Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> To`ldiruvchi haqida umumiy ma`lumot.

Sinf:   8-“B”
Mavzu:
TO`LDIRUVCHI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
TEXNOLOGIK XARITA
O`quv jarayonining mazmuni    O`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, axloqiy tarbiya berish. Mavzu ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish. Tilning ijtimоiy hаyotdаgi аhаmiyatini, оnа tiligа mеhr-muhаbbаt tuyg`ulаrini singdirish; fikrni оg`zаki vа yozmа rаvishdа bаyon etish.
O`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi    Uslub: og`zaki bayon qilish, kichik guruhlarda ishlash
Vosita: darslik, buklet, , slayd
Nazorat: og`zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o`z-o`zini nazotar qilish
Baholash: rag`batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash

Kutiladigan natijalar    
O`qituvchi: mavzu qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi. O`quvchilarning faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqish uyg`onadi.
O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi, og`zaki va yozma nutqi rivojlanadi, qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`ladi.

Kelgusi rejalar
    O`qituvchi: Pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаrni o`zlаshtirish vа dаrsdа tаtbiq etish, tаkоmillаshtirish, o`z ustidа ishlаsh. Pеdаgоgik mаhоrаtni оshirish.
O`quvchi: Mustаqil ishlаshni o`rgаnаdi. O`z fikrini rаvоn bаyon qilа оlаdi. Shu mаvzu аsоsidа qo`shimchа mаtеriаllаr аxtаrаdi, ulаrni o`rgаnаdi. Do`stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi.
 DARSNING MAQSADI:
Ta`limiy:      
  a) O`quvchilarga to`ldiruvchi haqida umumiy ma`lumot berish
Tarbiyaviy:          
  b) O`quvchilarni ona yurtga sadoqat, mehr-oqibatli bo`lish ruhida tarbiyalash.

O`tgan mavzu va uy vazifani so`rash – 7 daqiqa
Yangi mavzu bayoni – 15 daqiqa
Mustahkamlash – 10 daqiqa
Baholash – 2 daqiqa
Uyga Vazifa – 3 daqiqa
O`TGAN MAVZUNI SO`RASH:
Holning asosiy ma`no turlari nechaga bo`linadi?
2. Payt holi qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
3. O`rin holi ishtirokida gap ayting.
4. Ravish holi yana qanday nomlar bilan ataladi?

YANGI MAVZU quyidagi tartibda slaydlar asosida o`quvchilarga tushuntiriladi.
Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan tobe holatda bog‘langan bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi. To‘ldiruvchi asosan fe’l-kesimga bog‘lanadi:
M: Men bu gapni ukamdan eshitdim.
To`ldiruvchi 2 xil bo`ladi:
1. Vositasiz to‘ldiruvchi: kimni?, nimani?, qayerni? so`roqlariga javob bo`ladi.
 2. Vositali to‘ldiruvchi: kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim haqida? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi va quyidagicha ifodalanadi:

Mavzu tushuntirilgach, quyidagi mashqlar og`zaki va yozma tarzda bajariladi.
183-mashq. To`ldiruvchilar topilib, jadvalga joylashtiriladi. Bu mashq o`quvchilar tomonidan guruhlarga bo`lingan holda kompyuterda bajartiriladi.

MUSTAHKAMLASH:
To`ldiruvchi qanday hosil bo`ladi?
To`ldiruvchi necha xil bo`ladi?
To`ldiruvchi qatnashgan gaplar ayting va turlarini izohlang.
Ushbu boshqotirma odatdagidan boshqacha bo`lib,         bunda javoblar yozilgan, o`quvchilar berilgan so`zlarga ta`rif berib o`trishadi.



Radiodan taralayotgan kuy poyezdning taraqa-turiqiga jo`r bo`lib, kishini hayratga solardi

gapidagi to`ldiruvchilarni aniqlang va izohlang.
                BAHOLASH:
 Dars yakunida faol ishtirok etgan o`quvchilar va guruhlar rag`batlantirilib, baholanadi.

                                                                                                                                        Mehriniso Bobomurodova,
                                                                                                            Zarafshon shahridagi 2-umumta`lim maktabining
                                                                                                                    II toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi.