O‘quvchilar uchun >> Yoz o`tmoqda soz

O`lkamizda qaynoq yoz boshlandi. Maktablarda o`qish tugadi. Bolalar sinf xonalaridan tabiat qo`yniga oshiqadi. Yil bo`yi o`qib, bilim olgan bolalar endi tabiat bilan oshno bo`lishadi. Atrof-tabiatni kuzatishadi, kattalar mehnatida ishtirok etishadi. Darsliklarni topshirib, sevimli badiiy adabiyot namunalarini miriqib o`qiydilar. O`qish-o`rganish bir lahza to`xtamaydi.

Zarafshon shahar 2 – maktabning 3 – “G” sinfni muvaffaqiyatli tugatgan o`quvchilar ham yozgi ta`tilni mazmunli o`tkazmoqda. Ular qullarni parvarish qilish, qiziqarli ertak kitoblar o`qish bilan mashg`ul. “Zumrad va qimmat ”, “O`zbek xalq ertaklari” kitobi shular jumlasidandir.
                      

Boshlang`ich sing o`qituvchisi

O`ralova R. I.