Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Boshlang`ich sinf o`quvchilarini mehnatga yo`naltirish mazmuni

   O`quvchilarni mehnatga o`rgatish va kasb tanlashga tayyorlash, mustaqil hayotga yo`llashdagi muhim ishlardan biri maktablarda o`tiladigan mehnat ta`limi darslarining saviyasini oshirishdir.Ularni mehnatga amaliy tayyorlash, kasb – hunarga yo`naltirishni yanada kuchaytirish, zamonaviy ishlab chiqarish asoslari bo`yicha bilim berish mehnat ta`limi darsining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mehnat ta`limi darslarida o`qitishning turli xil ilg`or shakl va usullaridan, axborot kommunikatsion texnologiyalardan oqilona foydalanish zarur. Mehnat darslari o`quvchilarning chuqur va mustahkam iqtisodiy bilimni egallash, ijodiy qobiliyatlarini o`stirish masalalarini hal etadi.

  Mehnat darslarining yana bir muhim xususiyati shundaki, bolalar xilma – xil amaliy ishlarni bajarish, o`zlariga kerakli bo`lgan buyumlarni yasashga o`rganish jarayonida mehnat va iqtisodiy bilim, ko`nikma va malakalarini egallaydilar. Boshlang`ich sinflarda mehnat darslarining olib borilishi o`quvchilarda qo`l mehnatining asosiy bosqichlarini o`rganish va ularni mustahkamlab borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo`l mehnati darslarida , asosan, qog`oz, karton, yumshoq sim, plastilin, plastmasa, tabiiy materiallardan foydalaniladi. Bularning hammasi o`quvchilarga mehnat va kasbning biror turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi.

   O`quvchilar mehnat darsida biror predmetni yasashga kirishishlaridan oldin o`qituvchi bu predmetning kundalik hayot uchun zarurligini, uni qo`llash o`rni va maqsadini, so`ngra yasash usullarini va ish jarayonini atroflicha tushuntirishi kerak bo`ladi. O`qituvchiga qo`yiladigan bu talab mehnat tarbiyasining zaruriy elementi hisoblanadi.

   Xulosa qilib aytganda, mehnat ta`limi jarayonini to`g`ri tashkil etish bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, oldilariga qo`yilgan maqsadga to`la erishish uchun ishga qat`iyat bilan kirishishga, zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallashga, omilkorlikni shakllantirishda katta ahamiyatga egadir. Shu o’rinda prezidentimiz I.A. Karimovning quyidagi so’zlarini eslash joiz deb o’ylayman. “Biz iste`dodli, fidoyi bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb cho`qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak” shunday ekan, har bir pedagog o’z kasbining mahoratli egasi bo’lmog’i lozim.

 Boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Z.F.Tosheva