Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq dasturlar

8 «а» sinf                                                  Sana   21.11.12  Fan  nomi  Informatika

Mavzu:

Operatsion  sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq-dasturlar.

 

Maqsad  va

vazifalar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Darsning maqsadi : o`quvchilarga operatsion sistemani  tashkil etuvchi dasturlar,ichki  va tashqi buyruqlar,qobiq-dastur,grafik muhit yagona  dasturiy interfeys ,yagona  dasturiy interfeys, yagona apparatli –dasturiy interfeys tushunchalari bilan tanishtirish.

Darsning ta`limiy vazifasi  o`quvchilarga  operatsion sistemaning  asosiy vazifalari, ma`lumotlarni xotiraga kiritish va  chiqarish dasturi ,operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur,ma`lumotlarni  kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish  moduli ,buyruq protsessori,operatsion sistema utilitlari,operatsion sistemaning ichki  va tashqi  buyruqlari,qobiq-dastur imkoniyatlari haqida bilim  berish.

Darsning  tarbiyaviy  vazifasi  o`quvchilarni  yangi bilimlar  egallashga ,har  sohada yangilikka  intilishga yo`naltirish.

Darsning  rivojlantiruvchi vazifasi  o`quvchilarning  kompyuterdan  foydalanish haqidagi  bilim va tasavvurlarini rivojlantirish.

 

 

O`quv  jarayonining

mazmuni

Operatsion  sistemaning asosiy  vazifalari.Ma`lumotlarni xotiraga kiritish-chiqarish dasturi (BIOS).Operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record) .Ma`lumotlarni kiritish-chiqarish  sistemasini  kengaytirish moduli(IO.SYS).Amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin  bo`lgan uzilishlarni tahlil qilish  moduli (MSDOS.SYS).Buyruq protsessori(COMMAND.COM).Operatsion sistema utilitlari.Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari.Qobiq dastur va uning imkoniyatlari.

 

O`quv jarayonini

amalga oshirish

texnologiyasi

Uslub : Aralash

Shakl  : Savol-javob.Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Vosita :Elektron resurslar,darslik ,plakatlar tarqatma materiallar.

Usul  :Tayyor prezentatsiya va  slayd materiallari asosida .

Nazorat : Og`zaki  ,savol-javob, muhokama,kuzatish.

Baholash :Rag`batlantirish ,5-ballik  reyting  tizimi asosida.

 

Kutiladigan

natijalar

 

 

 

 

O`quvchilar   operatsion   sistemaning asosiy  vazifalari ,malumotlarni  xotiraga kiritish  va chiqarish dasturi ,operatsion sistemani faollashtiruvchi  dastur  ma`lumotlarni kiritish –chiqarish  sistemasini  kengaytirish moduli,amallar bajarishda yuzaga  kelishi mumkin bo`lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli,buyruq protsessori ,operatsion sistema utilitlari,operatsion  sistemaning  ichki   va tashqi buyruqlari ,qobiq-dastur  va  uning  imkoniyatlari haqida bilimga ega bo`ladilar.

Kelgusi rejalar

(Tahlil ,o`zgarishlar)

 

O`qituvchi o`z faoliyatining tahlili asosida yoki ham-kasblarining dars  tahlili asosida keyingi  darslarida o`zgartirishlar  kiritadi va  rejalashtiradi.

Darsning  blok-chizmasi

 

Dars  bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy  qism

2

2

O`tilganlarni  takrorlash

10

3

Yangi  mavzu  ustida  ishlash

15

4

Yangi  mavzuni  mustahkamlash

10

5

Uyga vazifa ,baholash

3

Tashkiliy  qism

Salomlashish,navbatchi axborotini  tinglash,o`quvchilar darsga tayyorligini nazorat qilish
O`quvchilar uch guruhga bo`linadi 
1-guruh Ziyonet                           2-guruh Arpanet         3-guruh Internet 
 

O`tilgan mavzuni   mustahkamlash

1.Operatsion sistema deganda  nimani  tushunasiz?

2.Operatsion  sistemalar sinflarini  yoritib    bering.

3.Operatsion sistemaning  samaradorlik va qulaylik   sifatlari deganda  nimani tushunasiz?

4.Operatsion  sistemaning   qanday sifatlari  bor?

Yangi mavzu  bayoni

Operatsion   sistema   tarkibi,  asosan,  quyidagi  3  guruhdan  iborat:1.  vazifalarni   rejalashtiruvchi  qismni,  qurilmalar  drayverlarini,  xotirani  va   fayl   sistemasini    oshqarish  dasturini  o`z  ichiga  olgan  operatsion  sistema   o`zagi.  2. sistema

Kutubxonasi. 3. utilitlar  qobig`i. Kompyuterdagi  jarayonlar  bilan  bog`liq  barcha   amalar    operatsion  sistemaning  o`zagi  boshqarivuda   bajariladi.  Shu  sababli  o`zak   uchun    tezkor  xotirada  doimo  joy  ajratiladi  va   har  qanday  boshqa  ma`lumotlardan   ustunlikka   egadir.   Operatsion  sistemaning  kichik  bir  qismini   tashkil   etgan  o`zak  doimiy  ish  holatida   bo`ladi  va  shuning   uchun  doimo  tezkor   xotirada  saqlanadi.  Operatsion  sistemaning   boshqa  qismlari  va   har  qanday  boshqa  ma`lumotlar  esa   kerak  bo`lmaganda  tezkor    xotiraga  yuklanadi  va   ish  tugagach   asosiy   xotiraga   o`kaziladi.     Operatsion  sistemaning   o`zagi,  asosan,  quyidagi  dasturlardan  iborat  bo`ladi: -uzilishlarni  tahlil  qilish   moduli.  –jarayonlarni  hosil  qilish  va  o`cherish.  –jarayonlarni  bir  holatdan  boshqasiga  o`ykazish.  –jarayonlarni   muvofiqlashtirish.  –kiritish-chiqarish  amallarini  boshqarish. –xotirani  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash. –fayl  sistemasi  ishini  boshqarish.  –ishlarni  hisobga  olish   va  boshqalar.      Operatsion   sistemaning  o`zagi   turlicha   arxitekturada  tashkil  etilgan   bo`lishi  mumkin: monolit,  modulli,  mikroo`zak,  nanoo`zak,  gibrid  va  boshqalar.  Operatsion  sistemaning  yuklanishi,  masalan,  Windows  naqllarida   quyidagicha  amalga  oshadi. 1.malumotlarni  xotiraga  kiritish  va  chiqarish  dasturi: doimiy  xotirada  joylashgan  bo`lib,  kompyuter  ishga  tushirilganda  kiritish va   chiqarish  bilan  bog`liq  amallarini  bajaradi,  karakli  qurilmalarni  tekshirishdan  o`tkazadi  hamda  operatsion  sistemani   faollashtiruvchi   dasturni  chaqiradi.  2. Operatsion   sistemani  faollashtiruvchi    dastur- juda  qisqa  dastur  bo`lib, uning  vazifasi  tezkor  xotiraga  ma`lumotlarni  kiritish-chiqarish  sistemasini   kengaytirish  moduli  va  amallarni  bajarishda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo`lgan   uzilishlarni   tahlil  qilish  modulini  yuklashdan  iborat.  3.ma`lumotlarni  kiritish-chiqarish  sistemasini   kengaytirish  moduli- asosiy  va  qo`shimcha  qurilmalarga  xizmat  ko`rsatuvchi  drayverlarni  yuklaydi.  4.amallar  bajarishda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo`lgan  uzilishlarni  tahlil  qilish  moduli. –biror  dastur  ichida  hosil  bo`lgan  uzilishlarni  tahlil  etish  va  uning  natijasiga  ko`ra  zaruriy  choralar  ko`rish.  5.buyruq  protsessori -sistema  diskida  joylashgan  bo`lib,  asosiy  vazifani  foydalanuvchilarning  operatsion  sistemaga   yuborgan  buyruq  yoki  ko`rsatmalarini  qabul  qilish,  tahlil  qilish  va  lozim  bo`lganda,  bajarish  hamda  foydalanuvchi   dasturlarining   buyruqlarini  qayta  ishlashdan  iborat. 6.operatsion  sistema  utilitlari. –operatsion  sistema  bilan  birga  beriladigan  disketlarni  nishonlash,  sisklarni  tekshirish  kabi  alohida  vazifalarni   bararuvchi  dasturlar .  Qobiq -dastur – operatsion  sistema  boshqaruvida  ishga  tushiriladigan  va  foydalanuvchiga  shu  operatsion  sistema  bilan  ishlashga  ko`maklashadigan  dasturdir.   Eng  1-ommalashgan   qobiq-dasturlardan   biri   Norton  Commander  nomlangan.  Bu   qobiq-dastur  amerikalik  Piter  Norton   tomonidan  ishlab  chiqildi   va   juda  tez   ommalashib   ketdi. Hozirgi  kunda  keng  tarqalgan    Windows  Commander,  Total  Commander,  Far  Manager   kabi  qobiq-dasturlar   Norton  Commander  dasturining  asosiy  ish   tamoyillarini  o`zida   saqlab   qolgan.  Qobiq-dasturlar  asosan  quyidagi   imkoniyatlarni  beradi: 1. diskdan  kataloglar   ruyhatini  ekranga  to`liq  chiqarish.  2. fayllardan   nusxa  ko`cherish. 3. fayllarni  qayta  nomlash. 4. fayllarni  o`cherish.  5.kataloglarning   pog`onalik  tuzilmasini  ko`rish.  6. bir   katalogdan  boshqa  kataloglarga  o`tish.  7. kataloglar  hosil  qilish.  8. katalogni  qayta  nomlash  va   o `chirish.  9. matnli  fayllarni  tahrir  qilish  va  boshqalar.   

Yangi  mavzuni  mustahkamlash
 
G`olib guruh aniqlanib rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa 11-dars o`qib kelish mavzuga taalluqli krossvord tayyorlash
Informatika fani o`qituvchi Umarova Ulparshin