Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Fan oyliklari

Zarafshon shahar  XTMFMT va TEB tasarrufidagi 2-umumiy  o’rta  ta’lim maktabida 2 sentyabrdan 28 sentyabrgacha “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oyligi” bo’lib o’tdi. Fan oyligida haftalar bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi.

Fan oyligi davomida “Maktab hayoti” devori bezatildi, 7-sinflar o’rtasida “Obod yurt farzandiman” mavzusida gazetalar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 7-V sinf o’quvchilari 1-o’rin, 7-G sinf o’quvchilari 2-o’rin, 7-A sinf o’quvchilari 9-o’rinni  egalladilar. 5-sinflar o’rtasida ham “Yosh  Geograflar-tabiat posbonlari” mavzusida gazetalar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 5-D sinf o’quvchilari 1-o’rin, 5-G sinf o’quvchilari 2-o’rin, 5-A sinf o’quvchilari 3-o’rinni  egalladilar. 5-8 sinflar o’rtasida boshqotirmalar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 8-B sinf o’quvchisi Bobomurodov Sh   1-o’rin, 6-V sinf o’quvchisi Jalolova S  2-o’rinni egalladi.

8-B sinfda L.Qurbonova “O’zbekiston tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarining  milliy iqtisodiyotidagi ahamiyati” mavzusida ochiq dars o’tdi.

8-9 sinflar ishtirokida “Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiy yuksalishi”  mavzusida bukletlar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 9-V sinf o’quvchilari 1-o’rin, 8-G sinf o’quvchilari 2-o’rin, 8-B sinf o’quvchilari 3-o’rinni  egalladilar.

Sh.Mamirovaning 8-G sinfida “Tanlov va uning muqobil qiymati” mavzusida ochiq dars  o’tdi.  O.Pirmatova 9-B sinfda “Jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqadorligi va ta’siri” mavzusida ochiq dars o’tdi. Xuddi shunday, D.Boboqulova 6-V sinfida “Litosfera va Yer relyefi” mavzusida AKT va ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida ochiq dars o’tdi.

6-sinf o’quvchilari ishtirokida “Intellektual ring” bo’lib o’tdi. Bellashuvda 6-V sinf o’quvchisi Jalolova Sadoqat 1-o’rinni egalladi.

7-V sinf o’quvchilari ishtirokida  “Nima? Qachon? Qayerda?” mavzusida bilimlar bellashuvi o’tkazildi. Bellashuvda “Ilg’orlar” komandasi 1-o’rinni egalladi.

8-sinf o’quvchilari ishtirokida “Yosh geograflar bellashadi” mavzusida zakovat bo’lib o’tdi. Zakovatda 8-V sinf o’quvchilari 1-o’rinni egalladi.

Fan oyligi yakuni, fan uslubbirlashmasida muhokama qilindi va hujjatlar umumlashitirildi va fan oyligida faol qatnashgan o’quvchilar taqdirlandi.

 

Zarafshon shahar  XTMFMT va TEB tasarrufidagi 2-umumiy  o’rta  ta’lim maktabida 2  oktabrdan 31 oktabrgacha “Ona tili va adabiyot fani oyligi” bo’lib o’tdi. Fan oyligida haftalar bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi.

Fan oyligiga bag’ishlab “Maktab hayoti” devori o’zbek adabiyoti namoyondalarining rasmlari, ularning til haqidagi fikrlari, hikmatli so’zlar va maqollar, boshqotirmalar bilan bezatildi.

Fan oyligi davomida o’quvchilar o’rtasida turli xil tanlovlar o’tkazildi. 5-sinflar o’rtasida “Ozod va obod diyorim” mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi.  Tanlovda 5-G sinf o’quvchisi A.Aktamov 1-o’rin, 5-G sinf o’quvchisi D.Zaripov 2-o’rinni egalladilar. 6-sinflar o’rtasida “Davlat tili faxrimiz” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 6-V sinfiga 1-o’rin, 6-B sinfiga 2-o’rin, 6-A singa 3-o’rinlar berildi. 7-sinflar o’rtasida “Til – dil kaliti” mavzusida referatlar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 7-B sinf o’quvchisi Z.Sultonova 1-o’rin, 7-A  sinf o’quvchisi  N.Nabiyeva 2-o’rin, 7-A sinf o’quvchisi O.Malikovaga 3-o’rinni egalladilar.

Birinchi hafta mobaynida o’quvsilarning bilim samaradorligini aniqlash maqsadida optimallashtiririlgan o’quv dasturlarida belgilangan mavzular asosida kirish testlari o’tkazildi. Test natijalari tahlil qilinib, murakkab mavzular aniqlandi va o’qituvchilar tomonidan o’qitishning ilhor texnologiyalarini darslarga olib krish to’g’risida aytildi.

Fan oyligining 2-haftasida o’quvchilar o’rtasida ijodiy ishlar tashkil etildi. 8-sinflar o’rtasida “O’zbek tili – vatanim tili” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi bo’lib o’tdi. Bunda 8-B sinf o’quvchisi Bobomurodov Sh   1-o’rin, 8-B sinf o’quvchisi Sirojova M  2-o’rin, 8-V sinf o’quvchisi M.Nurmurodova 3-o’rinni egalladi.

9-sinflar o’rtasida “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston!” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 9-V sinf o’quvchisi M.Ravshanovaning ishlari namunali deb topildi.

Fan oyligining 3-haftasida  fan o’qituvchilari tomonidan “Dars – muqaddas” shiori ostida AKT asosida ochiq darslar tashkil etildi. AKT asosida slaydlar, interfaol usullar, multimedia vositalari va elektron darsliklardan foydalanib ochiq darslar o’tishdi.

“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligiga 24 yil to’lishi munosabati bilan 14-oktyabrda maktabda “Til – millat ko’zgusi” mavzusida viloyat seminar-amaliyoti tashkil etildi.

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi H.Mirzayeva ona tilidan 7-B sinfida “Gumon olmoshlari” mavzusida “Muammo yechimi”, “Aqliy hujum”, “Ha-yo’q” kabi interfaol usullardan foydalanib, ochiq dars o’tdi. Darsda slaydlar, videolavhalardan o’rinli foydalandi.

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sh.To’raboyeva ona tili fanidan 5-D sinfida “Sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplar” mavzusida “Xazinalar sandig’i”,  “Zinama-zina” kabi interfaol usullardan foydalanib, ochiq dars o’tdi. Darsda o’quvchilar bilimi rag’bat kartochkalari asosida baholab borildi.

Fan oyligining oxirgi haftasida o’quvchilardan chiqish testlari olindi. Chiqish testi natijalari oldingi test natijalari bianl qiyoslandi va o’quvchilar bilim samaradorligi ko’rsatkichlarining oshganligi aniqlandi.

Noyabr  - Rus tili fan oyligi.

2014 yil  1 noyabrdan 30 noyabrgacha Zarafshon shahar XTMFMT va TEB tasarrufidagi ta’lim muassasalarida rus tili fan oyligi deb belgilandi. Jumladan, 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida ham  fan oyligiga bag’ishlangan chora-tadbirlar belgilanib, maktab foiyesi bezatildi. Chora-tadbirlar asosida 3-4 sinflar o’rtasida “Men sevgan ertak qahramoni” mavzusida rasmlar tanlovi, 8-9 sinflar o’rtasida “Men sevgan shoir” mavzusida  referatlar tanlovi, 9-sinflar o’rtasida “Men tanlagan kasb”, “Mening sevimli shahrim” mavzularida tanlovlar o’tkazildi.  Shu bilan birga fan o’qituvchilari L.Raximovaning “Shifokor qabulida”, S.Amitjanovaning “Oila a’zolari”, D.Boltayevaning “Shaxs, son” mavzularidagi namunali darslari tashkil etildi.

Fan oyligi yakunida g’olib bo’lgan o’quvchi va o’qituvchilar maktab ma’muriyati tomonidan rag’batlantirildi.

 Zarafshon shahar  XTMFMT va TEB tasarrufidagi 2-umumiy  o’rta  ta’lim maktabida 2  dekabrdan 27-dekbrgachagacha “Miliy g’oya turkumiga kiruvchi fanlar oyligi” bo’lib o’tdi. Fan oyligida haftalar bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi.

Fan oyligida o’quvchilar o’rtasida turli xil tanlovlar o’tkazildi. 5-7 sinflar o’rtasida “Mustaqillik mening tasavvurimda”, “Ma’naviyat – eng ulug’ ne’mat” mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 1-o’rin 7-D sinf o’quvchisi Abduraxmonova O, 2-o’rinni 6-B sinf o’quvchisi D.Ochilovaga berildi.

6-7 sinflar o’rtasida  “Konstitusiya – bosh qomusimiz” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 1-o’rin 6-V sinf o’quvchilari, 2-o’rinni 7-B sinf o’quvchilariga, 3-o’rin 6-A sinf o’quvchilariga berildi.

Fan oyligi davomida, 6-siflar o’rtasida “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston!” mavzusida referatlar tanlovi bo’lib  o’tdi. Tanlovda 6-B sinf o’quvchisi Z.Sultonova, 2-o’rin 6-A sinf o’quvchisi N Nabiyeva, 3-o’rin 6-A sinf o’quvchisi O.Malikovaga berildi.

10 dekabrda milliy g’oya fanio’qituvchisi M.Isayeva 7-D sinfida milliy g’oya fanidan “Milliy an’ana va qadriyatlar” mavzusida “O’rgan-o’rgat” tavsiyalar asosdia slaydlardan  “Zinama-zina”, “Klaster”  usullaridan foydalanib ochiq dars o’tdi.

Fan oyligi yakunida o’tkazilgan tanlovlar natijalari bo’yicha g’olib bo’lgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan rag’batlantirildi.

 Fevral – Matematika va informatika fanlari oyligi.

       Zarafshon shahar 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida fevral oyi  matematika  va informatika fanlari oyligi deb belgilandi.  Fan oyligini o’tkazish bo’yicha 4 haftaga rejalashtirilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Oylikning birinchi haftasi “Matematika olamida” deb nomlanib, O’rta Osiyo matematiklari mavzusida devoriy gazetalar, “Ulug’ matematiklar” mavzularida boshqotirmalar tanlovi o’tkazildi.

        Fan oyligining ikkinchi haftasi “Dars muqaddas” shiori ostida tashkillashtirilib asosan ochiq darslarga urg’u berildi. Informatika o’qituvchisi M.Qo’ychiyevaning 9-V sinfida “Paskalda ekranni grafik holga o’tkazish”, matematika fani o’qituvchisi Z.Xudoyberdiyevaning 9-A sinfida “Trigonometrik ayniyatlar”, matematika fani o’qituvchisi X.Davlyatovaning “O’nli kasrlarni yechish” mavzusidagi darslari eng namunali darslar deb topildi.

       Oylik yakunida “Matematika va hayot” mavzusida  festival tashkil etilib, g’oliblar taqdirlandi.

            Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida matematika va informatika fanlari oyligi 

Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 1-fevraldan 28-fevralgacha  matematika va informatika fanlari oyligi deb e`lon qilindi. Fan oyligini o`tkazishdan maqsad matematika va informatika ta’limi mazmunini takomillashtirilgan talablar asosida tashkil etish, ya’ni o`qituvchi va o`quvchilarning ijodiy hamkorligini targ`ib etish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy, izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli o`quvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdan iborat. Shu maqsadda fan oyligini o`tkazish bo`yicha chora –tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Reja asosida turli xil tanlovlar, tadbirlar, ochiq darslar tashkil etildi.

  Fan oyligining 1-haftasi ,,Matematika olamida’’ deb nomlanib, fan oyligi haqida maktab chizig`ida e`lon qilindi. Fan oyligiga bag`ishlab, ,, Maktab hayoti” devori Matematika faniga hissa qo’shgan siymolarining rasmlari, hikmatli so`zlar, boshqotirmalar bilan bezatildi.

 3-fevraldan 28-fevralgacha 5-9-sinflardan fan o`qituvchilari tomonidan o`quvchilari-ning bilim sifatini DTS ga mosligini aniqlash maqsadida kirish va chiqish testlari olindi. Test natijalariga ko`ra o`quvchilarning bilim samadorligi o`sganligini ko`rsatadi.

4-fevralda 5-6-sinf o`quvchilari o`rtasida ,,O’rta Osiyo matematiklari” mavzusida fan o`qituvchilari tomonidan referatlar tanlovi o`tkazildi.Bunda :

 1-o`rin 6-,,A’’Yaxsiboyev S, 6-,,B’’ Zayniddinov. O

 2-o`rin: 5-,,B’’N.Abduraximova, 6-,,A’’J.Samadov

 3-o`rin: 5-,,V’’ S.Jalolova,    6-,,B’’sinf o`quvchisi Qalandarova Maftunalar  egalashdi.

5-fevralda 9-sinf o`quvchilari o`rtasida fan o’qituvchilari tomonidan

,,O’rta Osiyo matematiklari” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi bo`lib o`tdi. Bunda:1-o`rin: 9-,,A’’sinfiga,2-o`rin, 9-,,V’’sinfiga, 3-o`rin : 9-,,B’’sinfiga berildi.

  6-fevralda 6-sinflar o`rtasida ,,Ulug’ matematiklar ’’ mavzusida boshqotirmalar tanlovi o’tkazildi. 1-o`rin 6-,,A’’Samadov J , 6-,,D’’M.Tursunmatova

 2-o`rin: 6-,,B’’A.Jo’rayev, 6-,,A’’M.Bobomurodov

 3-o`rin: 6-,,V’’ S.Jalolova,    6-,,B’’sinf o`quvchisi Z.Sultonovaga  berildi

7- fevralda “Informatika sirlari” mavzusida 8- 9- sinflar o`rtasida boshqotirmalar tanlovi bo`lib o`tdi.

   Fan oyligining 1-haftasidan ,, Dars -muqaddas’’ shiori ostida fan o`qituvchilari tomonidan AKT asosida ochiq darslar tashkil etildi. Ushbu haftada fan o`qituvchilari elektron darsliklar, videolavhalar, slaydlar asosida AKT dan va interfaol usullardan foydalanib ochiq darslar o`tishdi.

9-fevralda matematika fani o`qituvchisi Yakubova Sh 9-,,B’’sinfida ,,Trigonometrik ayniyatlar’’mavzusida AKT dan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda elektron darslik, boshqotirma, tarqatma test, slayd, “6x6x6” usulidan foydalandi.

9-fevralda fevralda informatika fani o`qituvchisi U.Umarova 8-,,B’’sinfida ,,MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo`llash’’ mavzusida AKT dan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda elektron darslik, boshqotirma, tarqatma test, slayd, “Zinama- zina” o’yinidan ,,Klaster’’ usulidan foydalandi. Darsda o`quvchilarning faolligini oshirish bo`yicha tavsiyalar berildi.

10 –fevralda informatika fani o`qituvchisi M.Kuychiyeva 7-,,V’’sinfida “Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar ”mavzusida AKT asosida slaydlardan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda o`quvchilarni guruhlarga ajratib, alohida topshiriqlar berib bordi. Darsda o`quvchilarning faolligini oshirishda interfaol usullardan o`rinli foydalanish tavsiya etildi.

Fan oyliginig 2-haftasi ,,Matematika – aql gimnastikasi’’ nomi ostida o`tkazildi.O`quvchilar o`rtasida turli tadbirlar, tanlovlar bo`lib o`tdi.3- B sinfida Sharipova Z “Sonni 10, 100 ga ko`paytirish va bo`lish ” AKT asosida, 11-fevralda matematika fani o`qituvchisi O.Kuzimova 6-,,G’’sinfida “Qarama- qarshi sonlar” mavzusida AKTdan foydalanib slayd asosida ochiq dars o`tdi. Darsda guruhlarga bo’lib o`quvchilarga tarqatma asosida savollar, boshqotirma ,faol o`quvchilarga rag`bat berildi. Darsda elektron darslikdan, interfaol usullardan,,Klaster’’,,Zinama-zina’’ usulidan foydalandi.

 12- fevralda matematika fani o`qituvchisi G.Hojiyeva 6-V sinfida “Sonlarni taqqoslash” mavzusida, 13 – fevralda matematika fani o`qituvchisi X. Davlyatova 7-,,B’’sinfida “Uchburchak tashqi burchagi xossasi” mavzusida AKT dan foydalanib ochiq dars o`tdi.Darsda elektron darslikdan foydalandi.

14-fevralda matematika fani o’qituvchisi Z.Xudoyberdiyeva 5-,,A’’ sinfida “O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish” mavzusida slayd va interfaol usullar asosida ochiq dars o`tdi.Darsda o`quvchlar faol qatnashdi, dars samarali o`tdi.

 Fan oyliginig 3-haftasi ,,Informatika olamida’’ nomi ostida o`tkazildi.O`quvchilar o`rtasida turli tadbirlar, tanlovlar bo`lib o`tdi.

16 – fevralda 8- sinflar o’rtasida informatika fanidan “Viktorina” sinfdan tashqari tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 1-o’rinni 8 “G”- sinf o’quvchilari, 2- o’rinni 8”B” sinf egallashdi.

17- fevralda 8-sinflar o`rtasida “Qiziqarli matematika ” mavzusida bukletlar tanlovi o`tkazildi. I – o`rinni 8-Vsinf o`quvchilari, II-o`rinni 8-G sinf o`quvchilari va 8-B o`quvchilari, III-o`rinni 8-A sinf o`quvchilari egallashdi

18-fevralda 5- sinflar o’rtasida “Oltin toj ” sinfdan tashqari tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 1-o’rinni 5 “G”- sinf o’quvchilari, 2- o’rinni 5”B” sinf o’quvchilari, 3- o’rinni 5 ”V” sinf o’quvchilari egallashdi.

19-fevralda matematika fani o`qituvchisi J.Quvvatova 8-,,V’’sinfida “Ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratishning bir necha usullarini qo`llash” mavzusida slayd asosida elektron darslikdan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda o`quvchilar guruhlarga bo`linib, savollarga javob berishdi.Darsda interfaol usullardan foydalanib o`tdi. Dars samarali o`tdi.

20–fevralda matematika fani o`qituvchisi D.P.Suvonova 5-,,G’’sinfida “Sonning taqribiy qiymati. Sonlarni yaxlitlash” mavzusida AKTdan foydalanib,electron videolavha va slaydlardan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda interfaol usullardan ko`proq foydalanish tavsiya etildi. 

21-fevralda . 7- sinflar o’rtasida “Zukko matematiklar” sinfdan tashqari tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 1-o’rinni 7 “B”- sinf o’quvchilari, 2- o’rinni 7”V” sinf o’quvchilari, 3- o’rinni 7”A” sinf o’quvchilari egallashdi.

 23-fevralda 8- sinflar o`rtasida “Bilimdonlar bellashuvi” sinfdan tashqari tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 1-o’rinni 8 “B” sinf o’quvchilari va 8-“V” sinf o`quvchilari, 2- o’rinni 8”G” sinf o’quvchilari egallashdi.

  Fan oyliginig 4-haftasi ,,Matematika va hayot’’ nomi ostida o`tkazildi.O`quvchilar o`rtasida turli tadbirlar, tanlovlar bo`lib o`tdi.

23- fevralda 3- sinflar o’rtasida “Matematika fanlar ichra shoh ” sinfdan tashqari tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 1-o’rinni 3 “A”- sinf o’quvchilari, 2- o’rinni 3-”B” sinf o’quvchilari, 3- o’rinni 3- ”D” sinf o’quvchilari egallashdi.

25-fevralda 7- sinflar o`rtasida “O`yla, izla, top” sinfdan tashqari tadbir o`tkazildi.

26 fevralda 6- sinflar o`rtasida “Buyuk matematik izdoshlari” sinfdan tashqari tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 1-o’rinni 6 “A”- sinf o’quvchilari, 2- o’rinni 6-”B” sinf o’quvchilari, 3- o’rinni 6-”G” sinf o’quvchilari egallashdi.

27-fevralda 7- sinflar o`rtasida “Ulug` matematiklar” mavzusida boshqotirmalar tanlovi o`tkazildi. 1-o`rin 7-,,A’’Xolova S, 7-,,D’’M.Tursunmatova

 2-o`rin: 7-,,B’’Achilov Sh, 7-,,A’’M.Abdusalomova

 3-o`rin: 7-,,V’’ Nurmurodov B, 7-,,B’’sinf o`quvchisi Narziyevaga  berildi

 28- fevralda uslubbirlashma rahbari D.Suvonova tomonidan fan oyligi yakuni bo`yicha hisobot va yig`ma jild tayyorlandi va shahar XTMFMTTEB ga yuborildi.

  28- fevralda uslubbirlashma yig`ilishida fan oyligi natijasi ko`rib chiqildi.Fan oyligida tashkil etilgan chora -tadbirlarning bajarilganligi to`g`risida uslubbirlashma rahbari D.Suvonova hisoboti tinglandi. Fan oyligida o`tkazilgan tadbirlar,ochiq darslar tahlil qilinib,yutuq va kamchilaklar ko`rsatib o`tildi.Fan oyligi yanada qiziqarli o`tishi uchun o`quvchilarni ko`proq tadbirlarga, to`garaklarga jalb qilish kerakligi aytib o`tildi.Shu bilan birga fan o`qituvchilariga o`z ustida ko`proq ishlab, darslarda AKTdan foydalanish, kompyuter savodxonligini yanada oshirish tavsiya etildi.

 Matematika va informatika fanlari oyligi maktabimizda  1 -fevraldan 28 -fevralgacha bo`lib o`tdi. Fan oyligi reja asosida  olib borildi va rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi.  Fan oyligi qiziqarli va samarali o`tdi.

 

Uslubbirlashma rahbari:       Suvonova D.P

Umumta’lim maktablarida aprel-estetik yo’nalishidagi fanlar oyligi deb belgilangan . Oylikni mazmunli va samarali o’tkazish uchun pedagoglardan katta mehnat va ma’suliyat  talab etiladi.

 O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2009-yil 11-sentabrdagi 252-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida Zarafshon shahar XTMFMT va TEB tasarrufidagi 2-umumiy o’rta maktbida ham “Estetik yo’nalishidagi” fanlar oyligini samarali va mazmunli o’tkazish uchun quyidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi: 


Bajariladigan ishlar


Bajarish vaqti

Mas’ul

1

Fan oyligini maktab chizig’ida e’lon qilish

1 aprel

Ochilova S

2

“Maktab hayoti” devorini bezash

 

1- aprel

Fan o’qituvchilari

3

“Qo’l ishlaridan namunalar” ko’rgazma tashkil etish

3 -aprel

Mehnat fani o’qituvchilari

4

“Mehnat insonni ulug’laydi” mavzusida badiiy kecha. 8-“D”

7-aprel

Bo’ronova B

5

“Dars muqaddas”tavsiyasi asosida ochiq dars. “Yog’ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumot” 5- “G”

8-aprel

Asadova D

6

 

“Mohir qo’llar” mavzusida boshlang’ich sinf o’quvchlarining qo’l ishlaridan ko’rgazma tashkil etish.

11-aprel

Boymurodova Yusupova G

7

“O’rgan – o’rgat” tavsiyasi asosida ochiq dars:”Kasbni to’g’ri tanlashning mohiyati va istiqbollari. Kasbiy qiziqish, moyillik.”9-“G”

14- aprel

Bo’ronova B

8

“Ustoz-shogird” maktabi yo’nalishida ochiq dars: “Men sevgan qahramon” mavzusida portret ishlash 5-“B”

15- aprel

Nazarova D

9

“Dars muqaddas”tavsiyasi asosida ochiq dars.”Lampalarni ketma-ket ulash”   6- “A”

16-aprel

Elmonov G’

10

“O’rgan – o’rgat” tavsiyasi asosida ochiq dars: “Dunyo tan olgan bastakorlarning operalari” 5-“G”

17- aprel

RayimqulovaN

11

 

Tadbir : “Milliy kashtachiligimizni o’rganamiz”

15 -aprel

Asadova D Mustafoyeva M

12

 

“Dars muqaddas”tavsiyasi asosida ochiq dars.”Nozmunchoq va undan foydalanish. Nozmunchoq to’qish uchun zaruriy xomashyo va moslamalar. Nozmunchoqdan gul, shakllar yasash” 6-“G”

18- aprel

Ochilova S.

13

5-7- sinf o’quvchilari o’rtasida “Men katta bo’lsam”, “Otam , onam, va men-sog’lom oilamiz”mavzularida rasmlar tanlovini o’tkazish

20- aprel

Botirova N

Nazarova

14

Ochiq dars: “Bahor aplikatsiyasini yasash” 4-“B”

22-aprel

Ro’zmonova

15

Tadbir: “Qizlar davrasi’  7-sinflar

23-aprel

Ochilova S

16

“Ustoz-shogird” maktabi yo’nalishida ochiq dars: “Qurilish chizmalarini o’qish, o’lchamlar qo’yish” 9-“B”

24 -aprel

Botirova N

17

“San’atim-saodatim” mavzusida yakuniy musiqali tadbir.

27- aprel

RayimqulovaN Mustafoyeva M

18

Shahar maktablari o’rtasida o’tkaziladigan”Eng yaxshi dars ishlanmalar”, “Keksalar e’zozda”mavzusida bukletlar, “Orasta qizlar”mavzusida to’garaklar ishlanmasi “Milliy hunarmandchilik”mavzusidagi tanlovlarda ishtirok etish.

27-aprel

Fan o’qituvchilari

19

Fan oyligida bajarilgan ishlar bo’yicha yakuniy hisobot

28-aprel

Ochilova S

 Rejada “Ustoz-shogird”, “O’rgan-o’rgat”, “Dars muqaddas” tavsiyalari asosida ochiq darslar o’tilishi, “O’zbekiston baxtli bolalar mamlakati”, “Men katta bo’lsam”, “Otam, onam va men-sog’lom oilamiz” mavzularida rasmlar tanlovi, “2014-yil-Sog’lom bola yili” munosabati bilan “Sog’lom bola-mustahkam oila kafolati” mavzusida bukletlar tanlovi, “Zumratoylar davrasi” mavzusida to’garaklar ishlanmasi tanlovi, “Milliy hunarmandchilik mavzusida ko’rgazmalar ko’rik tanlovlarini o’tkazish,hamda “Sehrli ohanglar” , “Imkon -shou” mavzularida musiqali dasturlar tashkil etish ko’zda tutildi.Fan oyligini o’tkazishdan maqsad:

          -          Har bir fan o’qituvchisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishini ta’minlash orqali o’quvchilarning estitik fanlarga oid bilim , ko’nikma va malakalarini oshirish;

          -          Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o’quv jarayoni bilan uzviyligini ta’minlash;

          -          Estetik yo’nalishdagi har bir fanning o’ziga hos xususiyatlarini kehg targ’ib etish; 

 1-aprel kuni fan oyligini o’tkazish yuzasidan chora – tadburlar rejasi ishlab chiqildi va o’qituvchilarga bajariladigan ishlar topshirildi. Shu kuni “Maktab hayoti” devori o’quvchilar va o’qituvchilarning ishlari , boshqotirmalar ,mashhur kompozitorlarning rasmlari, milliy taomlarning pishirilishi va ularning rasmlari bilan bezatildi.

3-aprel kuni Kamolat klubi a’zolari bilan birgalikda “Milliy hunarmandchilik” ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmaga 5-7- sinf o’quvchilari o’z qo’llari bilan yasagan ishlari bilan ishtirok etishdi. Eng yaxshi ishlari bilan ishtirok etishgan o’quvchilar rag’batlantirildi.

7- aprel kuni Bo’ronova Bozorgul rahbarligida 8- “D” sinf qizlari bilan “Mehnat insonni ulug’laydi” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi.Kechada qizlar o’zlarining she’rlari,qo’shiqlari va sahna ko’rinishlari bilan ishtirok etishdi. Kecha so’ngida faol qizlarga maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlqr topshirildi.

8- aprel kuni mehnat fani o’qituvchisi Asadova Dilafro’za “Dars muqaddas”tavsiyasi asosida  “Yog’ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumot” mavzusida  5-“G” sinfida ochiq dars o’tdi.   U o’quvchilarga yangi mavzu haqida bilim berishni, mehnatsevarlik , vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni , fanga nisbatan qiziqish uyg’otishni, kasbga yo’naltirishni maqsad qilib, aqliy hujum, suhbat uslublaridan foydalanib, kichik guruhlarda ishlash shakli bilan o’quvchilarga yangi bilimlar berdi. Asadova AKTdan, ko’rgazmali qurollardan, boshqotirmadan, tarqatma materiallardan foydalanib o’quvchilarda qiziqish uyg’otdi.

 11-aprel kuni Boymurodova Shahlo va Yusupova Gullola rahbarligida “Mohir qo’llar” mavzusida boshlang’ich sinf o’quvchlarining qo’l ishlaridan ko’rgazma tashkil etildi.Ko’rgazmada jajji o’quvchilarning ishlagan aplikatsiyalari, tikkan kashtalari, to’qilgan buyumlari. Chizgan rasmlari namoyish etildi. Har bir o’quvchining ishlari alohida baholanib , kichkintoylar rag’batlantirildi.

 5-7- sinf o’quvchilari o’rtasida “O’zbekiston baxtli bolalar mamlakati”, “Men katta bo’lsam”, “Otam , onam va men-sog’lom oilamiz”mavzularida rasmlar tanlovi o’tkazildi Eng yaxshi rasm mualliflari maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.

“O’rgan – o’rgat”, “Dars muqaddas”tavsiyasi asosida ,“Ustoz-shogird” maktabi yo’nalishida ochiq darslar tashkil etildi. 14-aprel kuni Bo’ronova ”Kasbni to’g’ri tanlashning mohiyati va istiqbollari. Kasbiy qiziqish, moyillik.” mavzusida, 15-aprel kuni Nazarova “Men sevgan qahramon” mavzusida, 16- aprel kuni Elmonov Lampalarni ketma-ket ulash” mavzusida, 17-aprel kuni Rayimqulova “Dunyo tan olgan bastakorlarning operalari” mavzusida, 18-aprel kuni Ochilova .”Nozmunchoq va undan foydalanish. Nozmunchoq to’qish uchun zaruriy xomashyo va moslamalar. Nozmunchoqdan gul, shakllar yasash” , 22-aprel kuni Ro’zmonova “Bahor aplikatsiyasini yasash”, 24-aprel kuni Botirova “Qurilish chizmalarini o’qish, o’lchamlar qo’yish” mavzularida ochiq darslar o’tishdi. 

Har bir darsda o’qituvchilar o’z mahoratini ishga solib , noan’anaviy usullardan foydalanib darslarni DTS talabiga mos tashkil etishga harakat qilishdi. Ular o’quvchilarniVatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviyatimizni ulug’lash ruhida tarbiyalashga, kasbga yo’naltirishga, mustaqil ishlashga, fanga qiziqtirishga harakat qildilar. O’qituvchilar AKTdan foydalangan holda o’quvchilar guruhlarga bo’linib darslar ham nazariy, ham amaliy tarzda tashkil etildi, estetik, ekalogik tarbiya berish bilan birga fanlararo bob’liqlikka ham e’tibor qaratildi.

23-aprel kuni Ochilova S.N. rahbarligida 7-“B” “O’zbegim qizlari” guruhi va 7-“V” “Qizg’aldoq” guruhi o’rtasida “Balli qizlar”ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ular quyidagi shartlar bo’yicha bellashishdi:

1. Tanishtirub.   2. Bahru-bayt.   3. Quroq tikish.

3. Maqollar aytishuvi.    5. Salat tayyorlash.

6. “Keksalarni e’zozlash” yiliga bag’ishlangan sahna ko’rinishi.

 Har bir qiz o’ziga topshirilgan shart bo’yicha bor mahoratini ishga solib, g’oliblikka intilishdi. Har bir shart orasida “Ohangrabo” to’garagi ishtirokchilari ijrosida vatan, ona, maktab haqidagi qo’shiqlar, jozibali raqslar yangradi. Barcha shartlardan so’ng 7-“B” sinf qizlari 29 ga 28 ball bilan g’olib bo’ldilar. Barcha tadbir ishtirokchi qizlari maktab ma’muriyati tomonidan maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

27- aprel kunimusiqa fani o’qituvchilari Rayimqulova va Mustafoyevalar “San’atim -saodatim” mavzusida yakuniy hisobot konserti uyushtirdilar. Konsertga boshlang’ich va yuqori sinf larning iqtidorli o’quvchilari jalb etildi. Ular vatan, ona, bahor, ustoz haqidagi qo’shiqlari va dilkash raqslari bilan zaldagi muxlislarni rom qildi. Konsert so’ngida ma’naviy- marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari To’raboyeva o’quvchilarning chiqishlaridan ruhlanib, barcha o’quvchilarga va musiqa fani o’qituvchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Dars ishlanmalari namunali deb topilgan Mehnat, musiqa, chizmachilik, rasm fani o’qituvchilarning namunali deb topilgan dars ishlanmalari shahar maktablari o’rtasida o’tkaziladigan ”Eng yaxshi dars ishlanmalar” tanloviga yuborildi.

28-aprel kuni uslubbirlashma yig’ilishida fan oyligida bajarilgan ishlar bo’yicha hisobot berildi.

 

Uslubbirlashma rahbari :      Ochilova S. N.