Mavzu: Kuchukcha yasash

Mavzuga doir tayanch tushuncha va iboralar: uy hayvonlari, dum, yung, sodiq do’st, go’shtxo’r, yovvoyi, qo’riqchi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.


Metod:

 

interfaol, amaliy, klaster, slayd orqali o’yinlar

 

Shakl:

 

suhbat, munozara, umumlashtiruvchi,yangi bilim beruvchi

Jihoz:

rangli qog`ozlar, yelim, qaychi, kompyuter, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning rasmlari, fasllar haqida ma’lumot beruvshi video lavha, Konstitutsiya haqida ma’lumot beruvchi lavhalar


Nazorat:

og’zaki nazorat, savol-javob,o’z-o’zini nazorat qilish. O’qituvchi nazorati


Baholash:

Reyting tizimida, rag’batlantirish.


Darsning maqsad va vazifalari:



Ta’limiy:


 O’quvchilarning egallagan bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, rangli qog’ozlardan foydalanib kuchukcha yasashni o’rgatish,mehnatga yo’naltirish va hayotga tayyorlash

 Tarbiyaviy:

 

 Hamkorlikda ishlashga o`rgatish, erkin va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, Ona tabiatimizni va unda yashovchi barcha jonzotlarni asrashni o’rgatish orqali Vatanga va milliy urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash

 

 Rivojlantiruvchi:

 O`quvchilarning yaratuvchanlik, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish

 



Kutilayotgan natija


Dars yakunida o’quvchilar:

O’quvchilarning darsdagi faolligi oshadi, qo’l mehnatining asosiy bosqichlarini o’rganadi,yakka ishlashga o’rganadi, ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi, rangli qog`ozlardan foydalanib kuchukcha yashashni o’rganadilar.                           
 

 Мavzuning qisqacha ta’rifi: O’lkamizning tabiati nihoyatda go’zaldir. Hayvonlar inson qadami yetgan hamma joyda uchraydi. Odamlar sigir, qo’y, ot, tuya,echki,it, mushuk,,quyon kabi hayvonlarni uyda boqadilar. Shuning uchun ular ular uy hayvonlari deb yuritiladi. Uy hayvonlari odamga foyda keltiradi. Kuchuk uy hayvonidir. U uyimizni begonalardan asraydi. Kuchuklar o’z egalariga sodiq do’st bo’ladilar. Ular go’sht va go’shtli mahsulotlarni yeydilar. Kuchuklarga Olapar, To’rtko’z, Bo’ynoq, Qoplon, Ziyrak va shunga o’xshash boshqa laqablar qo’yiladi. Bugun darsimizda rangli qog’ozlarni buklab, (origami usulida) kushukcha yasashni o’rganamiz.
 

Dars jarayoni va uning bosqichlari: Dars jarayoni va uning bosqichlari:

1-bosqich Tashkiliy qism:

O`quvchilarni darsga psixologik tayyorlash. Ingliz tilida suhbat o`tkaziladi.

-Good morning pupils. Glead too see you!

(Assalomu alaykum bolalar.

Sizlarni ko`rganimdan xursandman!)

-Sit down please. (Marhamat, o`tiringlar)

-Who is on duty today? (Bugun kim navbatchi?)

-Who is apsent today?(Bugun darsda kim yo`q?)

-What day is it today? (Bugun haftaning qaysi kuni?)

-The theme of our lesson: Kuchukcha yasash.

O’quvchilar bilan hafta kunlari, yil fasllari, kirib kelatotgan qish faslida tabiatdagi o’zgarishlar va shu faslda noshonlanadigan bayramlar haqida suhbat o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi haqida tushuncha beriladi. 
 

2-bosqich           Ehtiyojlarni aniqlash:

Amaliy ish topshirog’ini bajarishda ish qurollaridan foydalanilganda xavfsizlik qoidalari va gigiyenaga amal qilishlari uqtiriladi. Sinf xonasini toza-ozoda tutish kerakligi aytiladi

3-bosqich Darsning borishi:

O’quvchilar, bugungi darsimiz “Interfaol” usulida olib boriladi. Hammalaringiz ertaklar eshitishni, tomosha qilishni yoqtirasiz. Ertaklardagi obrazlatga o’xshashni havas qilasiz. Ertaklarda Malikalar va Shahzodalar ishtirok etadi. Ular mamlakatni boshqaradigan podshohlarning qizi yoki o’g’li bo’ladi. Sizlar esa malikalar va shahzodalarga o’xshashni xohlaysiz. Bugun darsda ishtirok etadigan qiz bolalar guruhini “Malikalar”, o’g’illar guruhini esa “Shahzodalar” deb nomlaymiz. Men sizlarning har bir javobingizni, amaliy ishingizni rag’bat kartochkasi bilan baholayman va dars yakunida guruhlarning to’plagan rag’bat kartochkalarini sanaymiz va qaysi qator ko’p rag’bat to’plagan bo’lsa, o’sha qatorni “G’olib” deb e’lon qilaman.                                                             

O`tilgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Savol-javobga faol qatnashgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari berib boriladi.

Amaliy mashg’ulot: o’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda amaliy ish topshirig’ini bajarishni boshlaydilar. Partalar orasida yurib, o’quvchilarning bajarayotgan ishlarikuzatiladi. Topshiriqni bajarishga qiynalayotgan o’quvchilarga yordam beriladi.

Dam olish daqiqasida ingliz tilida lug`at asosida slayd orqali savol- javob o`tkaziladi, o’quvchilardan mehnat, hunar haqidagi maqollar va ularning mazmunlari so’raladi.

4-bosqich Mustahkamlash:

“Klaster” usulida o`yin. Slayd orqali o’yin. “Shahzodalar” guruhi uy hayvonlarini va “Malikal;ar” guruhi yovvoyi hayvonlarni topadilar.
 

5-bosqich Baholash: “Malikalar” va “Shahzodalar” guruhlarining to’plagan rag’bat kartochkalari sanaladi. Qaysi guruh ko’p rag’bat to’plagan bo’lsa, o’sha guguh “G’olib” deb e’lon qilinadi. O’quvchilarning darsdagi ishtirokini hisobga olgan holda amaliy topshiriqdan bajargan ishlari baholanadi, o’quvchilar rag’batlantiriladi.

6-bosqich Uyga vazifa: Maqollar va topishmoqlar yodlab kelish.