Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo`llash.

8-sinf Informatika     

Darsning texnologik xaritasi.

Mavzu

MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo`llash.

 

 

Maqsad va vazifalar

 

 

 

 

Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari matematik funksiyalar ,mantiqiy funksiyalar,statistik funksiyalar va matnli funksiyalar haqida bilim va ko`nikmalar berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo`naltirish.O`quvchilarni fanga qiziqtirish maqsadida O`zbekistonda kibernetika maktabining asoschisi V.Qobulov haqida ma`lumot berish orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va savodxonligini oshirish.

Darsning vazifasi: O`quvchilarga MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochib berish.

O`quv jarayonining mazmuni

Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari.Matematik funksiyalar va ularning qo`llanishi.Mantiqiy funksiyalar va ularning qo`llanishi.Statistik funksiyalar va ularning qo`llanishi matnli funksiyalar va ularning qo`llanishi.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub:Nazariy va amaliy.

Shakl:Yangi bilim ,tushuncha hosil qilish.

Usul: Aqliy hujum,jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Vosita:Elektron resurslar,darslik,plakatlar,boshqotirma, tarqatma materiallar,kompyuter va slayd taqdimoti,rag`bat kartochkalari.

Nazorat:Og`zaki,savol-javob,muhokama,kuzatish.

Baholash:Rag`batlantirish ,5 balli reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O`quvchilar yangi bilim va ko`nikmaga ega bo`ladi.Ular Excel elektron jadvali va uning imkoniyatlari,matematik funksiyalar mantiqiy funksiyalar,statistik funksiyalar va matnli funksiyalar haqida bilim va qo`llash ko`nikmalarini egallaydilar.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi, o’z ustida ishlaydi,pedagogik mahoratini oshiradi, o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

O’quvchi: darslikdan ishlashni o’rganadi, o’z fikrini bayon qila oladi, mavzuga oid qo’shimcha materiallarni InterNet va ZiyoNet tarmoqlaridan topadi va o’rganadi.

Darsning blok- chizmasi:

 

Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Uy vazifasini so`rash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

12 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Darsni yakunlash va uyga vazifa berish

3 daqiqa

Darsning shiori: Oz bo`lsa ham bilmoq uchun ko`p o`qimoq kerak!

Asosiy tushunchalar:Matematik amallar, matematik funksiyalar, mantiqiy funksiyalar, statistik funksiyalar, matn funksiyalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism :Salomlashish,davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlikni kuzatish.

Ma`naviyat daqiqalari: O`zbekistonda kibernetika maktabining asoschisi V.Qobulov haqida ma`lumot beriladi.Fevral oyidagi muhim sanalar:Alisher Navoiy va Zaxriddin Muhammad Bobur haqida guruhlar ma`lumot beradi.

II. Uy vazifasini so`rash (Aqliy hujum slayd asosida).

“Hisobchilar” guruhiga:

1.Birinchi elektron jadvalning nomini ayting? (VisiCalc)

2.Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat faylining kengaytmasi qanday?(. xls)

3.MS Excel elektron jadval qashon ishlab chiqarilgan? (1994 yil)

4. Ustun va satr birlashmasidan iborat jadval (katakcha)

“Iqtisodchilar” guruhiga:

1.Excel elektron jadvali qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan?(Microsoft)

2.Qanday elektron jadvallar nomini bilasiz?

(Multiplan, VisiCalc,SuperCalc,MS Excel)

3. Birinchi elektron jadval qachon yaratilgan? (1979)

4.MS Excelda formula yozishda qanday belgidan boshlanadi?(=)

III.Yangi mavzu bayoni tushuntiriladi (elektron resurslar orqali).

Yangi mavzuning bayoni:

Avvalgi darsda matematik amallar bajarishga, matematik formulalar yozishga va funksiyalar to’plamiga murojaat qilishga oid qisman ma’lumotlar oldingiz. Endi Excel elektron jadvali ishlashini quyidagi misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.


1–misol. Karra jadvalini hosil qiling

Quyidagi ketma-ketlikdagi ishlarni bajaramiz:

1)     B2:H2 blokidagi katakchalarni  piktogrammasi yordamida

birlashtiramiz va “Nechalik jadval kerak?” matnini kiritamiz;

2)     D3 katakchaga “=”, E3 katakchaga biror sonni (masalan, 6 ni) kiritamiz;

3)     C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaatni kiritamiz, ya’ni C4 katakchaga “=E3”ni yozib F4 klavishini bosamiz;

4)     D4 katakchaga “*” belgisini, E4 katakchaga 1 sonini, F6 katakchaga “=” belgisini kiritamiz;

5)     G4 katakchaga “=C4*E4” formulani kiritamiz;

6)     C4:G4 blokini belgilab, blokning o‘ng quyi burchagidagi ■ belgisidan sichqoncha yordamida G ustun bo‘yicha pastga tortib nusxalaymiz;

7)     Katakchalarni katakcha formati orqali ranglar bilan bezaymiz.

Tekshirib ko‘rish mumkinki, E3 katakchadagi qiymatni o‘zgartirsak, G ustundagi qiymatlar karra jadvaliga mos ravishda o‘zgaradi.

Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to‘plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to‘plamida 400 dan ortiq funksiya bo‘lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo‘linadi.

Funksiyalar videorolik orqali namoyish etiladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (slayd orqali namoyish etiladi).

Darslikdagi mashqlarni doskada bajarish.

Dam olish daqiqasi: Reklama.

O`quvchilar “Ziyonet” tarmog`idan to`gridan-to`g`ri foydalanib ,Planshet va smartfon rusumidagi kompyuterlar haqida ma`lumot oladi.

 1-guruh: Yangi “LG Nexus 4” smartfoniga 4,7 dyumlik AMOLED-ekran qo‘yilib, uning ajrata olish ko‘rsatkichi 1280 x 768 pikseldan iborat. Smartfonning ichida to‘rt yadroli “Snapdragon S4” protsessori bo‘lib, u “Android 4.2 Jelly Bean” mobil operatsion tizimi bazasida ishlaydi. Apparatning qalinligi – 9,1 millimetr.

  Smartfonga 8 megapiksellik orqa kamera, video-qo‘ng‘iroqlar uchun old    kamera, qisqa masofali simsiz aloqa texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi NFC-chipi hamda ma’lumotlarni saqlash uchun 8 gigabaytlik ichki xotira o‘rnatilgan.

2-guruh .Yangi planshet MOMO 9star protsessor bazasida All Winner A13, chastotasi 1,5Ggs, tezkor xotirasi 512 mbt, 8 gbt xotirasi .Operatsion sistema Google Android 4.0 da ishlaydi .

Boshqotirma yechish: slayd orqali taqdim etiladi.

1.Birinchi elektron jadval nomi?

2.Mantiqiy funksiya qabul qiladigan qiymatlardan biri .

3.Kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan va biror nomga ega ma`lumotlar majmuyi.

4. Mantiqiy funksiya qabul qiladigan qiymatlardan biri .

5.Kompyuterning texnik qismi .

6.ЛЕВСИМВ qaysi funksiya turiga taalluqli?

7.MAKC va MIN qaysi funksiya turiga taalluqli?

8.Sonning absolyut qiymati va sonning kvadrat ildizi qaysi funksiyada aniqlanadi?

9.Chop etish qurilmasi?

10.Ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval.

11.Sonning absolyut qiymatini qaysi funksiya hisoblaydi?

 Aqlni charxlash (slayd orqali namoyish etiladi).

 G`olib guruh aniqlanib, o`quvchilar rag`batlantiriladi.

 V.Dars yakunlanadi , uyga vazifa: 21-dars 98-102 bet,

 5-mashq, 103-bet.