Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> Mafkuraviy poligon

Mavzu: Mafkuraviy poligon.

Reja:

1. Mavkura poligonlari haqida.

2. Diniy ekstremizm, terrorchilik.

3. Mavkuraviy kurash vositalari.

 Dars maqsadi:

  Ta`limiy maqsadi: o`quvchilarga mafkuraviy poligon haqida tushuncha berish, iymon-e`tiqod hissini uyg`otish, ona-Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`ularini mustahkamlash;

  Tarbiyaviy maqsadi: yoshlarda vatanparvarlik, insoniylik fazilatlarini mujassam ettirish, ota-bobolaridan faxrlanish, g`urur-iftixor tuyg`usini oshirish orqali yuksak didli, aqlan barkamol, ma`naviyati yetuk komil insonni shakllantirish;

  Rivojlantiruvchi maqsadi: bilim va tafakkur, kitobxonlik malakasini oshirish.

 Darsning turi: Yangi bilim berish.

 Darsning usuli: Suhbat, savol-javob,guruhlarda ishlash.

 Darsning jihozi: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asari, tarqatma materiallar, slaydlar.

 Darsning texnik jihozlari: kompyuter, kodoskop.

 

Darsning blok – chizmasi.

Dars bosqichlari

Vaqt

I

Tashkiliy qism.

2 daqiqa

II

Uyga vazifani nazorat qilish.

8 daqiqa

III

Yangi mavzu: Mafkuraviy poligon.

 

15 daqiqa

IV

Mustahkamlash.

10 daqiqa

V

O’quvchilarni baholash, uyga vazifa berish.

5 daqiqa

 

Darsning borishi.

Tashkiliy qism.                                                            

     Dars salomlashiashdan boshlanadi. Navbatchi hisoboti tinglanadi.

 

 Uyga vazifani nazorat qilish. Slayd orqali berilgan savollarga javob beradi.

  1.Dunyoning mafkuraviy manzarasi, deganda nimani tushunasiz?

  2. Hamma zamonlarda dunyoning mafkuraviy manzarasida asosiy o`rin tutib keladigan narsa nima?

  3. Prezididentimiz Islom Karimov bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi haqida fikrlari bizni qanday xvflardan ogoh etadi?

  4. Fikrga qarshi fikr, gqoyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish, deganda avvalo nimani tushunamiz?

  5. Maktabda nima uchun “Adabiyot”, “Musiqa”, “Tasviriy san`at” fanlarini o`rganasiz?

III Yangi mavzu: Mafkuraviy poligon.

Yangi mavzuni ochuvchi savollar.

Qalb va ong ning hayotimizdagi o`rni qanday?

O`ziga ishonch deganda nimani tushunasiz?

Vatanga muhabbat, Vatanga e`tiqod degan so`zlarni tushuntira olasizmi?

 

 O`qituvchi: Yoshlarning qalbi va tafakkurida shakllanish jarayoni kechayotgani uchun hali ana shu e`tiqod va dunyoqarash mustahkamlanib ulgurmagan bo`ladi. Shu bois yot va begona g`oyalar asosan yoshlarning qalbi va ongiga hujum boshlaydi.

 Yot va begona g`oyalar: Diniy ekstremizm, Uyushgan jinoyatchilik.

  zararli mafkuralar:     Terrorizm, Narkobeznes, Aqidaparastlar.

 Savol:  Poligon so`zining ma`nosini tushuntira olasizmi?

 “Poligon” grekcha so`z bo`lib, serqirra degan ma`noni bildiradi. Biz, odatda  polygon deganda qurol-aslaha va texnika sinaladigan, qo`shinlar harbiy t`yyorgarlikdan o`tkaziladigan yoki harbiy mashq va mashg`ulotlar olib boriladigan maxsus maydonni tushunamiz.

 Savol: “Mafkuraviy poligon ” tushunchasiga Prezidentimiz qanday ta`rif bergan?

  “Mavkuraviy poligon” tushunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov “Tafakkur” jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblarida ishlatgan: “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega. Bu masalanining kishini doimo ogoh bo`lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo`lsa, buni sezish, ko`rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta`siri va oqibatlarini tezda ilg`ab olish nihoyatda qiyin”.

Savol: Mafkuraviy poligan deb nimaga aytiladi?

 “Mafkuraviy poligon” tushunchasi ham jahonda g`oyaviy- mafkuraviy kurashlar avj olishi bilan bog`liq.

 Savol: Mafkuraviy poliganlarning yadro poligonlardan farqini misollar asosida tushuntiring.

 Yadro poligonlari qo`llanadigan bo`lsa, ularning ta`siridan bironta jonzot oman qolmaydi – ular qayerga tushsa, o`sha joyda hayot alomatini tag-tubi bilan kuydirib, quritib yuboradi. Lekin yadroviy qurollar faqat ma`lum bir hududni yo`q qilishi mumkin. Mafkuraviy qurollar esa chegara bilmaydi. Ular Internet tarmog`I, teleradiokanallar, kitoblarr, kinofilm va teleseriallar shaklida millati, tili, dini, qaysi mamlakatda yashashidan qat`I nazar har bir insonning qalbiga kirib borib, ma`naviy dunyosini xarob qiladi.

 Savol: Diniy ekstremizm nima?

 Diniy ekstremizm deganda, dinni niqob qilib olib, zo`ravonlik asosida konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiladigan, uni o`zgartirishga urinadigan jinoiy xatti-harakatlat tushuniladi. Diniy ekstremizm doimo terrorchilik va aqidaparastlik bilan yonma-yon yuradi.

 Savol: Prezidentimiz Islom Karimov qanday xalqaro minbarlarda , qanday takliflar bilan chiqmoada?

 Mamlakatimiz aprezidenti Islom Karimov nufuzli xalqaro minbarlardan bu masalaga alohida e`tabor qaratib, amaliy takliflarni ilgari surib kelmoqda. Ana shunday takliflar asosida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi tashkil etildi. Uning qarorgohi mamlakatimiz зщнефчеш Toshkent shahrida joylashgan.

  O`qituvchi: O`quvchilar, shuni bilib olingki, diniy ekstremizm, terrorchilik din va millat tanlamaydi. Bunday tahdidlarning ko`rinishini Yevropada ham, Osiyoda ham, Amerikada va Afrikada ham, xristianlik, buddaviylik va boshqa dinlarga mansub xalqlar yashayotgan mintaqalarda ham uchratish mumkin.

Mustahkamlash.

 Savol: Sog`lom va komil insonning xislatlari qanday bo`lishi kerak deb o`ylaysiz?

        Komil         Ezgu fikr

        inson          Ezgu so`z

        xislatlari       Ezgu faoliyat

                      Yaxshi xulq-atvor

                      Yuksak ma`naviyat

 Savol: Ma`rifat vositasida kurashish deganda nimani tushunasiz?

  Ma`rifat vositasida kurashish deb, muayyan g`oyaviy yoki mafkuraviy xavf-xatarning mohiyatini bilib, tushunib, unga, uning ildizlariga qarshi ongli ravishda kurashishga aytiladi. Bugungi kunda Prezidentimiz “Kuch – bilim va tafakkurda” degan shior asosida yoshlarimizni zamonaviy talablar darajasida bilim olish, kasb-hunarlarni puxta egallashga da`vat etmoqda.

Mafkuraviy  poligonning asosiy belgilarini  toping.

Yo… qar… naf…, yax… nis… muh… va xay…, Vat… fid….

Mafkuraviy immunitetning asosiy xususiyatlarini topong.

Ogoh…, fik… qar… fi…, g`o… qar… g`o…, jah… qar… ma`r….

 

Dars  yakuni.  O`quvchilarni baholash.

Uyga vazifa.  Mavzuni o`qib kelish.

Milliy go`ya fani o`qituvchisi: Isayeva Mehrigul