O‘quvchilar uchun >> Bilimlar bellashuvi uchun testlar

5-sinf matematika fanidan test savollari  I – chorak,  I-variant

1. 0,7 va 2 raqamlaridan foydalanib nechta ikki xonali sonni yozish mumkin? Ularning yig`indisi nechaga teng?

A)  4 ta; 189             B) 6 ta; 288            D) 2 ta; 99

2. 3 raqami bilan tugagan ikki xonali sonlar nechta?

A)  9             B) 10            D) 18

3. 60503 sonini yozishda turli raqamdan foydalanilgan?

A)  4 ta             B) 5 ta            D) 6 ta

4. Eng katta natural sonni ko`rsatish mumkinmi?

A)  Ha, mumkin             B) yo`q            D) to`gri javob yo`q

5. Qaysi bir javob natural sonlar atorini tashkil etadi?

A)  1,2,3,…;             B) 2,3…;           D) 1,3,5…;

6. Qaysi javobda 89 sonidan oldin va keyin kelgan uchtadan natural sonni to`g`ri ko`rsatilgan?

A)  87,88,89;90,91,92         B) 86,87,88; 90,91,92           D) 90,91,92

7. Berilgan natural sondan oldingi natural sonni har doim topish mumkinmi?

A)  Ha, mumkin             B) har doim emas            D) to`gri javob yo`q

8. Berilgan natural sondan keyingi natural sonni har doim topish mumkinmi?

A)  Ha, mumkin             B) har doim emas            D) to`gri javob yo`q

9.Besh xonali sonlar nechta?

A)  89999 ta             B) 90001 ta            D) 90000 ta

10. 567891011...5051 soni necha xonali?

A)  102             B) 98            D) 89

11. Qaysi ikki xonali songa 2 qoshilsa, yetti xonali eng kichik son hosil bo`ladi ?

A)  999999             B) 999998            D) 100002

12. Yozuvlardan qaysi biri o`ttiz uch ming oltmish besh sonini bildiradi ?

A)  3365             B) 330065            D) 33065

13. 400097 soni qanday o`qiladi?

A)  to`rt yuz ming to`qson yetti     B) to`rt ming to`qson yeti     D) to`rt million to`qson yetti

14. 400+40+3=4*100+4*10+3*1 - qaysi sonning xona qo`shiluvchilari yig`indisi ko`rinishidagi yozuvi bo`ladi?

A)  400403             B) 443            D) 40043

15. Sonlardan qaysi biri katta (>) : 6317 mi yoki 10056 mi?

A) 6317>10056             B) 6317<10056            D) 10056>6317

16. Sonlardan qaysi biri kichik (<) :9876 mi yoki 9786 mi ?

A)  9876<9786             B) 9786<9876        D) 9786=9876

17. Quyidagi sonlardan qaysi biri katta ?

A) 445             B) 436            D) 460

18. Quyidagi sonlardan qaysi biri kichik ?

A)  1789             B) 1897           D) 1798

19. Qaysi holda 56783 soni o`ngacha aniqlikda yaxlitlangan?

A)  56800             B) 56780            D) 57000

20. Qaysi holda 175843 soni yuzgacha aniqlikda yaxlitlangan ?

A) 175600             B) 175900            D) 175800

21. Qaysi holda 658902 soni minggacha aniqlikda yaxlitlangan ?

A)  659000             B) 658900           D) 658000

22. Sonlardan qaysi biri son nurida chapda joylashgan ?

A) 413             B) 409            D) 405

23. Sonlardan qaysi biri son nurida o`ngda joylashgan ?

A)  657            B) 675            D) 652

24. Qaysi son katta: 7961 mi yoki 10021 mi ?

 A)  7961>10021            B) 10021>7961           D) 7961=10021

25. Qaysi holda sonlar kamayish tartibida turibdi ?

A)  793,739,800            B) 800,793,739           D) 800,739,793 

5-sinf matematika fanidan test savollari  II – chorak,  I-variant

1. Quyidagi qo`sh tengsizliklradan qaysi biri to`g`ri?

A) 36 < 38 < 37            B) 37 < 36 < 38           D) 36 < 37 < 38

2. 57 < x < 61 qo`sh tengsizlikni qanoatlantiruvchi natural sonlar:

A) 57, 58, 59, 60            B) 58, 59, 60            D) 59, 60, 61

3. Son nurida O (0), A (17) va B (25) nuqtalar belgilangan. OB kesma OA kesmadan qancha uzun:

A) 6 ta birlik kesmaga      B) 9 ta birlik kesmaga       D) 8 ta birlik kesmaga

4. Metro vagonida 157 ta yo`lovchi bor. Quyidagi taqribiy qiymatlardan qaysi biri aniqroq:

A) 150 ta yo`lovchi            B) 160 ta yo`lovchi            D) 120 ta yo`lovchi

5. Rasmdagi kesmalarni belgilanishini yozing:   

A) AB, BC            B) AB, BC, AC           D) AB, AC

6. Ikki nuqta orqali nechta to`g`ri chiziq o`tkazish mumkin?

A)  1 ta            B) 2 ta           D) 3 tagacha

7. 34567891011...5051 soni necha xonali ?

A) 102            B) 98            D) 91

8. 101112,,,3940 sonining raqamlar yig`indisini toping.

A) 198            B) 199           D) 197

9. Hisoblang: 9641954093 + 10871906907

A)  20513861000            B) 20523861000           D) 20529861000

10. Hisoblang: 52000678767 + 8851736003

A)  60852414770           B) 61852756770           D) 61853756770

11. Hisoblang: 658789156 + 8851736003

A) 8192946857            B) 8192946847            D) 8292946847

12. Hisoblang: 658789156 + 5657861530

A) 6316655686              B) 6316650686          D) 6356650686

13. Hisoblang: 4587921356 + 5657861530

A) 10245782886                B) 11245782886          D) 15245782886

14. Hisoblang: 100-99+98-97+...+4-3+2

A) 55            B) 60            D) 50

15. Hisoblang: (7983 + 989) – (489+383)

A) 8050            B) 8000            D) 8100

16. Hisoblang: (9418 + 734) – (3218+504)

A) 6431            B) 6400            D) 6430

17. Amalni bajaring: (50760 - 10760) + 9895

A) 49894            B) 49856            D) 49895

18. Amalni bajaring: (65712 – 5498) + 6498

A) 66712                B) 66715          D) 66718

19. Amalni bajaring: (48675 – 7892) + 1325

A) 42108                B) 42109          D) 42118

20. Amalni bajaring: (32348 - 31348) + 9000

A) 100000            B) 1000            D) 10000

21. Amalni bajaring: 8973 – (1248 + 2252)

A) 5453            B) 5463            D) 5473

22. Amalni bajaring: 5548 – (745 + 755)

A) 4046            B) 4047            D) 4048

23. Hisoblang: 6375-(1375+4760)

A) 230              B) 240          D) 250

24. Amalni bajaring: (1748 + 252) + 1000

A) 30000            B) 4000            D) 3000

25. Amalni bajaring: (7749 + 3658) - 1749

A) 9658                B) 9648          D) 9638

1-yarim yillik test 8-sinf informatika fanidan

1.Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi necha davrni o`z ichiga olgan?

A)3 davrni B) 4 davrni  C)5 davrni D) 6 davrni E) 2 davrni

2.Birinchi avlodga kiritilgan asosiy element?

A)elektron lampa B) tranzistor  C) integral sxema D) katta integral sxema E) kompyuter

3.Qaysi qatorda mantiqiy amallar to’g’ri berilgan?

A)AND,TO,BUT B)BUT C)AND,OR,NOT D)AND,OR E)faqat AND

4.Berilgan A,B,C,D o`zgaruvchilarning qiymati A=yolg’on,B=rost ,C=rost,D=yolg’on bo`lganda quyidagi mantiqiy amal qanday bo’ladi? A^B^C^D

A)yolg’on   B)rost      C)rost va yolg’on E) to’g’ri javob keltirilmagan

5.Sxemada kirish qismiga kelgan signallar nima deb nomlanadi?

A)Funksiya   B)argument C) mos tushish sxemasi D) yig’uvchi sxema E)inventor

6 . Ketma –ketlikning mantiqiy davomini toping 1,8,27,64,125…;

A)189 B)225  C)234  D)216  E)250

7.  Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqotga kirishish usuli nima deb ataladi?

A) interfeys  B) foydalanuvchi interfeys C) dasturiy interfeys D)apparatli interfeys E)brainware

8. Kompyuter ishga tushirilganda ,odatda ,uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi.Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta’minlaydi bu qanday dastur deb yuritiladi?

A)Operatsion sistema B)Sistema dasturlari C)Amaliy dasturlar D)Uskunaviy dasturlar E)Dasturiy ta’minot

9.Faylning xususiy nomida qanday belgilar ishlatilmaydi?

A)!,_,#      B) %,{},()     C) /,:,*,?,<,>      D)$,^&    E) Hamma belgi ishlatiladi  

10.Kataloglar direktoriyalar inglizchadan qanday ma’noni anglatadi?

A)aloqa    B)foydali   C)birlashtirish  D)ma’lumotnoma,manzilli kitob E) Mohirlik

11.O’zbekistonda ishlab chiqarilgan operatsion sistema nomi?

12.Ma’lumotlarni xotiraga kiritish-chiqarish dasturi.

13.O’zbekistonda kibernetika maktabining asoschisi kim?

14.Birinchi EHM nomi?

15.III-avlodga kiritilgan asosiy element.

6 - sinflar uchun geografiya fanidan I-variant.

1.Eramizdan avvalgi III-asrda Eratosfеn tomonidan chizilgan xaritada qaysi daryolar nomi tushirilgan?

   1.Ra 2. Yaksat 3. Dajla 4. Hind. 5. Ganga.

A)  1,2,3,5  B) 2,4,5,3  C)  1,4,3,5  D) 4,1,3,5

2. Yer aylanish o’qining Yer yuzasi bilan tutashgan 2 nuqtasiga nima diyeladi?

A) Parallellar  B) Qutublar C)Meridianlar  D) B va C javoblar.

3. Arxiy erasida qaysi tog’ bo’rmalanishi bo’lgan?

A) Tog’ bo’malanishi bo’lmagan  B) Alp  C) Kalidon D)Baykal

4. Mezazoy erasiga tegishli davirlarni ajrating.

   1. Kembriy 2. Karbon 3. Selur 4. Tirias 5. Yura 6. Devon

A) 4,6   B) 5,4  C) 3,2  D) 1,2

5. Gamadalar (toshloq sahrolar) Afrikaning qaysi tabiat zonasida uchraydi?

A) Tiropik cho’l tabiatida  B) Suptiropik cho’l tabiatida

C) Chala cho’l tabiatida  D) Hammasida

6. Shimoliy Muz okeanida navigatsiya davri necha oy davom etadi?

A) 1 oydan 2 oygacha   B) 1 oydan 3 oygacha  C) 1 oydan 4 oygacha D) 1 oydan 5 oygacha

7. Mo’tadil mintaqa nechinchi giradus kengliklar orasida joylashgan?

A) 400-500     B) 400-600    C) 500-600     D) 500-700

8. 1917- yilda geografiya faniga qanday yangilik kiritildi.

A) Antarktida kashf qilindi  B) Maxsus dengiz tashkiloti tuzildi

C) Dunyo okeani atamasi fanga kiritilgan  D) Dunyo okeani 5 ta okeanga ajratilgan

9. Aneroid nima?

A) Metall baromiter   B) Havo bosimini o’lchaydigan asbob   

C) Havo haroratini o’lchaydigan asbob  D) A va B javoblar to’g’ri

10. Atmosfera havosining asosiy qismi (80%) uning qaysi qatlamida to`plangan?

A)  mezosferada    A) termosferada      C) ekzosferada      D) troposferada

11. Afrika materigiga tegishli daryolarli ajrating.

   1.Oranj   2. Nil  3. Kongo  4. Negir  5. Angara

A) 5,4,3,2    B) 1,4,3,2,   C) 3, 2, 4, 5   D) 1,3,4,5

12. Hind okeani chjuqurligini kim nechanchi yilda aniqlagan?

A) A. Tasman (1642-1643)    B) J.Kuk  (1771-1775)   C) Vasko da Gama (171-1775)

D) Jan Pikar 1960 yilda

13. Sayohatchi F. Magellan Tinch okeanni qachon shu nom bilan atagan?

A) 1540-1541yillarda       B) 1520-1521yillarda    C) 1500-1501yillarda       D) 1821yilda

14. Havo bosimi dengiz sathidan har yuz metr balandlikka ko’tarilganimizda necha mm pasayadi?

A) 10 mm   B) 10.5 mm  C) 11 mm    D) 15 mm

15. Termometr yer yuzasidan necha metr balandga o’rnatiladi?

A) 2,5 m    B) 2,6 m    C) 2 m   D) 1,5 m

16.  Qizil, Arabiston, Arafur dengizlari qaysi okeanga qarashli?

A)  Tinch      B) Atlantika     C) Hind     D) Berk havza

 17. Yer sharida jami nechta iqlim mintaqalari ajratilgan?

A) 7      B) 8       C) 13      D) 14

18. Havo harorati +300C bo’lganda 1m3 havoda 15 g suv bo’lsa havoning namligi necha % ga teng?

A) 30%   B) 50%   C) 60%   D) 100%

19. Termometr 8km balandlikda -180C ni ko’rsatdi. Bu vaqtda Yer yuzasini harorati qanchaga teng bo’ladi?

20. Yer yuzasidan +200C bo’lganda yerning 2 km chuqurlikdagi harorati qanchaga teng bo’ladi?

21. Okean suvlaridan yiliga eng ko’p ovlanadigan uchta baliq nomini yozing.

22. Hozirgi kunda okean qirg’oqlarining 50 kmgacha bo’lgan qismida dunyo aholisining necha %i yashaydi?

23. Afrika materigida joylashgan 4ta cho’l nomini yozing.

24. Sahroi Kabir cho’lida joylashgan qoldiq tog’lar nomini yozing.

25. Chad ko’liga qaysi daryo suvini quyadi?

6 - sinflar uchun geografiya fanidan 1-maktab bosqichi bilimlar bellashuvi uchun tuzilgan testlar. II-Variant.

1. Okean, dengiz va ko`llarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan kichik va sayoz qismi nima deb ataladi?

A)  bo`g`oz    B) materik     C) qo`ltiq    D) yarim orol

2. Quyida cho`llarni kesib o`tuvchi tranzit daryolarni belgilang.

A) Sirdaryo, Amudaryo, Nil   B) Volga, Ural, Lena  C) Nil, Missisipi, Zarafshon  D ) Angara, Amur, Xuanxe

3. “Tabiat kompleksi” deb nimaga aytiladi?

A) tabiat komponentlarining uzviy aloqasi  B) tog` jinslari, relyef, iqlim  C) atmosfera va gidrosfera

D) tabiat komponentlarining o`zaro aloqasi va ta’siri natijasida vujudga kelgan, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan hududlar

4. Hind okeaniga tegishli bo`lgan oqimlarni belgilang?

 A)Shimoliy passat, Mozambik, Kurosio oqimi   B)Janubiy passat, Alyaska, Musson oqimi

C) Janubiy passat, Mozambik, Musson oqimi  D) Golfstrim, Janubiy passat, Mozambik oqimi

5. Mobilizm gipotezasini qaysi olim ishlab chiqqan?

A)  A. Vegener     B) A. R. Beruniy   C) J. Oliver     D) R. Dekart

6. Afrika materigi dastlab qanday nom bilan atalgan?

A) Afarik      B) Liviya    C) Afrika      D) Janubiy yer

7. Zambezi daryosidagi sharsharaga Viktoriya nomini bergan sayyoh kim?

A) V.Diash   B) D.Livingston   C) Vasko-da-Gama   D) G.M.Stenli

8. Afrikaning sharqiy chekka nuqtasi Ras-Xafun burni qaysi yarim orolda joylashgan?

A) Kamchatka y.o     B) Arabiston y.o       C) Somali y.o        D) Florida y.o

9. Afrikadagi Shari daryosi qaysi ko`lga quyiladi?

A) Viktoriya          B) Chad      C) Tanganika         D) Nyasa

10. 3150 azimut burchak ufqning qaysi tomonini ko’rsatadi?

A) Sharq    B) G’arb    C) Janubi-sharq     D) Shimoli-g`arb

11. Yer osti suvlari gidrosferaning necha %ini tashkil etadi?

A) 1,7 %     B) 1,8%     C) 1,9 %        D) 2%

12.Yer yuzidagi xohlagan nuqtani nima yordamida topish mumkin.

A) Meridianlar  B) Parallellar  C) Daraja to’ri  D) Bosh meridian

13.Tinch okeaniga tegishli dengizlarni ajrating.

  1. Egey 2. Bering  3. Oxota   4. Yava 5.Janubiy Xitoy

A) 1,2,3,4,  B) 2,3,4,5  C) 5,4,1,2    D) 1,2,4,5

14. Afrika bug’uchasi qaysi tabiat zonasiga xos hayvon hisoblanadi?

A) Savnnalariga  B) Ekvatotial o’rmonlarga  C) Siyrak o’rmonlariga  D) Chalacho’llarga

15. Afrikaning Janubi - g`arbida joylashgan cho`lni belgilang.

A) Namib             B) Kalaxari    C) Sahroi Kabir        D) Tar

16. Tibesti, Darfur, Axaggar qoldiq tog’lar qaysi cho’lda joylashgan?

A) Kalaxari    B) Namib      C) Liviya            D) Sahroi Kabir

17. Havo harorati +200C bo’lganda 1m3 havoda 8,5 g suv bo’lsa havoning namligi necha % ga teng?

A) 30%   B) 50%   C) 60%   D) 100%

18. Havoning kunlik o’rtacha haroratini quyidagi ma’lumotlar yordamida aniqlang.

   40C ; -2oC; 80C;  60C;

 A) 30C   B) 40C     C) 4,50C    D) 50C

19. Shimoliy Muz okeanida navigatsiya davri necha oy davom etadi?

20. Kemadagi asbobdan yuborilgan qisqa tovish 7 sekundda suv tagiga yetdi. Suv chuqurligi qancha?

21. Dunyo okeani atamasini fanga qachon, qaysi olim kiritgan?

22. Agar havo o’zida mavjud bo’lgan suv bug’idan ortiqcha namni sig’dira olmasa,u………………………deyiladi.

23. Barometr,reyka, fluger bular qanday asboblar qanday vazifalarni bajaradi?

24.Dunyodagi eng baland sharshara qaysi materik va daryoda joylashgan?

25.Tog’ning etagida havoning bosimi 750mm, cho’qqisida 400 mm ga teng bo’lsa, tog’ning nisbiy baland
ligini aniqlang ?
 

 Informatika fanidan 8-sinflar  uchun test savollari

1. Windows ish stoli … iborat.

A)Pusk tugmasi, Masalalar paneli    B)Mening kompyuterim, mening hujjatlarim

C)Savatcha, Fayl belgisi, yorliqlar    D)Barcha javoblar.

2. Windows operatsion tizimining dastlabki versiyasi qachon ishlab chiqarilgan?

A)1995    B)1998       С)1999            D)1997

3. Dastlabki elektron jadvalning nomi:

A) SuperCalc  B) Multiplan  C) VisiCalc  D) Excel           

4. Quyidagi shakl diagramma turlaridan qaisi biriga tegishli?

 

A) gistogramma  B) doiraviy  C) ustunli  D)chiziqli  

5. Qaysi qatorda elektron jadval katagi to‘g‘ri belgilangan?

A) D23           B) 12E           C) D,23   D) 12,E     

6. Elektron jadvalda B4:E12 kataklar bloki nechta katakni o‘z ichiga oladi?

A) 35   B) 36   C) 4    D) 27  

7. Elektron jadvalda sonning kvadrat ildizini hisoblash uchun qaysi funksiyadan foydalaniladi?

A) SIN               B) MIN        C) SUM     D)SQRT

8.Elektron jadvalda sonning modulini hisoblash uchun qaysi funksiyadan foydalaniladi?

A) SIN            B) MIN   C) SUM     D) ABS        

9. Microsoft Excel dasturida yaratilgan hujjatlar qanday nomlanadi?

A)“Презентация”   B) “Книга”    C) Документ”   D) “Лист”  

10.Microsoft Excel dasturida yangi hujjat yaratilsa, unga qanday nom biriktiriladi?

A)“Книга 1”    B) “Документ 1”   C)“Презентация 1”   D) “Слайды 1”

11. Microsoft Excel dasturida quyida keltirilgan funksiyalarning qaysi biri mantiqiy hisoblanadi?

A) СУММ     B) МАХ      C)СРЗНАЧ       D)ЕСЛИ

12.Excel dasturi qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan?

A) IBM        B)Microsoft     C) AUzbeksoft       D) Apple

13. Agar A2=”Bolalar”, B2=”tayyor”, E2=”devor” bo`lsa, qyuidagi:

  =СЦЕПИТЬ(ЛЕВСИМВ(А2;3);ЗАМЕНИТЬ(В2;4;3;ПРАВСИМВ(ЛЕВСИМВ(Е2;3);2))) funksiya natijasini aniqlang.

A)Bolyor     B)Boltayor      C)Bolday      D)Boltayev

14.Excelda A1=10, B3=5 bo`lsa, EE5 katakchasidagi “=СУММ(5*А1;В3*А1;9;15)” natijasi nacha?

A)100          B)120        C)124        D)102   

15. Excelda A1=5, B3=4 bo`lsa, C1 katakchadagi  “=МАКС(4*А1; В3*А1; 9;14)” natijasi necha?

A) 14          B)9         C)14          D)20

16. Excelda A1=2, B3=5  bo`lsa, “=СТЕПЕНЬ(А1;В3)” ning javobi nechaga teng?

A) 32        B)10        C)25      D)16

17. Excelda (A1;B3;A7;B4) blokda nechta katakcha bor?

A)4         B)14        C)12      D)36

18. Fayl nima?

19.Excel elektron jadvalining kengaytmasi?

20. Qanday mantiqiy funksiyalarni bilasiz?

21. MS Excelda ma’lumotlarni saralash qaysi menyuda joylashgan?

22.Elektron jadvalda ustunlar qanday belgilanadi?

23. Elektron jadvalda satr tartib raqami oldiga qo`yiladigan “$” belgisi nimani anglatadi?

24. MS Excel elektron jadvalida ko`pi bilan nechta varaq joylashtirish mumkin?

25. Diagramma qaysi menyu orqali hosil qilinadi?

7-SINF   Biologiya       1-chorak        I variant 

1. O`zbekistonda birinchi marta hayvonlar ekologiyasini o`rganishni boshlab bergan olimni aniqlang?

A. S.N. Kashkarov  B. T.S.Zoxidov  S. L.M. Isaev  D. A.T. To`laganov

2. Qaysi olimlarning tadqiqotlari Markaziy Osiyoda rishta, bezak paraziti va leyshmaniya kabi parazit yashovchi hayvonlarning butunlay tugatilishiga asos bo`ladi?

A. S.N.Kashkarov, T.Z.Zoxibod  B. L.M. Isaev, P.F.Borovskiy

S. S.N.Alimuhammedov, R.O.Olimjonov  D. L.M. Isaev, S.N.Kashkarov

3. Qoramollarning nasl boshi qaysi hayvon?

A. Evropa turi  B. Stellerov sigiri   S. Tarpan  D. Prjevalskiy oti

4.Suyak, tog`ay, qon qaysi to`qima xiliga kiradi?

A. Biriktiruvchi to`qima  B. Muskul to`qima  S. Nerv to`qima  D.Epiteliy to`qima

5. Ichak devorining ichki yuzasi qaysi to`qima bilan qoplangan?

A. Biriktiruvchi to`qima  B. Muskul to`qima  S. Nerv to`qima  D. Epiteliy to`qima

6. Qaysi sodda hayvon o`z shaklini doimo o`zgartirib turadi?

A. Amyoba  B. Evglena  S. Volvoks  D. Leyshmaniya

7. Amyoba qaysi qismi yordamida oziqlanadi?

A. Butun tana sathi yordamida  B. Og`iz bo`shlig’i yordamida

S. Soxta oyoqlar yordamida     D. Hazm shirasi yordamida

8. Amyoba qanday sharoitda soxta oyoqlarini tortib olib sharsimon shaklga kiradi?

A. Nafas olganda   B. Oziqlanganda  S. Harakatlanganda  D. Suvga osh tuzi solinganda

9. Evglena sista hosil qilganda qaysi qismi tushib ketadi?

A. Qobig`i   B. Vakuolasi  S. Xivchini  D.Yadrosi

10. Evglenaning yorug`likni sezadigan ko`zchasi qanday rangda bo`ladi?

A. Rangsiz  B. Oq  S. Sariq  D. Qizil

11. Otiluvchi tanachalari bo`ladigan sodda hayvonlarni toping?

12. Sodda hayvonlardan qaysi sinf vakillari faqat parazitlik bilan hayot kechiradilar?

13. Qaysi hayvon «o`mbaloq oshib» va «odimlab» harakatlanadi?

14. Hazm bo`lmagan ozuqa gidraning qaysi qismi orqali chiqariladi?

15. Qadimgi koloniya bo`lib yashovch xivchinlardan dastlab qaysi hayvonlar?

                                                            7-sinf   Biologiya  1-chorak        II variant 

1. Qadimgi koloniya bo`lib yashovch xivchinlardan dastlab qaysi hayvonlar paydo bo`lgan?

A. Gidrasimonlar  B. Meduzalar  S. Korall poliblar  D. Korall poliblar koloniyasi

2. Hazm bo`lmagan ozuqa gidraning qaysi qismi orqali chiqariladi?

A. Anal teshigi  B. Kloaka  S. Chiqarish teshiklari D. Maxsus teshikcha

3. Qaysi hayvon «o`mbaloq oshib» va «odimlab» harakatlanadi?

A. Gidra  B. Polib  S. Aktiniya  D. Volvoks

4. Sodda hayvonlardan qaysi sinf vakillari faqat parazitlik bilan hayot kechiradilar?

A. Infuzoriyalar  B. Xivchinlar  S. Sporolilar  D. Soxta oyoqlilar

5. Otiluvchi tanachalari bo`ladigan sodda hayvonlarni toping?

A. Triponasoma    B. Leyshmaniya    S. Tufelka     D. Bezgak paraziti

6. Evglenaning yorug`likni sezadigan ko`zchasi qanday rangda bo`ladi?

A. Rangsiz     B. Oq     S. Sariq    D. Qizil

7. Evglena sista hosil qilganda qaysi qismi tushib ketadi?

A. Qobig`I     B. Vakuolasi    S. Xivchini    D.Yadrosi

8. Amyoba qanday sharoitda soxta oyoqlarini tortib olib sharsimon shaklga kiradi?

A. Nafas olganda   B. Oziqlanganda   S. Harakatlanganda  D. Suvga osh tuzi solinganda

9. Amyoba qaysi qismi yordamida oziqlanadi?

A. Butun tana sathi yordamida   B. Og`iz bo`shlig’i yordamida

S. Soxta oyoqlar yordamida     D. Hazm shirasi yordamida

10. Qaysi sodda hayvon o`z shaklini doimo o`zgartirib turadi?

A. Amyoba  B. Evglena  S. Volvoks  D. Leyshmaniya

11. Ichak devorining ichki yuzasi qaysi to`qima bilan qoplangan?

12.Suyak, tog`ay, qon qaysi to`qima xiliga kiradi?

13. Qoramollarning nasl boshi qays hayvon?

14. Qaysi olimlarning tadqiqotlari Markaziy Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi parazit yashovchi hayvonlarning butunlay tugatilishiga asos bo`ladi?

15. O`zbekistonda birinchi marta hayvonlar ekologiyasini o`rganishni boshlab bergan olimni aniqlang?

6-sinf ona tili IV chorak I variant

1. Orttirma daraja shaklidagi sifatlarni aniqlang

  1. Yumshoqqina, och yashil, to’q ko’k
  2. Yam-yashil, chiroyliroq, nim pushti
  3. Tim qora, qip-qizil, oqish
  4. But-butun, tim qora, g’irt yolg’on

2. Dona son ishtirok etgan gapni aniqlang

  1. Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi
  2. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi
  3. Shahrimizda o’nlab teatrlar bor
  4. Ikkimiz ham pastga tushdik

3. Sen uning gapidan nimani anglading? Gapida olmoshlar qaysi kelishik shakllarida kelgan?

  1. Bosh, qaratqich, o’rin-payt kelishigi
  2. Bosh, qaratqich, tushum kelishigi
  3. Bosh, qaratqich, chiqish kelishigi
  4. Bosh, qaratqich, jo’nalish kelishigi

4. Fe’lning qaysi vazifa shakli zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi?

  1. Harakat nomi                      B. Ravishdosh

C. Sifatdosh                          D. ravishdosh va sifatdosh

5. Qaysi qatordagi so’zlar faqat sifat so’zlardan iborat?

  1. Yong’in, toshqin, tuzdon, guldon
  2. Uchqun, to’lqin, bilimdon, qalamdon
  3. So’lg’in, turg’un, suvdon
  4. Yorqin, ozg’in, gapdon, qadrdon

6. O’timli fe’llar qaysi javobda berilgan?

  1. Ko’rsatmoq, jiringlamoq, ko’rmoq        B. Quvontirmoq, yozmoq, almashmoq

C. Ichmoq, tanishmoq, yurmoq             D. O’qimoq, qaramoq, uxlamoq

7. Qaysi gapda qo’shma ravish bor?

  1. Shu kuni Ra’no Anvarni ko’rmadi
  2. Avaz bugun tog’dan mamnun bo’lib qaytdi
  3. Ko’chada tasodifan Komilani uchratib qoldi
  4. Saida juda kamgap qiz edi

8. Quyudagi gapda bir so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Qonun oldida hamma bir.

  1. Miqdor                          B. Noaniqlik

C. Marta                           D. Teng

9. Sinonim sifatlarni toping

  1. Cheksiz, behad, benihoya            B. Sekin, asta, astoydil

C. Chopqir, chopag’on, metin          D. Sezgir, ziyrak, bamaylixotir

10. Qaysi qatordagi sonlarga jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimcha qo’shilsa o’zakda o’zgarish ro’y beradi?

  1. To’rt, besh                       B. Olti, uch

C. Ikki, yeti                        D.  Sakkiz, o’n

11. Sodda otlar berilgan qatorni toping.

A. paxta, sevinch, oltingugurt           B. gulzor, ota-ona, soat

 C.oltin, qog’oz, daraxt                 D. qo’lqop, g’alla, qalam

12. 1. xalq 2. sinf 3. kitob 4. gilam 5. xayol 6. korxona 7. jamiyat

 Berilgan so’zlarning qaysilari jamlovchi ot hisoblanadi?

   A. 1,2,7       B. 1,2,6,7       C. 1,3,7          D. 2,4,6,7

13. Hidni bildiruvchi sifat ishtirok etgan gapni toping.

A. Karim bozorda bir bodringni tishlab “achchiq” desa, boshqasini yeb “shirin” derdi.

B. Ifor taraladi guldan muattar  

C. Bu qanday non o’zi, juda ham xushta’m

D. B va C javoblar to’g’ri

 

14. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so’zi bilan ifodalangan joy nomlari qay tariqa yoziladi?

A. chiziqcha bilan yoziladi           B. atratib va qo’shib yoziladi

C. ajratib yoziladi                   D. qo’shib yoziladi

15. Rivojlanmoq, zavqlanmoq, ajablanmoq fe’llari qaysi nisbatda ekanligini aniqlang

  1. Orttirma nisbat                  B. Aniq nisbat

C.Majhul nisbat                   D. O’zlik nisbat

16. Olmoshning ma’no turlarini yozing

17. Sifat darajalari necha xil

18. Hisob so’zlarga misol yozing.

19. Ravish deb nimaga aytiladi?

20. Qo’shma sifatga misol keltiring

 

 

6-sinf Ona tili IV chorak II variant

1. Jamlovchi son ishtirok etgan gapni toping?

A. Majlisga yuzlab odam yig’ildi

B. Qishga tonnalab ko’mirlarni hozirladik

C. Beshtacha mashina hokimiyat binosi oldida to’xtadi.

D. Uchala qiz chiqdi ariq bo’yiga 

2. Sonning qaysi turlari -lar ko’plik qo’shimchasini qabul qilmaydi?

A. kasr, chama va taqsim sonlar

B. taqsim va chama sonlar

C. tartib va sanoq sonlar

D. sanoq, taqsim, jamlovchi sonlar

3. Quyidagi qaysi gaplarda nuqtalar o’rniga dona sonni qo’llash mumkin?

A. Biz shahardan ….. chaqirim narida turamiz

B. Bahorning …..oyini yaxshi ko’raman

C. Maktabga Rahim, Salim va men-……birga qatnardik

D. Shaharda ….. doktorxona bor edi.

4. Ravishlarning yasalishiga ko’ra turlari to’g’ri berilgan qatorni toping?

A. sodda, juft va takroriy             B. tub va yasama

C. qo’shma va murakkab             D. sodda, qo’shma

5. -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo’shimchalari qaysi so’z turkumlariga qo’shilib ravish yasaydi?

A. son, sifatga       B. ot, sifatga        C. otga         D. sifatga

6. Maqsad-sabab ravishlari qaysi qatorda berilgan?

A. atayin, noiloj, qasddan              B. olg’a, ichkari, tashqari

C. hanuz, doimo, endi                 D. astoydil, to’satdan, atay

7. Payt ravishi ishtirok etgan gapni toping?

A. Cholning yoniga kelib salom berdim.

B. Rais meni nari ketishimni xohlardi

C. Umida ertaga ertalab keladi

D. Mehmonning oldiga dasturxon yozdik.

8. Xususiyatni ifodalovchi sifat qatnashgan gapni toping.

A. Nilufar ostonada g’amgin o’tirardi.    B. Boshlig’imiz qaysar odam.

C. Issiq havo odamni lanj qiladi-da.      D. Oyim xushxabarni eshitib xursand bo’ldi

 9. Qaysi qatorda sifatning orttirma darajalari fonetik usulda yasalgan?

A. eng chiroyli, yam-yashil           B. g’oyat shirin, qizilroq

C. oz-moz, oppoq                   D. to’ppa-to’g’ri, bus-butun

 10. Ravishdan sifat yasalgan so’zlar qatorini belgilang.

A. hammabop, shartaki              B. zaruriy, kerakli  

C. avvalgi, keyingi                  D. ulug’vor, noqonuniy

 11. Xoslik belgisini bildiruvchi sifat yasovchi qo’shimchani aniqlang.

A. -gi (ki)       B. -simon       C. -mand        D.-iy

 12. Qaysi qatorda qo’shma sifat berilmagan?

A. ko’ksulton      B. ertapishar       C. hozirjavob        D. tezyurar

 13. Qaysi qatorda sifat+sifat shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan.

A. xomsemiz, olachipor            B. qorako’z, kamqon

C. hozirjavob, sariqiblis            D. osmono’par, umumjahon

 14. Fe’lning qaysi vazifa shakli zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi?

  1. Harakat nomi
  2. Ravishdosh
  3. sifatdosh
  4. ravishdosh va sifatdosh

15. Quyidagi qaysi juft sifatlarlarning 2-qismi mustaqil qo’llanila oladi?

A) yengil-yelpi, g’adir-budir      B) yakkam-dukkam, eski-tuski

C) yakka-yagona, qing’ir-qiyshiq  D) mayda-chuyda, qora-qura
16. Belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar qanday sifatlar sanaladi?

17. Holat fe’llariga misol keltiring

18. Ravishning ma’no turlari qaysilar?

19. Fe’l zamonlari necha xil?

20. Kishilik olmoshlariga kelishik qo’shimchalari qo’shilganda qanday o’zgarish ro’y beradi?