O‘quvchilar uchun >> Bolajonlar quvonchi

      Mana nihoyat farzandlarimiz o’quv yilini yakunlab, yozgi ta’tilga ham chiqib olishdi. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni yozgi dam olish oromgohlariga jalb etish bilan birga, ularni shahardagi va maktabdagi turli sport  to’garaklariga jalb etganmiz. O’quvchilar o’z qiziqishlari  bo’yicha ham to’garaklarga qatnashib, maktabda o’tkazilayotgan turli ko’rik-tanlovlarda o’z mahoratlarini namoyish etishmoqda.

     “Sog’lom ona va bola yili” Davlat Dasturi doirasida Zarafshon shahar XTMFMTTEB ga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabimizning  1-sinf o’quvchilari o’rtasida   “Sog’lom bola- yurt kelajagi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.  O’quvchilar o’rtasida she’rxonlik, rasm chizish, harakatli o’yinlar, aytim-olqishlar, qo’shiq aytish bo’yicha qobiliyatlarini sinash maqsadida bellashuvlar tashkil etildi.  Jajji o’quvchilar uchun zavqli va qiziqarli tarzda tashkil etilgan ushbu tadbir so’ngida o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan “Havaskor rassom”, “Jozibali raqs”, “Iqtidorli sherxon”  kabi turli  turli  nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.

   Yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o’tkazishda bu kabi tadbirlarning o’rni bo’lakcha, albatta.
  

boshlang’ich sinf o’qituvchisi Qurbonova Sh. A.

.