Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> 1-laborotoriya mashg`uloti.Gul va to`pgullarning tuzilishi bilan tanishish

Sana:25.09.12 yil.

Sinf:6-“A”.

             1- labaratoriya  mashg`uloti. Gul va to`pgullarning tuzilishi bilan  tanishish.

Labaratoriya  mashg`ulotining didaktik maqsadi:O`quvchilarni o`simliklarning guli va to`pgullarining tuzilishi, gullarning  o`simlik hayotidagi biologik ahamiyati bilan tanishtirish, gul qismlari, to`pgul xillarini tanish va tabiatda ajrata olish ko`nikmalarini tarkib toptirish.

Kerakli jihozlar: Gulzordagi gullardan namunalar,o`simlik gerbariylari,lupa,lezviya,qog`oz,chizg`ich, qalam

Labaratoriya mashg`ulotining borishi.

I. Tashkiliy qism.

II.O`quvchilarni mashg`ulot maqsadi, borishi, bajariladigan o`quv topshiriqlarining  mazmuni bilan tanishtirish .

III O`quvchilarni kichik guruhlarga ajratish va o`quvchilarning kuzatish, mustaqil ishlarini tashkil etish.

Guruhlarga o`quv topshiriqlarini bajarish bo`yicha gerbariylar tarqatiladi va jadvallar beriladi. Guruhlarning bajargan ishlari bo`yicha axborotlari tinglanib baholanib boriladi.

“Gul va to`pgullarning tuzilishi”  mavzusi bo`yicha o`quvchilarning kuzatish va mustaqil ishlarini tashkil etish yuzasidan  o`quv topshiriqlari :

 1.Na`matakningning gulini lupa yordamida kuzatamiz.Gulning gulbandi  yashil rangda,tikanaklar bilan qoplangan,poyada navbat bilan joylashgan bo`ladi.Uning uchida gilo`rni bo`lib unda gulning barcha qismlari joylashgan. Gulqo`rg`oni murakkab.

2.Gulni bo`laklarga ajratamiz va gulkosachabarglarni aniqlaymiz. Gulkosachabarglar  tilsimon, yashil rangda bir qavatdan iborat bo`lib joylashgan.Gulkosachasi  beshta.

Gultoji  och pushti rangda bo`lib, qo`shilmagan, soni 5 ta. Changchilari  sariq  rangda kichkina juda ko`p.Urug`chilar ham juda ko`p.

3.Gulqo`rg`oni murakkab.Chunki gulqo`rg`on gulkosacha va gultojdan tashkil topgan. Gulkosachabarglar va gultojibarglar erkin, qo`shilmagan.

4.Lupa yordamida changchilar tuzilishini kuzatamiz.Changchilar  ingichka chang ipi va changdondan iborat.

5.Gulning o`rtasida joylashgan urug`chini kuzatamiz.Urug`chi 3 qismdan iborat bo`lib  bular tumshuqcha ingichka ustuncha, tuguncha.  Tugunchani bo`yiga ikkiga ajratamiz va lupa yordamida uning ichidagi urug`kurtakni kuzatamiz.  Urug`kurtak  ko`p uyali ekanligini ko`ramiz. Urug`kurtakdan urug`, uning po`stidan shu urug`ni o`rab turadigan urug` po`sti,tuguncha va gulning bosgqa qismlaridan esa meva hosil bo`ladi.  

6.Gul qismlarini chizib olamiz va ular nomlarin belgilab qo`yamiz.

7.Darslikdan foydalangan holda tarqatilgan gerbariylardagi o`simliklarning guli qanday to`pgullarga kirishini aniqlab  jadvalga sxemasini chizamiz

Boshoq

shingil

soyobon

qalqoncha

savatcha

 

 

 

 

 

 

 

 

So`ta

Murakkab

boshoq

Murakkab

boshoq

Murakkab

shingil

Murakkab

soyabon

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

2.Jadvaldagi to`pgullarga ta`riflar keltirilgan. Ularga mos to`pgul  nomini va

unga misollar      yozing.

 

Ta`rif

To`pgul  nomi

Misollar

1

Gullar uzun gulbandlar yordamida navbat bilan

Gulpoyada joylashadi.

 

 

2

Gulpoyada bandsiz gullar joylashgan

 

 

3

Gulpoyada ayrim gullar emas balki mayday boshoq-

Chalar joylashadi.

 

 

4

Gulpoyalarning uchlarida ayrim gullar emas,balki kichik soyabonchalar joylashadi.

 

 

5

Asosiy gulpoyada mayday shingillar o`sib chiqadi ular ham  o`z navbatida shoxlanadi

 

 

6

Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan

 

 

7

Turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada

navbat bilan joylashadi.

 

 

8

Tuzilishi boshoqqa o`xshaydi, asosiy gulpoyada bandsiz gullar joylashadi.

 

 

9

Yo`g`on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashadi.

 

 

10

Kalta va yo`g`on gulpoyada bandsiz gullar joylashgan.

 

 

 

3.Qo`yida berilgan o`simliklarning qanday yo`pgul hosil qilishini aniqlab jadvalni to`ldiring.

 

Jag`-jag`

 

Petrushka

 

Kungaboqar

 

Kartoshkagul

 

Olma

 

Bug`doy

 

Sabzi

 

Oqqayin

 

Rediska

 

Karam

 

Yong`oq

 

Sholi

 

Zupturum

 

Sachratqi

 

Tok

 

Ukrop

 

Nok

 

Javdar

 

tol

 

gilos

 

 

IV Topshiriqlar yuzasidan kichik guruhlarning axboroti tinglanadi.

V Labaratoriya mashg`uloti yakunlanib, daftarlar topshiriladi.

VI O`quvchilarning bilimlari umumlashtirilib baholanadi

VII Uyga vazifa: Gulli o`simliklar bo`yicha ijodiy ishlar tayyorlash.

Biyologiya fani o`qituvchisi  Yodgorova Muxlisa