Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari


Sinf: 7-“V”

Mavzu: Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari
                                        Darsning texnologik xaritasi
MAVZU                     Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlari
Maqsad va vazifalar     Maqsad:
 a) ta’limiy: o`quvchilarga olmoshlarning tuzilishi haqida ma’lumot berish;
 b)tarbiyaviy: o`quvchilarni ona tilimizga hurmat, tarixga muhabbat
     ruhida   tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: o`quvchilarning bilim ko`nikmalarini mustahkamlash, mustaqil fikrlashga va voqealarni tahlil qilishga o`rgatish;
Vazifalar:  o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarini shakllantirish, kengaytirish;
Mavzuga oid berilgan savollarni o`quvchilar tomonidan guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlar qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.  
O`quv jarayonining
  mazmuni      Olmosh so`z turkumi, ularning ma’nosi va tuzilishiga ko`ra turlarini farqlash, o`zbek tili-davlat tili ona tilining mavqei.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi     Metod: suhbat, tushunchalar tahlili, ta’limiy o`yin,
Shakl: matn bilan ishlash (slaydlar va  electron darslik asosida)  
Usul: interfaol usullar: “Klaster”, “Blis-so`rov” usuli, “Zinama-zina” usuli, guruhlarda ishlash;
Vosita: elektron darslik, kompyuter asosida slaydlar, tarqatma, jadval,
test savollari
Nazorat: og`zaki nazorat
Baholash: 5 balli tizim asosida
Kutiladigan natijalar     O`qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi. O`quvchilarga fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi.  Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilar tomonidan darsni mustaqil o`rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o`rgatadi.
O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma’lumotga ega bo`ladi.
Kelgusi rejalar     O`qituvchi: pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomollashtirish, o`z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O`quvchi: mustaqil ishlashni o`rganadi. O`z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlaydi, ularni o`rganadi. Do`stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi.
    
                                                  Darsning borishi

I. Tashkiliy qism:  a) salomlashish ; b) davomatni aniqlash
                              d) o`quvchilarni darsga tayyorlash va guruhlarga ajratish.
II. O`tgan mavzuni so`rash, uyga vazifani nazorat qilish.
,,Olmosh o`rnida qo`llaniladigan so`zlar’’mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkazish.
1. Men olmoshi o`rnida qaysi so`zlar qo`llaniladi? (kamina, kaminayi  kamtaringiz, faqir, bandayi ojizingiz, qulingiz )
2. Siz olmoshi o`rnida qaysi so`zlar qo`llaniladi? (janoblari)
3. ,, Faqir sizning xizmatingizga bel bog`lagan’’ gapida faqir so`zi qanday ma`noni anglatadi?
     (kamtarlik, kamsuqumlik ma’nolarini anglatadi. )
4.Zoti oliylari so`zini qaysi olmosh o`rnida qo`llaymiz.(u olmoshi o`rnida)
,,Mustaqillik yillarida ona tilimiz rivoji’’ mavzusida o`quvchilar tuzib kelgan matn o`qitiladi va matndan olmosh o`rnida qo`llangan so`zlar,olmoshning turlari  aniqlanadi.

III. Yangi mavzu bayoni.
Darsning rejasi:
1. Sodda  va  qo`shma olmoshlar
2. Juft va   takroriy  olmoshlar
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi olmoshlarni toping va turlarini aniqlang.
1.Men undan so`radim: Mehringni qo`yib, bunchalar saralab gul terding kimga?
2.Bir vaqtlar qarshimdan o`tsang, seni derdim oddiy yo`lovchi.
3. Shu-shu biz bordi-keldi qilamiz.
Olmoshlar tuzilishiga ko`ra sodda, qo`shma, juft va takroriy  bo`ladi.

81-mashq. Ko`chiring. Olmoshlarni topib, tagiga chizing, uning tuzilishiga ko`ra turini yozing.
  1. Shu-shu Otaqo`zi ochilib, o`rinli-o`rinsiz gaplarni ko`p gapirib yubordi. 2. Siz o`zingizni tuproq bilan tenglashtirmakchi bo`lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. 3. Hech qanaqa shartim yo`q. Ishlab u-bu tortishish niyatim ham yo`q. 4. Shu-shu bo`ldi-yu, Tursunboyning qulog`idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. 5. Hamma unga o`girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko`rmas edi. 6. Mana bu manzarani qaranglar, qizlar, - dedi Manzura.
82-mashq. Quyida berilgan olmoshlarni tuzilishiga ko`ra jadvalga joylashtiring.

Sodda olmoshlar    Qo`shma olmoshlar    Juft olmoshlar    Takroriy olmoshlar
            
Olmoshlar: men, mana shu, u, o`sha-o`sha, u-bu, siz-biz, hech kim, har bir, hech nima, kim, qanday, allakim, sen-men,  kimdir, shu-shu, ana shu, allaqaysi, nega, qandaydir
83-mashq.( elektron darslik asosida) Matnni o`qib, Olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turlarini aniqlash.  
84-mashq. Mustaqil ish.
Hamma, har bir, shu, ba’zi, mana shu, u-bu olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing.
IV. Mustahkamlash.
1. “Kim tez topar” o`yinida tafakkur dundonalari bo`lgan hikmatli so`zlar o`quvchilarga o`qib beriladi. O`quvchilar olmoshning turlarini aniqlaydilar.
1. Inson tirik ekan, o`z Vatani uchun kurashmog`i lozim.(Alisher Navoiy)
2. Saqlamoq yovdan Vatanni senga qarz,
  Qarzni qilmoq ado har kimga farz.  (Chustiy)
3. Nimaniki, qay makonniki beta’ma, mukofotlar kutmasdan, kimdir majbur qilmasa ham himoya eta boshlasangiz, ana shu Vatandir. (A.Oripov)
2.Tushunchalar tahlilida o`quvchilarning olmosh so`z turkumi bo`yicha olgan bilimlari mustahkamlanadi. Buning uchun o`quvchilarga “Blis-so`rov” jadvali berib chiqiladi. Unda o`qituvchi tomonidan tushunchalar berilgan bo`lib, o`quvchi uni tahlil qilish kerak bo`ladi. Bu usul vositasida bir vaqtning o`zida butun sinfning mavzuni o`zlashtirganlik darajasi aniqlanadi.
      Tushuncha        Izoh      To`g`ri javobi     To`plangan ball
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad o`rin, payt haqida so`roqni bildiruvchi olmoshlar … sanaladi.     So`roq olmoshlari     +    
Bu, shu, u, o`sha, ana, mana kabi so`zlar … sanaladi    Ko`rsatish olmoshlari     +    
Har so`zi so`roq olmoshlariga, bir so`zga qo`shilib to`pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradigan… hosil qiladi.     Qo`shma olmosh     -    
,,Allaqayerdan oyim paydo bo`ldi’ gapida qaysi olmoshdan foydalanilgan?     Gumon olmoshi     +    
Hech kim, hech qachon, har bir, har kim, mana shu, ana o`sha kabi olmoshlarning tuzilishiga ko`ra turini aniqlang.    Belgilash olmoshi .
3.“Zinama-zina” usuli orqali o`quvchilarda olmosh so`z turkumi bo`yicha olgan bilimlari yuzasidan ko`nikma hosil qilish. Bunda o`quvchilar olmoshga xos xususiyatlarni berilgan piramida shaklida yozib chiqishlari kerak bo`ladi.

4.Test savollari:
1-guruhga:
1. –alla yoki –dir kabi qo`shimchilarni qo`shish yo`li bilan qaysi olmoshlar hosil bo`ladi?
A. Belgilash olmoshlari    B. Gumon olmoshlari
S. Bo`lishsizlik olmoshlari   D. Kishilik olmoshlari
2. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. Bu gapda olmoshning qaysi turi qo`llanilgan?
A. So`roq olmoshi     B. O`zlik olmoshi
S. Belgilash olmoshi    D. Bo`lishsizlik olmoshi
2-guruhga:
1. Qaysi qqatorda jamlash, umumlashtirish ma’nosini ifodalovchi olmoshlar berilgan?
A. Hech kim, hech qaysi   B. Har bir, har qaysi
S. Barcha, hamma, bari    D. Allakim, allanima
2. Bu, shu, o`sha so`zlari olmoshning qaysi turiga kiradi?
A. Kishilik olmoshi    B. Ko`rsatish olmoshi
S. Belgilash olmoshi    D. Gumon olmoshi
3-guruhga:
1. Kamina so`zi qaysi so`z turkumi o`rnida ishlatiladi?
A. Ot   B. Sifat  S. Son  D. Olmosh
2. Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorida berilgan?
A. Hech qanday, hech qaysi   B. Har qaysi, har bir
S. Allanima, allanarsa    D. Qanday?, qanaqa?
V. Uyga vazifa. 85-mashq. “Mustaqillik bizga nima berdi?” mavzusida matn tuzing. Qo`shma olmoshlarning tagiga chizing.
VI. Baholash.