Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> A.Qodiriyning hayoti va ijodini o`rganish

9-“B”-sinf.        Fan: Adabiyot

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

A.Qodiriyning hayoti va ijodini  o`rganish

Maqsad va vazifalar

a) Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga  XX asr o`zbek adabiyotining yorqin yulduzi, o`zbek romanchiligi maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning hayoti va adabiy merosi haqida tushuncha berib, bilim va ko`nikma hosil qilish .   

 b)Tarbiyaviy maqsad:  O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini  kengaytirish, mamlakatimiz istiqbollari to`g`risida tushuncha berish, o`z yurtidan g`ururlanish ona Vatanga sadoqatli ,aqlan barkamol ,ruhan sog`lom ,komil inson bo’lib yetishishiga undash ;

v) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni og’zaki nutqini tafakkur, xotira idrok mashqi orqali rivojlantirish, o`quvchilarni adabiyot faniga qiziqishlarini oshirish , yozuvchi va shoirlik kasblariga yo’naltirish.

O’quv jarayonining

mazmuni

 Vazifalar: O`quvchilarning o`zbek ziyolilari va ularning o`z zamonasi hamda bugungi kun adabiyotida tutgan o`rni haqidagi ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.

O’quv jarayonining

amalga

oshirish

texnologiyasi

Uslub: og`zaki, ko’rgazmali

Shakl: suhbat,  noananaviy, bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash, ma`naviyat daqiqasi.

Metod:”Blis-so`rov”, “Sababini ayta olaman”,”Aqliy hujum”,

”Kim topqir, kim chaqqon”,”Sanalar gapiradi”

Vosita: A. Qodiriy portreti, adib asarlari , izohli rasmlar ,Abdulla Qodiriyning hayoti va ”O`tkan kunlar” filmi tushirilgan DVD disk , darslik asosida ko`rgazmali qurollar , o`quv qurollari, kompyuter, televizor, slayd taqdimoti, tarqatma testlar, savollar

Fanlar aro bog`liqlik: Milliy istiqlol go`oyasi, ona tili  tarix,

Nazorat: og’zaki nazorat, o’z-o’zini nazorat qilish

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash

Kuzatilgan

natijalar

O’qituvchi: mavzuda o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim ko’nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o’quvchilar bilimi baholanadi. O’quvchilar faolligi oshadi.

O’quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Og’zaki va yozma nutqi rivojlanadi. Ijobiy va tanqidiy fikirlash ko’nikmasi shakllanadi.Qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`ladi.

Kelgusi

rejalar

O’qituvchi: yangi pedagogik texnalogiyalarni o’zlashtiradi, o’z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini oshiradi.

O’quvchi: darslikdan ishlashni o’rganadi ,o’z fikrini bayon qila oladi mavzuga oid qo’shimcha materiallarni topadi va o’rganadi.

 

 

      Darsning borishi va vaqt taqsimoti

 

Dar sbosqichlari

Vaqt

I

Tashkiliy qism

2 daqiqa

II

O`tgan mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

III

Ingliz tili daqiqasi

1 daqiqa

IV

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

V

Ma`naviyat daqiqasi (video lavha)

4 daqiqa

VI

Mavzuni mustahkamlash:

 

 

Bilis so`rov

 4 daqiqa

 

Kim topqir , kim chaqqon,

3  daqiqa

 

Sababini ayta olaman, sanalar gapiradi

2  daqiqa

 

Savollarga javob bering ,test

5  daqiqa

VII

Baholash

2  daqiqa

VIII

Uyga vazifa

1  daqiqa

 
   

    I. 1-slayd Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) davomat nazorati; muhim yangiliklar. (ingliz tilida)

II.O`tgan mavzuni  so`rashda

Furqat adabiyotimizdagi ma`rifatparvarlik ananalarini yangi tarixiy sharoitda O`rta Osiyo Rossiyaga qo`shib olingandan keyingi yangi tarixiy vaziyatda davom ettirgani, uni yangicha mazmun, yangicha yo`nalish   bilan boyitgani hamda uning hayoti va ijodiy faoliyati yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi:

2-slayd O`tgan mavzuni mustahkamlash.

1.Furqatning umr yo`lidagi qaysi jihatlar ijodida aks etganligini so`zlang.

2.Shoirning ma`rifatchilik yo`nalishidagi asarlari vujudga kelishi omillarini ayting.

3.G`azal matla`sini  sharhlang.

  4.Furqat she`riyatidagi g`urbat tushunchasi qanday ma`nolarni anglatishi to`g`risida  fikrlaringizni bildiring.

   5.  Furqat yozgan mussaddasdagi “O`z yorini topmasdan ovora ekan mendek”  misrasini sharhlang.Nima uchun shoir sayd-ohuni o`ziga oxshatayapti?

  Savollarga javob bergan o`quvchilarga rag`bat topshiriladi.

  III. Ingliz tili daqiqasi.

  3-slaydda. Ingliz tilidagi mavzuga doir so`zlar tarjimasi taqdim etiladi.

Dars shiori: ”Moziyga qaytib ish ko`rish xayirlik deydilar”.Abdulla Qodiriy

  Aqliy hujum:

  4-slaydda aysbergning rasmi taqdim etiladi.

  Savol: O`quvchilar, o`ylab ko`ringlar-chi aysbergning bugungi mavzuga qanday aloqasi bor?

  O`quvchilar, tahminan , quyidagi javoblarni berishlari mumkin:

  1.   Aysbergni bir martaga parchalab yuborish juda qiyin , shuningdek, Abdulla Qodiriyning hayoti va uning o`lmas merosini bir marta o`qiganda tushunish qiyin kechadi.
  2.   Aysbergni aylanib o`tish uchun ancha vaqt, kuch kerak bo`ladi, shu kabi o`zbek romanchiligining asoschisi,qatog`on qurboni bo`lgan,o`zbek xalqining milliy g`ururiga aylangan ”O`tkan kunlar”, "Mehrobdan chayon" romanlari muallifi A.Qodiriyni tushunish uchun ancha mehnat talab qilinadi.

  Shundan so`ng o`qituvchi o`quvchilarning javoblarini umumlashtirib, sinfni guruhlarga ajratadi va ”O`tkan kunlar”romanidan kelib chiqqan holda 1-guruhga”Toshkent”, 2-guruhga “Marg`ilon”deb nom beradi

 IV.Yangi mavzu bayoni. “Kichik ma`ruza” usulida yoritiladi (Milliy istiqlol g`oyasi va tarix faniga bo`lanadi)

  Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi garchand XX asr tarixining fojiali sahifalari bilan tutashib ketgan, shu asrning mashaqqatli,suronli va o`ta tashvishli so`qmoqlarida kechgan bo`lsa-da, u adabiy hodisa sifatida bizga zamondosh asr qobig`ini yorib,bir tomondan, XIX asr hayoti, ikkinchi tomondan XXI asr adabiyoti bilan uzviy aloqaga kirishadi.

  Abdulla Qodiriy singari 30-yillarda qatag`onga uchragan o`zbek yozuvchilarining merosi, shak-shubhasiz, bizga to`la ravishda yetib kelmadi. Mustabid tuzum bu ulug` siymolarni jisman yo`q qilish yo`lidangina bormay ular nomini tarixdan o`chirib tashlash uchun ham barcha choralarni ko`rdi.Natijada ularning qo`lyozma holda qolgan asarlari kuydirib tashlandi;davlat kutubxonalari va jamg`armalaridan, shuningdek kishilar qo`lida bo`lgan kitoblar yig`ib olindi. Ammo, baxtimizga ulug` yozuvchilarimizga bo`lgan hurmat va muhabbat mustabid tuzim oldidagi hadikka nisbatan beqiyas darajada kuchli bo`lgan ayrim shaxslar qatag`on etilgan adabiyotning aksar namunalarini saqlab qoladilar.Mustaqillik sharofati bilan ko`pgina qoralangan adiblar va davlat arboblarimiz nomi qayta tiklandi.

Aziz o`quvchilar!

  Siz quyi sinflarda Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi bilan tanishgansiz. O`qituvchi o`quvchilarga “Xotira mashqi” usulidan foydalangan holda tezkor savollar beradi?

1.Qani aytingchi, Abdulla Qodiriy qachon ,qayerda ,qanday oilada tavallud topgan?

2. Abdulla Qodiriy nima uchun maktabga kechikibroq boradi?

3 Abdulla Qodiriy asarlariga qanday tahallus qo`ygan?

4. Abdulla Qodiriy qacho qay holatda vafot etadi?

  O`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va to`ldirish uchun o`qituvchi adib umr bayoni,adibga qilingan tahdidlar,mustabid tuzum siyosati,asarlarinig bugungi kundagi o`rni va yoshlarimizning istiqbollari haqida tushuncha beradi. (tarix faniga bog`lanadi)

  Abdulla Qodiriyning merosini to`plash va chop etishda adibning to`ng`ich farzandi Habibulla Qodiriyning,shuningdek, nevaralari Xondamir va Sherxon Qodiriylarning xizmatlari tahsinga sazovor.

  O`qituvchi shu o`rinda  adibning farzandlari A.Qodiriy haqidagi fikrlariga  to`xtalib o`tadi (Otam haqida asariga tayangan holda)

  "Adabiyotshunos olimlarimiz Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Elbek, Usmon Nosirning noyob qobiliyatlari va o`lmas asarlari haqida avlodlarimiz uchun juda qimmatli ma'lumotlarni yoritmoqdalar. Buning uchun ularga har qancha tahsin o`qisak-da, ozlik qiladi. Lekin biz adiblarimizni inson sifatida nechog`lik bilamiz? Men o`z so`zimda u zoti-shariflarning ba'zi fazilatlari haqida gapirmoqchiman.

  Abdulla Qodiriy bag`ri keng, sadoqatli, xalqimizga o`ta mehribon, barkamol, hojatbaror, chin inson edilar.

Abdulla Qodiriyning topish-tutishlari yaxshi, qo`llari hamisha ochiq, saxiy edi,shundanmi turmushlari ham o`rtacha kechar edi",-deydi Habibulla Qodiriy.

  So'ngra o'quvchilar e'tiboriga 5-slayd havola etiladi. Unda yurtboshimiz Islom Karimovning «O'tkan kunlar» asari haqidagi quyidagi fikrlari beriladi:

Dars 6-slaydni namoyish etish bilan davom ettiriladi. Unda A.Qodiriyning ushbu so'zlari keltiriladi:

7-8-slaydda A.Qodiriyning asarlari haqida so`z yuritiladi.              

  Habibullo Qodiriy otasi haqida eslar ekan bu asar (O`tkan kunlar) haqida ham bir qancha ma`lumotlar beradi.Uning aytishicha bir kun Qodiriy ko`zida yosh bilan uydan chiqollmay qolibdilar. Uydagilar hayron bo`lib nima bo`lganini so`rashganda, u, Kumushni o`ldirib qo`ydim, deb kuyingan ekan.  

V. Ma`naviyat daqiqasi o`tkaziladi. (Ziyonetdan olingan video lavha asosida)

 “Abdulla Qodiriy” video filmi va ”O`tkan kunlar” filmidan lavha tomsha

qilinadi.

 9-slaydda O`qituvchi  Abdulla Qodiriy haqidagi qo`shimcha ma`lumotlarni Ziyonet, Kitob.uz, Barkamol.uz, Axbarot ta`lim portal, Uzedu.uz sayt va portallaridan olishlari mumkinligini aytib o`tadi.

 VI . Mavzuni mustahkamlash

 10-11-slaydda yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahlamlash uchun “Blis -so`rov ” o`tkaziladi. Ushbu usulda o`quvchlarga “Blis-so`rov” jadvali tarqatatiladi, o`quvchilar so`rovga javob bergach,7-slayd asosida xatolarini tekshiradi.

  12-slayd asosida “Kim topqir kim chaqqon” usulidan foydalanib, guruhlardan o`quvchilar chiqib, tayyorlab qo`yilgan vatman qog`oziga berilgan topshiriqlarni javobini yozadilar. Birinchi bo`lib bajargan guruh rag`bat kartochkalari bilan taqdirlanadi.(topshiriq ona tili faniga bog`lanadi va chiroyli yozuviga e`tabor qilinadi.)

13-slaydda ”Sababini ayta olaman” usulida guruhlarga muammoli savol beriladi va to`g`ri javob bergan guruhga rag`bat kartochkalari topshiriladi.

Savol: Abdulla Qodiriyning fojiasi nimada ?                      

(yozuvchi va shoirlik kasbiga yo`nal tiriladi)

14-slaydda berilgan “Sanalar gapiradi” usulda guruhlar o`zlariga berilgan Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi bilan bog`liq bo`lgan sa`nalarga ta`rif  beradilar.(xotira mashqi)

 15-slaydda. Mavzuga doir savollar beriladi.

16-slayd asosida mavzuga doir test tarqatmalaridan foydalaniladi,17- slaydda ko`rsatilgan test javoblari asosida testlarini o`zaro almashib tekshiradilar.

Dars yakuni: Bubosqichda o`quvchilar o`zlarining Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi bo`yicha olgan bilimlariga tayanib,xulosa chiqaradilar.O`qituvchi darsni umumlashtirib, yakunlaydi.

VII.Baholash va rag`batlantirish. Dars davomida yiqqan rag`bat kartochkalari asosida rag`batlantiriladi va baholanadi. G`olib guruh aniqlanadi.

VIII.Uyga vazifa: Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodini o`qib,”O`tkan kunlar” romaniga tayyorgarlik ko`rib kelish. Qo`shimcha ma`lumot topish.