Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> San’atim –saodatim

 Kirish qismi  (Ozbekiston Respublikasining Davlat  madhiyasi ijro etiladi.

1-Boshlovchi:

 Assalom assalom xandon chehralar,

Xandadan yaralgan alvon chehralar,

Qalbimiz quyoshi bo`lsin munavvar

Lablarida kulgisi tulpon chehralar

2-boshlovchi:

 Shukrona aytarmiz qutlug` kunlarga,

 Ma`noga- mazmunga to`liq kunlarga.

 Farovon, nurafshon ulug` kunlarga,

Ey, ozod diyorim, O``zbekistonim!

1-boshlovhi: Assalomu alykum qalbi quyosh mehri daryo aziz ustozlar-u aziz mehmonlar! Mana bugungi  “  San’atim - Saodatim”  nomli tadbirimizga xush kelibsizlar. Tadbirimizni ochib berish uchun so`z navbatini maktabimiz direktori Tuydjanova Matluba Yo`ldoshevnaga  beramiz.

2-boshlovchi:

Har qarich tuprog`in aylay to`tiyo,

Jannatim jahonim onajonim sen!

Dunyoda yo`qdir senga o`xshash joy makon,

Vatan jondir- jondan ortiq  nedirim,

Bordir manim!!!

1-boshlovchi:qarang-a mana shunday olmalar yana qaysi davlatda bor? Bu olmalar faqat bizning diyorimiz O`ZBEKISTONDA bor . Mana shunday olmalarni yetishtirishda bizning bobodehqonlaimizning xizmati-yu , mehnati katta. Biz ularning mehnati evaziga noz- ne`matlardan bahramand bo`layapmiz.

2-boshlovchi:  Ha tushundim, siz hozirgi navbatni “Olma pishganda” nomli qo`shig`iga bermoqchisiz.

1-boshlovchi:To`g`ri topdingiz, hozirgi navbat 2-sinf qizlari ijrosida “Olma pishganda” nomli  qo`shig`iga.

2-boshlovchi: Bugun qanday kunligi hammaga ma`lum. Bugun 10- dekabr  O`zbekiston  Respublikasinig Davlat madhiyasi tasdiqlangan kun.

1-boshlovchi:

 Mulki jahon bayroqlari qatori

Shu`la sochdi bayrog`imiz sharori

Olam aro Madhiyamiz yangradi

Eshitgan kishi  joni yayraydi.

2-boshlovchi:  Mana kechagina biz 8- dekabr  Konstitutsiyamizning 23-yilligini keng

 nishonladik. Yurtboshimiz mana 2016 –yilni “Sog’lom ona-Sog’lom bola”deb e’lon q1ildi.

Mana shu kuni o`quv maskanlarida turli xil tantanalar,bayramlar kechalar o’tkazildi.O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi qarori bilanKonstitutsiya komissiyasi taqdim etgan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining loyihasi to’laligicha qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrdan boshlab amalga kiritilgan.

 (O`quvchilar konstitutsiyadagi ba`zi  bir moddalar va sherlar aytishadi)

1-boshlovchi:

Keksalarning duosin

Olish kerak har doim.

Ular uyning fayzidir,

Uqtirar bizga oyim.

2-boshlovchi:

Mehribon buvim,buvam,

Jon-dildan suyar bizni.

Ko’zimning qorasi ,deb

Ataydi o’g’il-qizni

1-boshlovchi:

 Biz bilamizki mana shu yili ya`ni 2015-yilni muhtaram yurtboshimiz “Keksalarni e`zozlash yili”deb e`lon qildilar.Xalqimiz bejizga  Keksalar xonadon fayzu- farishtasi deyishmaydi. Chunki keksalarimiz bor joyda o`zgacha fayz tarovat bo`ladi. Pirhikmat boblarimiz doimo izzatga loyiqdirlar Endigi navbat keksalarimiz haqidagi she`rlarga.

2-boshlovchi:   Endigi navbat “Nevaralar” qo`shig`iga.

1-boshlovchi:

Biz istiqlolning gul-u lolasi,

Ota-onalar ko`zin qorasi

Vatanimning eng baxtiyor bolasi

Baxtli avlod- yangi avlod bo`lman.

Endigi navbat  6-sinf qizlari ijrosida “Barkamol avlod ” raqsiga

2-boshlovchi: Bizning mahalla va ko’y,

                        Har bir xonodon va uy.

                        Mehrlarga to’lmoqda,

                        Shunday obod bo’lmoqda.            

Hozirgi kunda mahallarga katta e`tibor qaratilmoqda ya`ni obodonlashtirilmoqda.

Mana hozirgi navbatni “Mahallam” qo`shig`iga.

1-boshlovchi:Mana endigi navbatni dutor ijrosida  “Lola raqsi”   kuyni tinglang.       

2-boshlovchi:Katta-yu kichik yosh-qari hamma “Tangalik bolalar” kinofilmini ko`rgan bo`lsa kerak.

Biz hozir navbatni  mana shu kinofilmdagi “Tulpor” qo`shig`iga navbatni  beramiz.

1-boshlovchi:Oo’li ko’ksida doim

                        So’zi shirin muloyim,

                        Misoli moxlaroyim

                        O’zbegimning qizlari

Iqtidorli o’quvchilarimiz ijrosida  “Qizlarjon”raqsi

2-boshlovchi:Siz dunyoda yagona,

                       Muqaddasim,durdonam,

                       Tanhoyimiz,bir donam

                       Onajonim sog’ bo’ling

                       Nur  jahonim sog’ bo’ling

Endigi navbatni “Oyijonim” haqidagi  sherlarga  beramiz  marhamat  tinglang.

1-Boshlovchi:Endigi navbatni 2-sinf qizlari ijrosida “Gul”qo’shig’iga beramiz.

2-boshlovchi:Endigi navbat raqs “Xorazm lazgisi” ga beramiz.

1-boshlovchi:Hozirgi kunda ingliz tili ixtisoslashgan  tillar qatorida.Bu til yanada chuqurroq o’rganilmoqda.Buning uchun bizda yetarli sharoitlar  yaratilib berilgan.Biz faqat izlanib o’qisak bas.Endi navbatni maktabimiz iqtidorli o’quvchilar ijrosida “Ingliz tili”dagi “reyn” raqsga beramiz.

2-boshlovchi:

Sen beg’ubor,ham musaffo osmonimsan

B obolardan qolgan meros,dostonimsan

Onamdek muqaddas,odamdek aziz.

Mehr-la yaralgan chin bo’stonimsan.

Hammaga ma’lumki bu sher O’zbekiston ya’ni Vatanimiz bu mustahkam oilamiz,maktabimiz,obod mahallamiz.Vatan otamizdek ulug’ va aziz.Komil inson bo’lib ulgaysak,uning gullab yashnashiga hissa qo’shsak,sevib ardoqlasak barcha orzularimiz amalga oshadi.

1-boshlovchi:

Ma’rifat bo’stoni ezgu dostoni,

Do’stligu tinchlikning metin qo’rg’oni,

Ey ,ozod diyorim,O’zbekistonim!

Ey ,ozod diyorim,O’zbekistonim!

Endigi navbatni  iqridorli o’quvchilarimiz ijrosida “O’zbekistonim”qo’shig’i  va raqsiga beramiz.

 Buyuk Vatan jabhasida

 Barcha bo’lsin fidoiy,

 Istiqlolni asrang,do’stlar,

             Bu-fidolik demakdir.

Mana endi shuning bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.etiborlaringiz uchun tashakkur.
                                                                 Musiqa fani o`qituvchisi:  Rayimkulova Nelli Baxtiyarovna