborot – resurs markazlarida va kutubxonalarda to`liq matnli electron axborot –kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalini tasdiqlash haqida”gi 2011 yil 5 iyuldagi 198-sonli Qarorining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

            Shahrimizdagi 2-umumta’lim maktab huzuridagi shinam kutubxona 2006 yildan buyon Axborot – resurs markazi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Axborot – resurs markazi o`quv zali, abonement, axborot, innovatsion tadqiqotlar sho`basi, uslubiyat va xujjatlarni elektron yo`l orqali yetkazish bo`limlar faoliyat yuritadi. Axborot, abonement, o`quv zali bo`limlari tashrif buyurgan foydalanuvchi so`rovi bo`yicha xizmat qilad. ARM ning jami kitob fondi – 32537 tani tashkil qiladi. Shahrimizning 6291ta aholisi ARMga tashrif buyurib kerakli ma’lumot, adabiyot va internet xizmatlaridan foydalanishadi.   

AXBOROT BO`LIMI:

Axborot – resurs markazining axborot bo`limida foydalanuvchilarning intelektual, ma’naviy – axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini sifatli tarzda qanoatlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar yaratilgan.Axborot bo`limi ma’lumotlar banki va bazalaridan foydalanishni taqdim qilish.

 

Axborot bo`limida doimiy ravishda foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotlar bazasi sifatida kompyuter xotirasida va disklarda saqlanadi. Bu ma’lumotlar asosan mavjud adabiyotlardagi ma’lumotlarni qayta ishlash yoki internetdan olingan bo`lishi mumkin.

Elektron bazamizda turli fanlaga oid darsliklar, Prezident asarlari, turli sohalarda ish olib brogan buyuk olim allomalarning hayoti, ijodiy faoliyati, konchilik sohasiga oid, texnikaga mansub ma’lumotlar mavjud.

Internet tarmog`iga joylashtirilgan to`liq matnli elektron ma’lumotlardan foydalanishni taqdim qilish.

Internet resurslari bo`yicha foydalanuvchilar asosan o`zlariga kerakli ma’lumotni turli sohaga (ilmiy, ta’limiy, badiiy, texnika) oid saytlardan: kitob.uz, ZiyoNet.uz, lex.uz, ilm.uz, ziyo.uz, uroki.uz qidirib topishlari mumkin.

Internet xizmatidan foydalanishni foydalanuvchining o`zi amalga oshirishi yoki axborot bo`limi xodimi ko`magida foydalanishi mumkin.Axborotni turli foydalanuvchilar guruhlari uchun berishini ta’minlovchi tashkiliy – yordamchi xizmatlarini amalga oshirishni taqdim qilish.Bunda axborot bo`limida muqovalash ishi, faks uzatish, axborotni foydalanuvchi disketi yoki fleshkasiga yozish, axborotdagi nusxa ko`paytirish, axborotni skaner qilish va kompyuterda matn terishni amalga oshirishi mumkin.

Bundan tashqari o`quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida to`garak tashkil qilingan. O`quvchilar xaftada bir kuni reja asosida kompyuter saboqlarini o`zlashtiradilar. Kompyuterni o`rganish istagida kelgan katta yoshdagilar va talablarga ham yordam ko`rsatiladi.

O`QUV ZALI

 Axborot-resurs markazining `quv zalida foydalanuvchilarga kitobxon bileti asosida yakka tartibda va guruhlar asosida xizmat ko`rsatiladi. O`quv zalida foydalanuvchilarga  kataloglar, kartotekalar tizimi va kutubxona fondi tarkibi to`g`risida to`liq axborot beradi va matbaa asarlarini boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko`rsatadi. Bundan tashqari kutubxona fondlaridan  hujjatlarni va vaqtincha foydalanish uchun ham beradi. Ta'lim muassasasining  o`quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko`rsatgichlar adabiyotlar ro`yxatini tuzadi, kitob ko`rgazmalari tashkil etadi. Aborot-resurs markazi o`quv zali xodimining asosiy vazifalaridan biri foydalanuvchini ya'ni axborot oluvchini, o`sib kelayotgan yosh avlodni ma'nan yetuk bilimga ega bo`lishiga, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy an'analarimiz,  milliy istiqlol g`oyasini targ`ibot qilgan holda har tomonlama kerakli manbalarni yetkazib berishi lozim. Bundan tashqari kitobxonlarning so`rovlari asosida ularga kerakli ma'lumotlarni tez va sifatli yetkazishdan iboratdir.
 

 O`quv zalida tashkil etilgan to`garaklar mavjud bo`lib , unda o`quvchilar o`zlarining qiziqishlari va ijodkorliklarini  namoyon etishda “Yosh qiziquvchilar", "Yosh ijodkorlar", "Yosh kitobsevarlar" nomli  to`garaklariga a'zo bo`lishadi.             O`quv zalida har muhim sana va bayramlarga atab  "Badiiy kechalar", “Adabiyot kunlari", "Bir farzandga -uch kitob" aksiyasi, “ Maktab -kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari" xayriya tadbirlari "Kitobim oftobim" nomli kitob xaftaligi, "Eng yaxshi kitobxon `quvchi" tanlovi  "Eng yaxshi axborot-kutubxona muassasasi mutaxasisi", ko`rik-tanlovi,  “Kitob - ma'naviyat maktabi"  singari ko`plab tadbirlarimizga o`quvchi va ustozlar hamda  mahalla xodimlari bilan hamkorlikda  har oyning  I –II – III – IV  choraklarida o`tkaziladi. Axborot markazining o`quv zalida maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun "Bizning sevimli ertak qaxramonlari"  nomli qiziqarli kutubxona o`yinlari tashkil etilgan bo`lib, mavsumning mart oyida o`quvchi va kichik yoshdagi bolajonlarni qiziqarli va maroqli bo`lishida ARM xodimlari o`z maxoratlarini ko`rsatishadi.

HUJJATLARNI ELEKTRON YO`L ORQALI YETKAZISH BO`LIMI

ARMning barcha foydalanuvchilari uchun kompyuter dasturlari fondini shakllantirish ishini amalga oshirishga ko`maklashib boradi.

ARM faoliyatining barcha yo`nalishlari bo`yicha yagona ma'lumotlar bazasini (video yozuvlar, kompyuter dasturlari va fano yozuvlar) yuritish ishlari olib boriladi;

-           Foydalanuvchilarga axborot-resurs markazidagi kompyuterdan foydalanish yuzasidan maslahatlar berish ishlari olib boriladi.

-           Viloyat Axborot-resurs markazi hujjatlarini elektron yo`l orqali yetkazish borasida o`zaro aloqani ta'minlash kabi vazifalarni bajarib bormoqda.

     Axborot - resurs markaziga kelgan yangi adabiyotlarga qaytarish varaqasi, kitob pasporti, cho`ntakchalar yopishtirilib ularga kerakli betlariga muhrlar qo`yish ishlari bilan shug`ullanib boradi.

      Axborot-resurs markazi hujjatlarni elektron yo`l orqali  yetkazuvchi yetakchi kutubxonachisining asosiy yo`nalishlari raqamli bosh ko`rsatgichlardan elektron kitoblar ko`rsatgichi 16 donani tashkil etadi.

      Axborot - resurs markazining alfavit va sistemali kataloglar kartatekalari bilan ishlar olib boriladi yangi adabiyotlarga alfavit va sistemali katalog bo`yicha kartotekalar yozib qo`yish ishlari bilan shug`ullanib boradi. 

ABONEMENT BO`LIMI

O`quvchi yoshlarning, shuningdek, aholining axborotga bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga yo`naltirilgan axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirayotgan universal axborot-kutubxona muassasasi bo`lmish tuman, shahar ARMi yetakchi mutaxassisining asosiy funksiyasi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni ta'minlashdir.

Foydalanuvchilarda jami axborot-kutubxona resurslarida mo`ljal topa bilishga yordam beruvchi elektron katalog, yig`ma elektron katalogdan foydalanish ko`nikma va malakalarini hosil qilish ishlarini amalga oshiradi;

Foydalanuvchilarga bibliografik izlash va adabiyotlar bilan ishlash metodikasi bo`yicha yakka tartibdagi maslahatlarni amalga oshiradi;

Shaxsning axborot olish madaniyatini rivojlantirish haqida guruhli maslahatlar, suhbatlar o`tkazadi.

Foydalanuvchilarning axborot olish madaniyatini shakllantirish, ularni axborot-bibliografik savodxonlikka o`rgatish yo`li bilan markazning o`quvchi yoshlar, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatish, ARMning bibliografik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan olib boradigan ishlarini tashkil etadi;

Foydalanuvchilar bilan ARMda mavjud axborot-kutubxona resurslarini har tomonlama targ`ib qilish ishlarini: anjumanlar, "Axborot kuni", "Mutaxassis kuni", "Ochiq eshiklar kuni"ni tashkil etadi;

Mavzuviy kartotekalar, bibliografik ko`rsatkichlar, adabiyotlarning tavsiyaviy ro`yxatlarini tayyorlash yo`li bilan o`zidagi va o`zidan uzoqdagi axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosidan foydalanuvchilarni bahramand etish yuzasidan ish olib boradi;

O`quvchi yoshlar, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Madaniy, ta'lim, axborot va boshqa xildagi dastur hamda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta'lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi;

INNOVATSION TADQIQOTLAR SHO`BASI    

   ARM foydalanuvchilariga ularning muayyan ehtiyojlarini qondiruvchi bibliografik va faktografik axborotni, hujjatlar yoki ularning nusxalarini, boshqa kutubxona xizmatlarini taqdim qilish bo`yicha faoliyatidan iborat.

Axborot-bibliografiya ishi quyidagilarni o`z ichiga oladi: ma'lumotnoma-bibliografik xizmat, bibliografik xabar yetkazish, bibliografik ro`yxatlar tuzish, kutubxona bibliografiya bilimlarini o`rgatish.

Shuningdek kitobxonlarga zarur axborotni izlash uchun xizmat ko`rsatishda foydalaniladigan an'anaviy va elektron ma'lumotnoma, bibliografik nashrlar, kutubxona kataloglari va kartotekalar yig`indisidan iborat bo`lgan ma'lumotnoma-bibliografiya apparati (MBA)ni tashkil etish va joriy qilishdan iboratdir.   

  Foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishlarini ta'minlash bo`yicha axborot-resurs markazining yagona innovatsion faoliyatini shakllantirish yuzasidan olib boradigan ishlarini tashkil etish innovatsion tadqiqotlar sho`basi mudirining asosiy funksiyasidir.

            ARMning innovatsion tadqiqotlar bo`limida foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishlarini ta'minlash bo`yicha yangi texnologiyalar yaratish ko`zda tutiladi.

ARM faoliyatini yaxshilaydigan, ya'ni shakllarini to`ldiradigan, yangiliklarni ARM ish amaliyotiga joriy etadi.     

 ARM ning kutubxona xizmatlari, texnologik jarayonlar, boshqaruvdagi o`zgarishlardagi yangiliklar va ob'ektlarni joriy etish yo`nalishlarini, kasbiy layoqatning rivojini belgilab beradi;

Foydalanuvchilarga ehtiyojlariga ko`ra elektron kutubxona, elektron katalogdan foydalangan holda axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishning yangi turlarini joriy etadi Milliy madaniyatning tiklanishi va bundan buyon rivojlanishiga, O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini asrashga yordam beruvchi kechalar, oilaviy bayramlar, intellektual ijodiy o`yinlar, o`quv-biluv tanlovlarning tashkil etilishini ta'minlaydi;

 O`quvchi yoshlarning intellektiual, ma'naviy-axloqiy, madaniy va ta'limiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun lektoriylar o`tkazilishini ta'minlaydi;

Axborotni izlash, uni ishlovdan o`tkazish va taqdim etishning yangi texnik vositalarini joriy etish hisobiga markazning axborot-kutubxona resurslarini kengaytirishni ta'minlaydi;

Madaniy, ta'lim, axborot va boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta'lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi;

Boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan o`zaro aloqalarni amalga oshiradi.

Innovasion tadqiqotlar bo`limida xafta davomida keladigan oynoma va ro`znomalar bilan

ishlab, ARM xodimlarini va foydalanuvchilarni yangiliklar bilan tanishtirib voqiv etadi. Axborot resurs markazi xodimlari o`rtasida O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari qarorlari va farmoyishlari mazmun mohiyatini tushuntirish.           

Innovasion tadqiqotlar bo`limida o`lkashunoslik burchagi tashkil qilingan bunda o`lkashunoslik tarixi, maktablar tarixi, mening shaxrim Zarafshon kabi bo`linmalar tashkil etilgan.

O`lkashunoslikka oid axborotlarni doimiy ravishda ishlab chiqaradi. Innovasion tadqiqotlar bo`limida yil davomida asosiy sanalar bo`yicha bibliografik sharxlar tayyorlanadi.

2015-yil Keksalarni e'zozlash yili munosabati bilan ARM  foydalanuvchilariga "Qadri osmon qariyalar", 9-fevral A.Navoinning 574 yilligining tantanali  nishonlash maqsadida "A.Navoiy buyuk shoir", 14-fevral Z.M.Bobur tavlludining  532 yilligi munosabati bilan "Tarixchi, shoir, buyuk mutafakkir bu Boburdir" mavzusida bibliografik sharxlar tayyorlandi.

            Innovasion tadqiqotlar bo`limida yil davomida asosiy sanalar bo`yicha kitobxonga esdalik tayyorlanadi. 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan "Milliy armiyamiz –g`ururimiz!", 1-mart Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligi munosabati bilan "Zulfiya -vafo va sadoqat timsoli" mavzusida 2015-yildan boshlab kitobxonga esdalik tayyorlandi.

USLUBIYAT BO`LIMI.

Axborot -resurs markazi uslubiy ishlari -kutubxona ishidagi o`zgarishlarni kuzatib borish tizimi bo`lib , u Axborot-resurs markazi ( ARM ), maktab kutubxonalari faoliyati haqidagi ma'lumotlarni o`zida jamlaydi. Ushbu axborotning taxlili ARMning qaysi saviyada ish olib borayotgani haqida mushohada yuritish, yangiliklarni tarmoq bo`yicha yoyish imkonini beradi.

Turli xildagi kutubxona xujjatlari ( xisobotlar, rejali ishlar, axborot va boshqalar), kutubxonachi xodimlarning kengash, anjuman, seminarlari, davriy matbuotda e'lon qilingan nashrlardan ma'lumot olish va taxlil qilish imkonini beruvchi asosiy usul xisoblanadi. Metodik ishlarning asosiy maqsadi -axborot-resurs markazlari  va umum ta'lim muassasasi kutubxonalari  faoliyatini takommilashtirish, yangiliklarni yetkazish, xodimlarning malakasini oshirishdan iboratdir.

Axborot-resurs markazi jamoasidagi metodik ishlar va idoralararo  muassasalarga metodik yordam ko`rsatish ayni bir maqsadni -faollik, tavsiyaviylik, operativlik, farqli yondoshuv tamoyillari asosida amalga oshiriladigan faoliyatini metodik jixatdan ta'minlashni ko`zda tutadi. Kutubxonachining ishini bevosita kuzatish ko`rikdan o`tkazishning asosiy metodi sanaladi. Shu bilan birga kutubxona xujjatlarini o`rganish, kutubxonachilar va kitobxonlar bilan suhbatlar tashkil qilish, ulardan so`rovnomalarga javob olish usullaridan xam foydalaniladi. Ularning barchasi bir birini to`ldiradi. To`plangan materiallar taxlil qilinib baho beriladi. Shu asosida ARM maktab kutubxonalarining ishi qay saviyada ekani ularni yutuq va kamchiliklari haqida xulosalar chiqariladi yakunlari ma'lumotnomada aks etiriladi.
Mustaqil O`zbekistonimizning ravnaqi uchun xizmat qiladigan, sof vijdonli, erkin fikrli, aqlli, kerak bo`lsa Vatan uchun jonini fido etadigan insonlarni tarbiyalash masalasi bugungi kunning eng muxim vazifalaridan biridir .Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda uning qalbiga oliyjanob tuyg`ularini singdirish, o`tmishda o`tgan ota-bobolarimizga xurmat va kelajakka ishonch xislarini mustaxkamlashda, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g`oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash kutubxonaning  eng asosiy vazifalaridan biridir.

Zarafshon  shahar 2-umumtalim maktabi  huzuridagi Axborot-resurs markazi  sizni taklif  qiladi. Axborot-resurs markazi  kitobxonlar so`rovi bo`yicha barcha ma’lumotlarni topishda yordamlashadi.

O’QUV ZALIO`quv zalidan kitobxonlarimiz uchun Prezident I.A.Karimovning asarlari, O`zbekiston Milliy ensiklopediyasining barcha tomlari, o`quv darsliklariga qo`shimcha adabiyotlar, litsey va kollejlar uchun tabiiy fanlardan kitoblar,  buyuk allomalarimizning haqidagi ma’lumotlar yig`ma jildlari va boshqa turli xil adabiyotlardan foydalanish imkoniyati mavjud.

 ABONEMENT BO`LIMI –Abonement bo`limidan rus, qozoq, o`zbek yozuvchilarining  badiiy asarlari, dostonlari,  shoirlarning she’rlarini uyga olib ketib foydalanish imkoniyati mavjud.

 AXBOROT BO`LIMI – ushbu bo`limdan internetda mustaqil foydalanish, faks jo`natish va qabul qilish, skaner xizmatlari, o`quvchilar uchun kompyuter savodxonligi darslari, turli xil mavzularda referatlar, testlar, krossvordlar, blankalar tayyorlash va ularni oddiy, rangli printerdan chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek foydalanuvchilar mustaqil ravishda kompyuterda  matn terish imkoniyatiga egadirlar. Axborot bo`limi xodimlari tomonidan jamlangan turli mavzudagi elektron kitoblardan foydalanuvchi mustaqil ravishda kompyuterda foydalanishlari mumkin.

INNOVATSION TADQIQOTLAR SHO`BASI - Axborot-bibliografiya ishi quyidagilarni o`z ichiga  oladi: ma'lumotnoma-bibliografik xizmat, bibliografik xabar yetkazish, bibliografik  ro`yxatlar  tuzish,  kutubxona bibliografiya bilimlarini o`rgatish.

Manzil: 3-kichik tuman, savdo markazi 2-qavat

Ishonch telefoni: 573-50-49