Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> Uchburchak., uning perimetri, turlari

6-sinf.   28.01.2015  Fan: Matematika

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Uchburchak., uning perimetri, turlari

Maqsad va vazifalar

a)Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga uchburchakni yasash, uchburchakning uchlari, tomonlari va burchaklari, perimetri, uchburchakning tomoniga ko`ra turlari, uchburchakning burchagiga ko`ra turlari haqida tushuncha berish;       

b)Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mamlakatimiz istiqbollari to`g`risida tushuncha berish, o`z yurtidan g`ururlanish, ona Vatanga sadoqatli komil inson bo`lib yetishishiga undash.

v) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni og`zaki nutqini tafakkur, xotira idrok mashqi orqali rivojlantirish, o`quvchilarni matematika faniga qiziqishlarini oshirish, tadbirkor, hisobchi, muhandis kasblariga yo`naltirish.

Vazifalar: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, kengaytirish.

   Mavzuga oid topshiriqlar bajariladi va o`quvchi topshiriq yuzasidan muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi. O`quvchilar uchburchak, uchburchakning tomoniga va burchagiga ko`ra turlari haqida ma’lumotga ega bo`ladi.

O`quv jarayonining

mazmuni

O`quvchilarning uchburchak va uning turlari haqidagi ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish va ularni kundalik hayotda qo`llash ko`nikmasini rivojlantirish

O`quv jarayonining

amalga

oshirish

texnologiyasi

Uslub: og`zaki, ko`rgazmali

Shakl: suhbat,  noan’anaviy, bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash, ma`naviyat daqiqasi.

Metod: “Kim topqir? Kim chaqqon?”, “Sonlar so`zlaganda”, “Burchak” o`yini, “Klaster”

Vosita: Darslik asosida ko`rgazmali qurollar, o`quv qurollari, chizg`ich, kompyuter, televizor, slayd taqdimoti, ko`rgazmali testlar, kartoteka savollari, rag`bat kartochkalari

Fanlararo bog`liqlik: chizmachilik, geografiya, tarix, informatika.

Nazorat: og`zaki nazorat, o`z-o`zini nazorat qilish

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash

Kuzatilgan

natijalar

O`qituvchi: mavzu qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi. O`quvchilar faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqish uyg`otadi, mavzuda o`quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim ko’nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o’quvchilar bilimi baholanadi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.

O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Og`zaki va yozma nutqi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qilish, ijobiy va tanqidiy fikrlash ko’nikmasi shakllanadi.

Kelgusi

rejalar

O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtiradi, o`z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini oshiradi.

O`quvchi:darslikdan ishlashni o`rganadi, o`z fikrini bayon qila oladi mavzuga oid qo`shimcha materiallarni topadi va o`rganadi.

 


1-4-slaydlar Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) davomat nazorati; c) uyga vazifani nazorat qilish;   d) o`quvchilarni ikki: “Yosh muhandislar” va “Yosh quruvchilar” guruhlariga ajratish har bir guruhga to`plagan balli rag’bat kartochkalari orqali baholash. O`quvchilarni dars rejasi va egallashlari lozim bo`lgan kompetensiyalari bilan tanishtirish.

   

O`tgan mavzuni mustahkamlashda 5-6-slaydlar orqali o`tgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash uchun tezkor savollar beriladi.Savollarga javob bergan o`quvchilarga rag`bat topshiriladi.

 

Ma`naviyat daqiqasi. “Sonlar so`zlaganda” o`yin asosida 7-8-slaydlarda: 2015-yil Prezidentimiz tomonidan qanday nomlanganligi,14- yanvar “Vatan himoyachilari” kuni, 9- fevral va 14-fevral buyuk mutaffakkir bobolarimiz A. Navoiy va Bobur tavalludi kunlari haqida o`quvchilar fikrlari so`raladi.

 

Yangi mavzu bayoni. Elektron darslik asosida  “Kichik ma`ruza” usulida yoritiladi va doskada amaliy mashqlar bajarilib ko`rsatiladi

  

 

   

9-11- slaydlarda rasm asosida uchburchak mustahkam shaklligi haqida tushuncha beriladi.

 

  Dars slaydda “Kim chaqqon? Kim topqir?” usuli asosida namoyish etish bilan davom ettiriladi. “Kim chaqqon kim topqir” usulidan foydalanib, o`quvchilarni yangi mavzuni o`zlashtirish darajalari tahlil qilinadi, tayyorlab qo`yilgan tarqatmalarga o`quvchilar berilgan topshiriqlarni javobini yozadilar. 30 sekund davomida bajargan o`quvchilar ragbat kartochkasiga ega bo`ladi.

Mavzuni mustahkamlash. Qiziqarli masala va mashqlar bajarish

14-slayd asosida mavzuga doir test ko`rgazma asosida beriladi. Darslikdagi726-727 -mashqlar doskada va o`quvchilar tomonidan yakka tartibda bajariladi. 15-slaydda “Atamalar” o`yini asosida guruhlarning mavzuga mos muhandis, quruvchi, burchak va uchburchak atamalarini rus va ingliz tillaridagi tarjimasi so`raladi.

17-slaydda “Mantiqiy javobni bilaman” usulida guruhlarga ovozli muammoli masala beriladi to`g`ri javob bergan guruhga rag`bat kartochkasi topshiriladi.

18-slayd havola etiladi va dars informatika faniga bo`lanadi. O`qituvchi Kitob.uz saytidan foydalanish imkoniyatlari haqida aytib o`tadi.

19-slayd asosida uyga vazifa tushuntirilib beriladi.

Dars yakuni: Bu bosqichda g`olib guruh ko`rgazma asosida aniqlanib rag`batlantiriladi. O`quvchilar baholari izohlanib qo`yiladi. O`qituvchi darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarga maqtov yorlig`i va sovg`alar berib darsni yakunlaydi.