Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Fan to‘garaklari

"Chiroyli yozuv" to`garagi

  Boshlang’ich sinf o’quvchilariga chiroyli yozuvni o’rgatish  savodxonlikning poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich sinfda o’qitishdan maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni  har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash  bilan bir qatorda, ularni go’zallikka intiluvchi, uni yurakdan  his qila oladigan go’zallikni yaratishga intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi.

   Chiroyli, bejirim yozadigan insonlar hamma zamonlarda ardoqlangan, hurmat va e’zozda bo’lgan. O’qituvchi yoshlarni chiroyli yozish san’atiga o’rgatib borishi lozim. Bola qanchalik  chiroyli yozsa, undagi yangi narsalarni o`zlashtirishga qiziqish ortadi. O`z ishiga sinchkovlik va diqqat bilan qaraydi, yozuvini kuzatib  boradi. Yozuvni dastlabki vaqtlarda grafik jihatdangina kuzatsa, keyinchalik orfografik jihatdan ham kuzata boshlaydi.

  1-sinfga qabul qilingan o`quvchilar o`qishning dastlabki haftalarida o`qish va yozishga bo`lgan qiziqishi kuchli bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilarning mana shu qiziqishlarini so`ndirmasdan, maqsadga to`g`ri yo’naltira bilishi zarur. Buning uchun bolalarni fiziologik va psixologik xususiyatlarini o`rganish talab etiladi. O’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgatish uchun maktabning birinchi sinf o’quvchilariga alohida mashg’ulot o’tiladi. “Chiroyli yozuv” to’garak mashg’ulotlarida ularni nafis, xushbichim va silliq yozishga o’rgatib boriladi. O`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatish ta`limi o`qituvchilardan samarali usullardan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.