Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> Navro’zi olam keldi

Tadbir o’tkaziladigan faollar zali did bilan bezatiladi.O’rik bodom gullari xonaning har eriga ilib qo’yiladi.Qushlarning chug’ur-chug’uri,ariqda suvlarning shildirab oqishi yozib olingan magnit tasma orqali eshittirilib turiladi.

Mehmonga ,bahor ne’matlari va taomlar bilan bezatilgan dasturxon yoziladi.

Jarchi:davrani boshlab beradi.

Xoy-xoy odamlar!

Bog’da bitgan bodomlar .

Eshitmadim demanglar

Eshitganlar jilmanglar

Zaminga Navro’z keldi!

I.Boshlovchi:Yana bahor keldi.Yana olamda

Ajib bir go’zallik,ajib bir bayot

Men seni qutlayman shu ulug’ damda

Ulug’ yelkadoshim,muzaffar xayot!

II.Boshlovchi:Ellar uyg’ondi ishqalab kaftin

Oftob ham yuksaldi-tik kelar quyosh

Tog’lar ham ko’tardi kiftin

Bezavol maysa ham silkitadi bosh.

I.Boshlovchi:Tarnovlar bug’izida lola ham ko’rkam

Terak uchlarda   izg’ir mavjudot

Xattoki tuyg’usiz chirik xazon ham

Yaxshil pupakdan bog’labdi qanot.

II.Boshlovchi: Xovlimda jilg’alar chopar be ega

Qushlar qiy-chuviga to’lmish dala bog’

Sening visolingdan quvonmay nega

Bahor sog’intirding axir ko’p uzoq!

“Bahor”qo’shigi qizlar xori ijro etadi.

I.Boshlovchi: Mana bugun bizning ta’lim muassasamizda Navro’z olam bahor bayrami.

II.Boshlovchi:Assalomu alaykum,mehri daryo,qalbi quyosh,jonko’yar,fidoiy muallimlar,aziz ustozlar.

I.Boshlovchi:Assalomu-alaykum,sevimli tengdoshlar,mehribon ukajonlar,dilbar singiljonlar,sizlarni Navro’z olam bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz!

I.Boshlovchi:Navro’zni qancha ardoqlasak oz.Gullar atrini taratib,mayin-mayin sabo kelib maxzun dillarni yayratadi.

Endigi navbatni :”Boychechak” o’zbek   xalq qo’shig’iga beramiz.

Boychechagim boylandi

Qazon to’la ayrondi

Ayroningdan bermasang

Qazonlaring vayrondir.

Qattiq erdan qazilib chiqqan boychechak

Yumshoq   yerdan yugurib chiqqan boychechak

Boychechakni tutdilar

Tut yog’ochga osdilar

Qilich bilan chopdilar

Baxmal bilan yopdilar.

Qattiq erdan qazilib chiqqan boychechak

Yumshoq   yerdan yugurib chiqqan boychechak

II.Boshlovchi:Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,

Yurakda muattar chechaklar kular,

Bir suluv kelinchak salomga kelar

Ostonaga bosh ur,aziz mehmonim,

Navro’zing muborak,O’zbekistonim!

I.Boshlovchi:Yurtim,ko’klayotgan dalalaringda

Sumalakning   xushta’m buylari kezar

Go’daklarga aytgan allalaringda

Momolarning qadim kuylari kezar,

Ertadan umidvor,boshi osmonim,

Boshing osmon bo’lsin,O’zbekistonim!

II.Boshlovchi:Bahor keldi mustaqil bo’lgan elimning xumo qushi yanada balandroq parvoz etadi.            I.Boshlovchi:Parvozing xayrli bo’lsin Ey xumo qushim!                                                                                                                       
 Xalq qo’shig’i    6-nafar qizlar ijrosida doira jo’rligida ijro etadilar.

Xo yallo,yallo qizgina                                     Xo yallo,yallo qizgina

Jamalagi tillo qizgina                                       Jamalagi tillo qizgina

Bozor boradi qizgina                                        Bozor boradi qizgina

Usma oladi qizgina                                           Do’ppi oladi qizgina

Nozi qarashmalar bilan                                  Nozi qarashmalar bilan

Usma qo’yadi qizgina                                     Do’ppi kiyodi qizgina

II.Boshlovchi:Bobolardan merossan azal,

Yo’llaringa tikayapman ko’z.

Sen tabiat yaratgan g’azal

Sog’intirmay kelaqol Navro’z

Qaldirg’ochday   kela qol Navro’z

Senla Omon ko’ngil charog’on

Nafasingday yangragay-bu jon,

Dunyoga chiq hur O’zbekistonim,

Sadoqating timsoli Navro’z,

Mard xalqimning iqboli Navro’z.

Qo’shiq “Xey lola” maktabimizning   iqtidorli   o’quvchilar   ijro   etadi.

Lolachaga ishim bor.xey lola

Kisamda kishmishim bor,xey lola,

Kishmish bo’lsa mayliga,xey lola

Qiz bolaga ishim bor,xey lola

Tom ustida payola,xey lola

Ichi to’la gul lola,xey lola

Nari turing bo’z bola,xey lola

Uyaladi qiz bola,xey lola

Tom ustida nelar bor,xey lola

O’rdak bilan g’ozlar bor,xey lola

O’rdak bilan g’oz qolsin,xey lola

I.Boshlovchi:Yaqin Sharq,O’rta Osiyo jumladan o’zbek xalqining qadimiy va uzoq tarixiga ega bayrami Navro’zdir. Navro’z eski quyosh kalendari hisobida Farvardin oyining hozirgi 22 martiga to’gri keladi.Bu kun “Kichik   Navro’z” deb atalgan va shu kundan boshlab tabiatdagi hamma narsa amalga kiradi deb hisoblangan.                                                                                        II.Boshlovchi: Sumalak asosan ayollar tomonidan tayyorlanib, uni pishirish jarayonida qozon atrofida suhbatlar qurishgan,Laparlar,ertaklar aytishgan.

 Undirganim oq bug’doy sumalakka aylansin.

 Dosh qozonlar biqirlab,toshganicha qaynasin,

 Kela qol,ye sirdoshim,sirlar sirga aylansin.

 O’zbekiston-elimga keldi Navro’zi olam.

  Qo’shiq   “Sumalak”

Choparlar:
Xoyxaloyiq! Ko’zingni och                                                                                                                                                                    
Topgan-tutganingni el boshiga soch!                                                                                                                                                          
Xoy-xoy bolakay,yo’llarimdan qoch!                                                                                                                                                             Navro’zi olam tashrif buyurdilar,

El boshiga baxt keldi,                                                                                                                                                                                         Yangi orzu,taxt keldi.                                                                                                                                                                                              Xalqqa boylik naqd keldi                                                                                                                                                                                       O’lkamga Navro’z keldi.

Bobodehqon va Cho’pon bobo boshchiligida yashil libosga o’ralgan Navro’z o’z yigitlari bilan davraga kirib keladi. Bahorbonu Navro’zga peshvoz chiqib kutib oladi.Hamma qo’li ko’ksida ta’zim bajo keltiradi.

Navro’z:Assalomu-alaykum, opajon, ezgulik bunyodkori bo’lmish muxtaram murabbiylar.Aziz o’quvchilar.                                                                                                                                                                                           
Bahorbonu:Assalom, Navro’z! qadamlaringizga xasanot!                                                                                                            
Navro’z:Rahmat opajon.Men kelguncha yashillik urug’larini qadab qo’yibsiz.Hamma joylarni pokiza, orasta,qilib qo’yibsiz

Qo’shiq:”Yallali bobo yalli”

I.Boshlovchi:Aziz   do’stlar! Qadimiy va betakror,o’ligimizni anglash timsoli bo’lmish Navro’z   ayyomi istiqlol sharofati tufayli yangicha mazmun kasb etmoqda,xalqimizning bu muqaddas shodiyonasi yurtimizdagi tinchlik,ezgulik saxiylik,bunyodkorlik bayramiga aylanmoqda.

Qo’shiq:”Navro’z” ijro etadi maktabimizning   iqtidorli   o’quvchilari.

II.Boshlovchi: Ana shu muborak ayyomda barcha ezgu niyatlaringiz ruyobga chiqsin!                                                      Dasturxonlar oppoq nonlarga to’lsin. Ollohim   nasibangizni ilohim   butun qilsin.Mana bugungi tadbirimiz o’z niyoyasiga etdi,ko’rishguncha xayr ,so’g salomat bo’ling. 

                                                                           Musiqa fani o`qituvchisi : Rayimkulova Nelli Baxtiyarovna