Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> Orttirma nisbat qo’shimchalarining ishlatilishi

Sinf: 6 “V”

Darsning shiori: Til – dil ko’zgusi.

Darsning mavzusi: Orttirma nisbat qo’shimchalarining ishlatilishi.

Darsning maqsadi:                         a) ta’limiy- O’quvchilarga tilshunoslikning morfologiya bo’limida o’rganiladigan fe’l so’z turkumining orttirma nisbat shakli qo’shimchalari haqida nazariy va amaliy ma’lumot berish

                                                           b) tarbiyaviy – o’quvchilarga ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik deb bilgan ilmu-ma’rifat, ta’lim va tarbiyani, inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi ekanligini tushuntirish hamda “Til millat kaliti”, “Til bilgan el biladi” maqolalarining mazmunini ochib berish.

                                                           v) rivojlantiruvchi – o’quvchilarning bilimini oshirish, imloviy va uslubiy savodxonligini o’stirish. Matnlar ustida mustaqil ishlay olish qobiliyatini shakllantirish.

                                                           g) kasb-hunarga yo’naltirish – o’quvchilarga “Kasbing bo’lsa qo’lingda, non topilar yo’lingda” naqili ostida shifokorlik, nonvoylik kabi kasb hunarga mehrini oshirish.

                                                           d) mafkuraviy maqsad – Yurtboshimizning “Ma’lumki o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy va ma’naviy bog’liklik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasidan, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”- deb aytgan fikrlarining mazmun-mohiyatini chaqish.

            Dars turi: bilim va ko’nikma hosil qilish.

            Dars usuli: noan’anaviy interfaol usul, savol-javob, bahs-munozara.

            Dars jihozi: darslik, metodik qo’llanma, mavjud texnika vositasi, I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, test tarqatmalari, lahzalik savollar, mavzuga doir su’ratlar.

Dars rejasi: 1) Tashkiliy qism

 2) Navbatchi bayonoti.

 3) Kun yangiliklari.

 4) Uyga vazifani so’rash.

 5) Yangi mavzu bayoni.

 6) Mustahkamlash.

 

            Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashgach navbatchi bayonoti tinglanadi.

O’qituvchi: Aytingchi bugun sinfda kim navbatchi?

            O’quvchi: Bugun men navbatchiman,

                                    Sinfimiz 6 “V” .

                                    Darsda besabab uyda,

 Qolgan o’quvchilar yo’q.

 Atrofda kuz hukmron,

 Quyosh nurin sochmoqda.

 Dalada dehqon hamon,

 Mo’l hosilin yig’moqda.

 Tabiatda o’zgarish

 Kunlar soviy boshladi

 Daraxlar xazonlarin

 Ma’yus yerga tashladi.

O’qituvchi: Yurtimizda qanday xabarlar?

O’quvchi: Bugun yurtimizda katta tantana, o’zbek tili o’z qadrini topgan kun, bundan 21 yil avval, ya’ni, 1989-yil 21 oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shu kundan boshlab, barcha xujjatlar davlat ishlari o’zbek tilida yuritila boshladi. Biz bu tilni yurtboshimiz orzu qilgan barkamol avlod bo’lib asrashimiz kelajak avlodga sayqallashtirib yetkazishimiz zarur. (Ona tilini madh etuvchi she’rlar).

O’qituvchi: Men “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning quyidagi so’zlarini keltirmoqchiman. “Har bir millatning dunyoda borligi ko’rsatadigan oynai hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo’qotmak millatning tilini yo’qotmakdir. Shu asnoda turkiy tilni eng buyuk til ekankligini isbotlab bergan Alisher Navoiyni yodga olmasdan ilojimiz yo’q.

Oddiy beshikdagi murg’ak go’dak ham
Ilk kalomin aytar ona tilida.

Shu so’zlar orqali taniydi dunyo

 Axir o’sha tili yo’ldosh yo’lida

O’zbek tili desam bir nurli siymo

Gavdalanar mening ko’zim o’ngida

Ul zot ayladilar bu tilni buyuk

Turkiy tilni asrar edi ko’nglida

                                                           (Ekranda A.Navoiy surati chiqadi)

                O’quvchi: (Navoiy siymosida) “Turkiy tilda rang-barang shirin ma’noli she’rlarim behad ko’pdir, forsiy she’rlarim ham bebaho la’lu gavharlarga o’xshaydi.G’o’yo so’z bozorida do’kon olganmen:bir tomonda qandolat do’koni-yu,bir tarafda zargarlik”.

 O’quvchi: (shogird timsolida) Assalomu-alaykum ustoz.

Ustoz: Va alaykum- assalom, keling.

Shogird: Sizning oldingizga bir yumush bilan kelgan edim.

Ustoz: Xo’sh,so’ylang’iz.

Shogird: Shohimiz Sulton Husayin Bayqaro bizga dunyodagi eng shirin va ehg achchiq narsani toping –deb buyurdilar.Biz barcha noz-u ne’matlarni huzurlariga olib bordik, ammo jumboqning javobini topolmadik.O’ylab sizning olding’izga kelishga qaror qildik.

Ustoz: Bul jumboqning javobi-tildur.Insonning shirin so’zu ham achchiq so’zu ham til-u zabonidan chiqadi.Shunday ekan har bir so’zni o’ylab so’zlamog’imiz lozim.

O’qituvchi: Keling uyga vazifani so’raylik: O’quvchilar darsimiz bahs-munozara darsi bo’lganligi sababli o’quvchilarni ikki guruhga bo’lsak.

 I guruh Morfologiya

Nima almashib kelar,                    

So’roq qilib, belgilab,

Toki ko’rsatib tursam

Der, “olmosh” o’z o’rnida.

II guruh Sintaksis

                To’ldiruvchi derlar asli otimni

                Men ikkinchi darajali bo’lakman.

                Kesimjonning orqasidan ergashib,

                Ma’nosi to’ldirgani kerakman.

O’quvchilarni rag’batlantirish maqsadida “yulduzcha”, “barglar” beriladi. Har guruhdan bir vakil chiqib yozuv taxtasiga osilgan ramziy su’ratga yopishtiring.Dars oxirida xulosalaymiz.

Uyga vazifa qilib sizga qanday mashqlar berilgan edi?

115-mashq matn tuzib kelsh edi.Tuzgan matnlaringizni o’qib berasiz.Keling qolganlar o’tgan mavzularni mustahkamlash maqsadida “Kim chaqqon-u kim topqir” o’yinini o’ynaymiz. Siz bunda ekrandagi su’ratga qarab fe’l nisbatlariga gaplar tuzing.Uyga vazifa yuzasidan o’quvchilarni rag’matlantiramiz.

Yangi mavzu:Orttirma nisbat qo’shimchalarining ishlatilishi.

1-topshiriq. Berilgan fe’llarga qavs ichid

agi orttirma nisbat shakillaridan mosini qo’yib ko’chiring.

O’qi (-t, -tir), o’t (dir, kiz), ich (-ir, -kiz, -tir,-iz) yoz (-t, -tir, -dir, -g’iz)

Bilib oling: Orttirma nisbatning -t qo’shimchasi unli tovush bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shiladi: O’qit, ishlat.

Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo’shimchalar qo’shilishi mumkin: o’qit-o’qittir, to’ldir-to’ldirg’iz, yozdir-yozdirtir.

Keling endi mashqlarni bajaraylik. O’quvchilar guruhlardan yozuv taxtasiga chiqib bajarasiz.Hamda “mevalar sayli” o’yinini o’ynaymiz.Bunda mashqni bajargan o’quvchi tezkor savollarga javob berishingiz lozim.Guruhlar rag’batlantiriladi.

Mustahkamlash:

 

Darsni mustahkamlash maqsadida “Sirli sandiqcha” oyinini o’ynaymiz . Bunda siz sandiqcha ichiga yashiringan kasb va hunar nomlarini tanlaysiz . (o`quvchilarga matn tuzish topshirig`I beriladi. Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarga quyidagi savollar beriladi).

Dars yakunida yig’ilgan rag’batlar sanaladi.Ramziy ma’nodagi yig’ilgan rag’batlar ikki yirik tarixiy asarni keltirib chiqaradi.Biri Pirmqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Mirmuhsinning “ Ildiz va yaproqlar” asari.

O’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa: 119-mashq beriladi.

 

Ona tili fani o`qituvchisi: To`raboyeva Shahnoza.