O‘quvchilar uchun >> She‘riyat gulshani

 

Sultonova Zarina 2000-yil 11-sentabrda  Zarafshon shahri-da  tug’ilgan. 2007-yildan buyon    2-sonli  maktabda  o’qiydi Sultonova Zarinanina “Fasllar ko’rki”,  “Oila”,  “Bizga madadkor” nomli she’rlari “Tong yulduzi”, “Ziyokor sadosi”, “Navoiy yoshlari” gazetalarida chop etilgan. U maktabda  o’tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” fan  musobaqasida  ona  tili va  adabiyot fanidan  faxrli  1-o’rinni egallagan.. Sultonova  Zarina “Yosh  ijodkorlar” to’garagi a’zosi.

 

ZULFIYAXON QIZLARI

Shoirlarning shoirasi,

To’marisning jasur qizi.

Pazandalik jon-u dili,

Zulfiyaxon qizlari.

She’rlarida bahor tafti,

Ufuradi chor tarafga.

Ko’zlarida mehr balqar,

Zulfiyaxon qizlari.

Har sohada ilg’or ular,

Yuzlaridan nur yog’ilar.

Yosh-qariga birdek yoqar,

Zulfiyaxon qizlari.

Bu qizlar go’zal qizlar,

Ba misoli nur qizlar.

Chiroyda tanho qizlar,

Zulfiyaxon qizlari.

 

TINCHLIK

Temur bobom orzu qilgan tinchligim,

Ulug’beklar  orzu qilgan tinchligim.

Bizga nasib etdi ey  yurtdoshlarim,

Qadriga yetaver tinchlikni  do’stim.

 

Yigirma  bir yilki  baxtli har bir tong,

Har jonzot  uyg’onar yashash baxtli deb

Mustaqillik berdi bizga huquqni,         

Berdi  bizga  shonli  zafar  yo’llarin.

    MUSTAHKAM OILA

 

Mustahkam  qo’rg’ondir har bir oila,

Unda o’sar  aqlli  gullolalar.

Ota-ona  ildizidir ularning,

Mevali  daraxt  misoli oila.

Oiladan boshlanar asli hayot,

Unda aka-uka, singillar inoq.

Buvam, buvim, ota-onam  tayanchi,

Ota-onam mening  dadil suyanchim.

     GULGA EHTIROM

 

Olam gul bilan go’zal,

Gul – bahorning elchisi

Bolari qo’nar unga,

Qo’lida savatchasi.

 

Atirgul, lola, nargiz,

Go’zal qizlar qiyosi.

Tag’in gulga belangan

Egnidagi libosi

AYOL

Buyuklarning onasisan,

Sen beg’ubor, yorqin hayol.

Qalbimdagi sajdagohim,

Dunyoning jamoli – ayol.

 

Sen iboning malikasi,

Ko’zlaring ko’rmasin zavol,

Xonadonlar farishtasi

Oymoma misoli ayol.

 

MISLI JANNAT

Qor suvidek musaffo

Qishlog’imning havosi,

Dillarni yayratadi

Qushlarning sho’x navosi.

Qishlog’imdan boshlanar,

Eng go’zal, shirin hayot

Havosi dilga malham

Qatrasi obi – hayot.

Tinmay bog’lar yaratar

Mehnatkash insonlari

To’kin – sochinlik bilan

O’tadi har onlari.

Tabiatning ishini

Ko’rib deyman : Zo’r san’at

Har uyda to’kinchilik,

Qishlog’im misli jannat!

XOTIRA

 

Xotira-xotira aziz xotira,

Bobolardan meros, boylik xotira.

Urushning qonli zaxmatin ko’rgan,

Buyuk ajdodlardan  meros xotira.

Xotira-xotira faxr xotira,

Urushning so’nggi qoni xotira.

Tinchlik uchun elim deb, kurashga chiqqan,

Buyuk bobolarning shoni xotira.     

 

SO’NGGI QO’NG’IROQ

Jaranglaydi so’nggi qo’ng’iroq,

O’quvchilar ta’tilga shoshar.

Bitiruvchi akam va opam,

Orzular ila tashlaydi qadam.

Jaranglaydi so’nggi qong’iroq,

Jranglatib yosh-yosh qalblarni.

Bitiruvchi farzandlar nomi,

Muallimlar yodida doim.

 

      FASLLAR KO’RKI

 

Fasllar ko’rki bahor,

Unar lola, maysalar.

Ariqlarda yalpizlar,

Yuzlarini chaysalar.

Fasllar ko’rki yozdir,

Mevasi totli sozdir.

Anhorlarda baliqdek,

Qancha suzsak ham ozdir.

Fasllar ko’rki kuzdir,

Dehqon bobo dalada.

Bizda ham ishlar yuzdir,

Hosil yig’ar pallada.

Fasllar ko’rki qishdir,

Ko’kdan yog’ar muzqaymoq.

Qorbo’ron zap zo’r ishdir,

Og’rib qolmasa tomoq.

 OLTIN FASL

 

Daraxtlar uyqusirab,

Xazonlarin to’kadi.

Yomg’irdan so’ng ko’lmakka,

Hayollarim cho’kadi.

Oltin rangga  bo’yangan,

Xiyobonlar, yo’laklar.

Tilladay tovlanadi,

Yuragimda tilaklar.

Quyosh zaif nurlarin

Ayab-ayab sochadi.

Qavjiragan maysani

To’zon yulib qochadi.

Tanish ohanglar yangrar,

Turnalar qo’shig’ida

Pishiqchilik avjida

Oltin kuz eshigida

 

BUYUK BOBOLAR

Qancha buyuk bobolar o’tgan,

Shonli zafar yo’llarin bosib.

Ma’rifatning qo’rg’onlariga,

Bo’lsam edi men ham munosib.

Shoh, sarkarda, fozil-u shoir,

Sohibqiron bobolarim bor.

Ular ruhi yulduzday yonib,

Bo’lar ko’kdan bizga madadkor.

Jasoratning timsoli ular,

Vatanga chin sodiq, vafodor.

Dovrug’lari olamga yetgan

Mening buyuk bobolarim bor.

Keng olamni etdi charag’on,

Jaholatning yo’llarin to’sib.

Shunday buyuk, bobolarimga

Bo’lgaydirman men ham munosib

 MUALLIM

 

Qiyosi yo’q edi ta’rif etmoqqa

Ko’zlari ma’noli, so’zi muloyim.

Butun mehrim berib, tinglar edim jim,

Xonaga kirganda tarix muallim.

Beshinchi “B” sinf o’quvchilari

Ustozning gapiga kiruvchi bari,

Geradot tarixin so’zlagan sari

Ilhomlanar edi tarix muallim

“Sizlar mustaqil yurt mevalarisiz

Ozod, hur Vatan erkalarisiz”

Deya takrorlar tarix muallim.

Sha’niga aytmoqqa yetmas so’zlarim,

Ta’rif-u tavsifi jahonga ma’lum.

“Bu yurtda yashash baxt”, deb berib ta’lim

Darsni yakunlardi tarix muallim

BOYCHECHAK

 

Boychechak hoy boychechak

Go’yo ochilding chechak

Bahordan berib darak

Qani tezroq yoy chechak

Sen ochilgach kelar bahor

Yo’lboshchi qani tezroq

Gul chanbarga aylangin sen

Qizlar tahsin gulbargak

 

BAXT

Baxt bu menimcha,

Intilmoq demak

Lekin yetib ham

Tinchimas kerak.

Yana nimadir

Yetishmas hamon

Baxtimiz quvib

Yashaylik har on.


NAVOIYNING IZDOSHLARI


Tushlarimda Mir Alisher qo’lin  oldim

Kechalari vatan dardin she’rga soldim

Ilm izlab o’z elimda kuyga soldim

O’qing a’lo Navoiyning izdoshlari.

Bo’ling dono Navoiyning izdoshlari

Go’zallarin birin-ketin yod oldim

She’rlarimdan Navoiydan qiyos oldim

Bilim istab o’z elimda kuyga soldim

O’qing a’lo  Navoiyning izdoshlari

Bo’ling dono Navoiyning izdoshlari.

QANOT BER YOSHLIK

Yoshlik, yoshlik qanoat ber menga

Yulduzlarga uchib borayin

Yoshlik, yoshlik madad ber menga

Shonu shavkat quchib borayin.

Yon verimni aylab chamanzor,

Gul-lolalar undiray cho’lda

Mayli ko’kda hayol sursin oy

Men quyoshni qo’ndiray qo’lga.

Sochlarimni o’rib qirq kokil,

Gulbahorga o’ynab berayin

Dilginamda ajib his hokim

Sof ko’nglimdan so’zlab berayin

 Ota-ona mehrichalik sir-sinoat qayda bor

 Do’stim , senga andak aytar so’zim bor,

Tinglab, ma’nosiga bergil e’tibor.

Otang goho senga bersa ham ozor,

Otangning dilini og’ritma zinhor.

 Bilsang, yo’qdan seni bor qilgan otang,

 Baxt-u iqbolingga yor qilgan otang.

 Sen uchun o’zini xor qilgan otang.

 Otangning dilini og’ritma zinhor.

Otang amrin bilgin amri Xudo deb,

Qabul et har so’zin ayni duo deb.

Odob-u axloqu sharmi hayo deb,

Otangning dilini og’ritma zinhor

 Umid-la yaxshi ot qo’ygandir senga

 O’zi yemay-ichmay yedirgan senga

 Zar do’ppi, zarbof to’n kiydirgan senga,

 Otangning dilini og’ritma zinhor.

Otang boshing uzra soyayi davlat,

Ham tog’day tayanching, ham ko’rki savlat.

Yuragingga qo’ru belingga quvvat,

Otangning dilini og’ritma zinhor.

 Qarib, kuch – quvvatdan qolgan u bugun,

 Endi yelkasidan ol og’ir yukin .

 Iymon-u ishonching bor bo’lsa butun ,

 Otangning dilini og’ritma zinhor

Otang nomin qancha ulug’lasang oz,

Chunki u beqiyos murabbiy-ustoz.

Ishlarim doimo bo’lsin desang soz,

Otangning dilini og’ritma zinhor..

 

Ota – ona haqida

Ota- ona bor bo’lsin , har qanday farzand boshiga,

Unga olloh yor bo’lsin ,har qanday farzand boshiga.

Metindek yurak bersin, sabr ila bardosh ham,

Kam qilmagin hech kimdan,bitta olloh qoshida.

      Onajoning oy bilgin, otangni quyosh deb bil,

      Har ishingda madadkor,suyangan tog’ing deb bil.

      Charchaganda darmoning, dilingdagi sirdoshing,

      Bog’ingdagi bo’g’boning, yurtimda posbon deb bil.            

 Farzandni  deb yeladi-yuguradi, o’y qiladi,

 Farzandini o’qitadi, uqitadi, o’stiradi.

Yaxshigina xatmi –qur’on to’y  beradi,

Farzandidan baxt-saodatni kutadi.          

      Farzand bilarmi ota-ona qadrini,

     Qaydan aytsin ,u bechora dardini.

     Armon qilib olib ketmas barini,

     Sizga ta’zim, faqat ota - onajon.

Ona tili  va adabiyot  fani : Fozilova .M  

        Она тилим

Она тилим ўзбеклигим нишонаси,

Жахон ичра суюклигим, бирдонаси,

Буюк Навоий бобомнинг афсонаси.

Устоз Лутфий, Жомийларнинг афсонаси.

Тилим борки, дунёда бахтлиси ўзим,

Амир Темур бобомлардек аҳдлиси ўзим.

Она тилим, жону дилим ой каби юзим,

Навоийдек айтган дур гавҳар сўзим.

Тил бу ўзи одамзотнинг қалб-у дили,

Ҳар кимга ҳам суюклидир давлат тили.

Ўзбек халқин тили мерос бўлиб тили қолгай,

Ўзбек тили Турон бўйлаб довруқ солгай.

Ўткирқулов Бехруз

2-умумий ўрта таълим мактаби

8-“д” синф ўқувчиси

 

Вaтaн

Менинг орзуимда Ватан мужассам,

Ватан хаёлимда учмас бир туйху,

Дунёда бунданда ортик жой борму?

Унданда гузалрок макон хам борму?

 

          Хаттоки бобомлар Ватан деб улган,

         Широк унинг учун жонини берган,

          Тумарис халкини химоя килган,

         Жалолиддин еса ёвларни кувган.

 

Шундай дахоларни яратдинг халким,  

Узингсан халкларнинг ичида буюк,

Таъзим айлагайман кошингда доим,

Сен учун доимо егаман бошим.

 

                                                                        8 "Д"   синф ўқувчиси Ахтамова Нигора

 

 

                                        Ustozimga o`xshagim kelar…

Barchamizga birdek mehri bor,

So`zlarida guldek sehri bor.

Qalbimizda shirin orzular,

Doim bo`lsin sizga tilaklar,

Ustozimga o`xshagim kelar.

Dars o`tsalar bizlar havasda,

O`qiydilar shirin bir so`zda.

Ertak aytib bersalar bizga,

Tinglardik biz miriqib doim.

Ustozimga o`xshagim kelar.

 

                                              Buvijonim

Maktabdan kelganimda,

Besh baho olganimda.

 Buvijonim derdilar:

Kitobni sevgin bolam.

Odob-axloqli bo`lgin,

Mehnatni juda sevgin.

Duo qiling buvijon,

Men shoira bo`layin.

Siz qilgan duolarni,

Doim oqlab yurayin.

Siz sevgan nabirangiz,

Maftunaxon bo`layin.

 

                                        Onalar

Orzuim shul onalar,

Baxtimizga sog`  bo`lsin.

Dunyo turguncha turib,

Xonadoni shod bo`lsin.

Farzandlari parvona,

Qilib yursin xizmatin.

Kulib tursin yuzlari,

Namlanmasin ko`zlari.

 

                               Yangi yil

Yangi yil kirib keldi,

Oq libos kiyib keldi.

Archalar biram ko`rkam,

Qarang hamma shod-xurram.

Atrof to`la bolalar,

Mazza qilib o`ynaydi.

Chana, konki uchishib,

Birgalashib quvnaydi.

Archamizni bezatib,

Zavqqa to`lib ketamiz.

Qorbobo-yu, qorqizni,

Uyga taklif etamiz.


     Jannat onalar oyog’i ostidadir

 

Farzand uchun jon fido aylagan Ona

Ko’ksida liq to’la g’am- alam bilan.

Necha-necha tunlar uxlamay bedor

Farzand uchun bor umrin bag’ishlar Ona.

 

Yuzida tabassum bag’ri g’am chekar,

Bizga baxt-u iqbol, oq yo’lni tilar.

Duoga qo’l ochib boshimiz silar

Ona tabarrukdir, ona mo’tabar.

 

Onalar hamisha farzandin o’ylar

Shodumon yursin deb, baxtli bo’lsin deb.

Farandining baxti uning quvonchi

Dilbandlari doim uning ishonchi

 

Ona buyuk zotdir, ona bittadir.

Ona nigohida yashar muhabbat

Bu dunyo ichida uningdek inson

Topilmaydi hargiz munis mehribon.

 

Bir parcha go’sht edik go’dak vaqtimiz

Onamizning baxti bo’ldi taxtimiz

Kechalari bedor beshikni quchib

Katta qildi bizni emay edirib.

 

Onalarni har on shodumon aylang

Onalarni har on yod aylang.

Munis mehribonni asramoq farzdir

Onalar oldida farzandlar qarzdir.

 

Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabining

7-“B” sinf o’quvchisi Bomurotova Nilufar

                                                            3-“D”sinf o`quvchisi

Shuhratova Maftuna To`lqin qizi.