O‘quvchilar uchun >> Yoz, o’tadi soz!

   Farzandlar biz kattalarning iftixorimiz va Vatanimiz kelajagining quruvchilaridir. Ular unib-o’sib, Vatanga munosib farzandlar bo’lib yetishishlari uchun beminnat xizmat qilishimiz lozim. Maktab yoshidagi bolalar yaqinda imtihonlarni topshirb, yozgi ta’tilga chiqadilar. O’quvchilarimizning ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o;tkazishlarini ta’minlash ularning ota-onalari, mahalla hamda maktab pedagoglarining vazifasidir. Biz uchun qadrli bo’lgan o’quvchilarimizning yozgi ta’til kunlarida bekor yurmay, kunlarini mazmunli o’tkazishlari uchun maktabning butun jamoasi o’z rejasini tuzdi. Bu rejaga asosan, ta’til davomida maktabda turli fan to’garaklari, sport to’garaklari hamda maktab kutubxonasi o’z faoliyatini davom ettiradi. O’quvchilar maktabga kelib, sportning yengil atletika, shashka, shaxmat, tennis, volleybol, basketbol turlari bilan shug’ullanishlari mumkin. Barcha fanlardan to’garaklar ishlari tashkil qilingan. Fan to’garaklarining ishtirokchilari o’rtasida o’zaro turli musobaqa va tanlovlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan. Turli badiiy adabiyotlar, chet el yozuvchilarining asarlari, qiziqarli kitoblarni o’z ichiga olgan maktab kutubxonasi butun yoz davomida ishlab turadi. Aziz ota-onalar! Farzandingizning yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida maktab bilan doimo aloqada bo’lishlarini ta’minlab bersangiz, ularni zerikish sababli turli nojo’ya harakatlar qilishlarini, ko’ngilsizliklar sodir bo’lishining oldini olgan bo’lamiz. Yurtimiz mavqeini yuksaklarga ko’taruvchi aziz bolajonlar, qadrdon maktabingiz quchog’i doimo sizlar uchun ochiq, marhamat kelinglar, maroqli dam olinglar!!!

     
                                                                                                                   
                                                                                                       Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Z.F.Tosheva