Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> Aralash sonlarga doir misollar yechish

5-sinf. 28.01.2015      Fan: Matematika

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Aralash sonlarga doir misollar yechish

Maqsad va vazifalar

a)Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni aralash son, noto`g`ri kasrni aralash son ko`rinishida ifodalash, aralash sonlarni noto`g`ri kasr ko`rinishida ifodalashga doir olgan bilim ko`nikma va malakalarini oshirish;             

b)Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish,  mamlakatimiz istiqbollari to`g`risida tushuncha berish,  o`z yurtidan g`ururlanish, ona Vatanga sadoqatli komil inson bo`lib yetishishiga undash.

v) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni og`zaki nutqini tafakkur,  xotira  idrok mashqi orqali rivojlantirish, o`quvchilarni matematika  faniga qiziqishlarini oshirish, tadbirkor, hisobchi, muhandis kasblariga yo`naltirish.

Vazifalar: O`quvchilarda  mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish,  ularda  mavzu asosida  bilim  va ko`nikmalarni  shakllantirish,  kengaytirish.

     Mavzuga  oid  topshiriqlar  bajariladi va  o`quvchi  topshiriq  yuzasidan  muammoli  vaziyatni  yuzaga  keltiradi. O`quvchilar  aralash son, noto`g`ri kasrni aralash son ko`rinishida ifodalash, aralash sonlarni noto`g`ri kasr ko`rinishida ifodalash haqida  ma’lumotga  ega  bo`ladi.

O`quv jarayonining

mazmuni

O`quvchilarning aralash sonlar haqidagi ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish va ularni kundalik hayotda qo`llash ko`nikmasini rivojlantirish

O`quv jarayonining

amalga

oshirish

texnologiyasi

Uslub: og`zaki, ko`rgazmali

Shakl: suhbat,   noan’anaviy,  bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash,  ma`naviyat daqiqasi.

Metod: “Kim topqir? Kim chaqqon?”, “Aralash sonni hosil qiling”, “Klaster”

Vosita: Darslik asosida ko`rgazmali qurollar, o`quv qurollari,  kompyuter,  televizor, slayd taqdimoti,  ko`rgazmali testlar, kartoteka savollari, rag`bat kartochkalari

Fanlararo bog`liqlik: iqtisod, informatika.

Nazorat: og`zaki nazorat, o`z-o`zini nazorat qilish

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash

Kuzatilgan

natijalar

O`qituvchi: mavzu qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi. O`quvchilar faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqish uyg`otadi,  mavzuda o`quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim ko’nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o’quvchilar bilimi baholanadi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.

O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Og`zaki va yozma nutqi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qilish, ijobiy va tanqidiy fikrlash ko’nikmasi shakllanadi.

Kelgusi

rejalar

O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtiradi, o`z ustida ishlaydi,  pedagogik mahoratini oshiradi.

O`quvchi:darslikdan ishlashni o`rganadi, o`z fikrini bayon qila oladi mavzuga oid qo`shimcha materiallarni topadi va o`rganadi.

 

 

1-5-slaydlarTashkiliy qism: a) salomlashish;  b) davomat nazorati; c) o`quvchilarni ikki: “Hisobchilar” va  “Tadbirkorlar” guruhlariga ajratish har bir guruhga to`plagan balli rag’bat kartochkalari orqali baholash. O`quvchilarni dars rejasi  va egallashlari lozim bo`lgan kompetensiyalari bilan tanishtirish.

         

O`tgan mavzuni mustahkamlashda 6-slayd orqali uy vazifasi nazorat qilinadi,  7-8-slaydlar orqali o`tgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash uchun tezkor savollar beriladi.Savollarga javob bergan o`quvchilarga rag`bat topshiriladi.

 

Ma`naviyat daqiqasi. “Raqamlar so`zlaganda” o`yin asosida 9-10-slaydlarda 2015-yil  Prezidentimiz tomonidan qanday nomlanganligi,  9- fevral va 14-fevral buyuk mutaffakkir bobolarimiz A. Navoiy va Bobur tavalludi kunlari haqida o`quvchilar fikrlari so`raladi.

11-16-slaydlarda  rasm asosida tezkor savol-javob o`tkaziladi.

   Dars slaydda “Kim chaqqon? Kim topqir?” usuli asosida namoyish etish bilan davom ettiriladi. “Kim  chaqqon kim  topqir”  usulidan foydalanib, o`quvchilarni natural sonlar, to`g`ri va noto`g`ri kasr, aralash sonlar haqida olgan bilimlari yozma ravishda sinaladi, tayyorlab qo`yilgan  tarqatmalarga o`quvchilar berilgan  topshiriqlarni javobini yozadilar. Birinchi bo`lib bajargan 4 o`quvchi ragbat kartochkasiga ega bo`ladi.

Mavzuni  mustahkamlash. Qiziqarli masala va mashqlar bajarish

  

Darslikdagi 6 va 8-mashqlar doskada va o`quvchilar tomonidan yakka tartibda bajariladi. 7-mashq rasm asosida izohlanadi. 9-mashq o`quvchilar daftariga chizma asosida bajariladi.

 

“Aralash sonni hosil qiling” o`yini asosida guruhlararo mashq o`tkaziladi.

Guruhlar ,    ,      ,  4 ,          ,      sonlarini yasab ko`rsatishadi

 20-slaydda “Mantiqiy javobni bilaman” usulida guruhlarga ovozli muammoli masala beriladi to`g`ri javob bergan guruhga rag`bat kartochkasi topshiriladi.

21-slayd asosida mavzuga  doir  test ko`rgazma asosida beriladi. 22-23- slaydlar asosida dam olish daqiqasi o`tkaziladi, mavzuga mos atamalarni to`g`ri joylashtirish aytib o`tiladi. So`ngra o'quvchilar e'tiboriga 24-slayd  havola etiladi va dars informatika faniga bo`lanadi. O`qituvchi  Kitob.uz saytidan  foydalanish imkoniyatlari haqida  aytib o`tadi.

25-slayd asosida uyga vazifa tushuntirilib  beriladi.

Dars yakuni: Bu bosqichda o`quvchilar o`zlarining olgan rag`bat kartochkalari asosida izohlanib baholanadilar va ularni sanaydilar va g`olib guruh aniqlanib, rag`batlantiriladi. O`qituvchi darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarga maqtov yorlig`i va sovg`alar berib  darsni yakunlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi

Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi

Zarafshon shahar xalq ta’limi muassasalari

faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi

2-umumiy o`rta ta’lim maktabi

matematika fani o’qituvchisi

DAVLYATOVA  XOLIDA SAPAROVNANING

Ko’rik tanlovining shahar  bosqichi 4-turida 12-maktabning

5-sinfida o’tgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi