Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> “Ustoz ulug` zot” mavzusidagi tadbir

 

“Ustoz ulug` zot” mavzusidagi tadbir

O`qituvchi:     45 daqiqa sirin kim bilar

               Sochingiz oqi-yu, ajinlar ular,

               Bolalar qalbiga tushgan tuyg`ular

               Vatanimning dono muallimlari

               Sinlar to`lishib to`lib boradi   

               Ilm dengizida suzib boradi

                   So`zlaridan gullar tuzib boradi

               Vatanimning dono muallimlari

               Shodliklar ko`p uning sanog`i yo`qdir

Siz bergan mehrning adog`i yo`qdir.

               Siz kabi ilmning fidosi yo`qdir

               Vatanimning dono muallimlari

Assalomu-alaykum aziz va mo`tabar ustoz-u murabbiylar va qadrli mehmonlar.Bugungi shodiyonamiz ulug` ustozlarimiz bayramlariga bag`ishlangan.”Ustoz ulug` zod” deb ataluvchi tantanamizga xush kelibsizlar.

Ashula: Ustozlar.

I-boshlovchi:    Assalom qalb to`ridan

               Joy olgan, ey buyuk zot

               Bosh egurmiz qarshingizda

               Ta`zim aylab umrbod

II-boshlovchi:   Ustozlardir nomingiz

               Sharafli mehnatingiz

               Kuylay baland ardoqlay

               Shogirdlik tuzin oqlay

I-boshlovchi: Assalom-u alaykum, hurmatli ustozlar-u, qadrli ota-onalar.Sizlarni bugungi tadbir dasturimizdagi ishtirokingizdan va quvonchimizning sherigi ekanligingizdan behad minnaddormiz.Bizni o`qishga ,yozishga hamda savod chiqarishimizda jon jahdlari bilan mehnat qilgan ustozlarimizning bugungi bayramlari bilan chin yurakdan qutlaymiz.

II-boshlovchi:   Dunyoda shunday kasb egalari borki,ular doim elni yurtni o`z shogirdini o`ylaydilar.Ular muallimlardir.Muallim mo`tabar inson.Dunyoda ota-ona vatan oldidagi burchibarqarordir.Men ustoz oldidagi burchni ham shular qatoriga qo`ygim keladi.Zero, ustoz ota-ona kabi aziz va mukarrama vatan kabi muqaddas.Ana shu muqaddas insonlarning barchasini bugungi ulug` ayyom bilan qutlaymiz.    

O`quvchi:Sevimli mustaqil diyorimizda bugun yana to`y tomosha.Bugun ustozlar xalq o`qituvchilari va murabbiylar bayrami. “Mustaqil o`zbek davlati xalqimizning tarixiy yutug`idir” debta`kidlagan edi yurtboshimiz I.A.Karimov. Ana shu tarixiy yutuqlarni saqlash , asrab-avaylash-u, yutuqlarni mustahkamlashda siz aziz insonlar ustozlarning xizmati beqiyosdir. Ana shularni e`tiborga olib 1997-yil 1-oktabrda Prezidentimizning maxsus Farmoniga asosan har yili 1-oktabr “O`qituvchi va murabbiylar kuni-ustozlar umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo`ldi.

 Raqs:Andijon polkasi (o`g`il bolalar ijrosida)

(Saxnaga pir-u ustozlar(ramziy ma`noda)Abduraxmon Jomiy

va Alisher Navoiy kirib keladila .Ustoz hamda ularni e`zozlash haqida o`gitlardan izhor etadilar).

   A.Jomiy:Bismillohir Rahmonir rohim… Aziz farzandlarim,jigarbandlarim,tinglang,eshiting! Har bir avlod o`z jamiyatini ustoz muallimsiz tasavvur eta olmaydi. Hayotning go`zalligi, faravonligi, obodligi qolaversa,istiqlolingiz ravnaqi muallim mehnati bilandir. SHuning uchun men bugun ham:

Jahonda bo`lmasa muallim agar

     Hayot ham bo`lmasdi go`zal  bu qadar,

Deb  baralla ayta olaman (ta`zim bajo keltiradi)

   A.Navoiy:Ustoz mavlono  Jomiy Lutf aytganlari kabi,olamni ilm yoritadi.SHuning uchun  kamina  ham:

    Turk nazmida chu tortib men alam,

     Ayladim ul mamlakatni yakqalam,-deyman

Ilmni odobni ustoz-muallimlar ko`p mashaqqatlar,fidoyi mexnatlari evaziga in`om eturlar,sizlar ular e`zozini,xurmatini doimo bajo keltirib ardoqlashingiz lozimdir.Ular mexnati siz uchun bexisob qo`ldir.Shuning uchun men sizlarga bugun xam:

     Xaq yo`lida kim senga bir xavf o`qitmish ranj ila,

     Aylamak bo`lmas ado oning xaqqin ming ganj ila,-

deya nasixat qilurman.    

O`quvchi: Muallim haqida so`zim ushbudir

             Muallim kamolot ichra ko`zgudir

             O`qidim Gerodot tarixin ko`p bor

             Farobiy,Danteni takror va takror

             Barini o`qidim lol qoldi aqlim

             Bariga ustozsan o`zing muallim

             Alisher qalbiga solgan,sehr fayz

             Sensan ey muallim,ustoz,Abu-Lays

             Qutlug` xonadonda qutlug` kalom bu

             Sinfimiz nomidan qutlug` salom bu   

O`quvchi:     Qiyos etgim keladi ustoz ustozlarni

             O`z mehrini-nurini baxsh etadi

             Ustoz ko`ngli xazina saxobatga to`liqdir 

Yetsang ustoz qadriga eling seni ardoqlar

Agar bilsang ustozing otang kabi ulug`dir

Ulug`dir  u ,otangdan ham ulug`dir

Ulug`dir u,onangdan ham ulug`dir

SHuning uchun ulug`dir  otadan ustoz

      Raqs:   O`zbekiston (qizlar ijrosida)

Muallim she`ri ( Quddus Muhammadiy)

Dorga yoysam rumolimni oxorlab

Bulbul  kuyga solar, uni saharlab

Suv sepaman eshigimga tong bilan

Muallimlar  o`tadi nahorlab

Muallimim mening shirin kalomim

Tong mashqidan elga bergan kalomim

Mualimim fayzi bilan orasta

Kelajagim, el-u yurtim  oromim

Muallimim-ko`kragimda maqtovim

Muallimim-mening  hayot maktabim

Muallimim aqli  bilan orasta

Xayolginam, orzuginam maktabim

Olqish sizga,mehringizga  muallim

 Mehringizga,sehringizga muallim

Bu kun  o`zgachadir jilvali  olam

Bu kun o`zgachadir quvonch gullari

Hattoki quyosh ham  jilmayganicha

Uzatar ta`zimla nurli qo`llari

Bu olam siz borsiz aziz ustozlar

SHunchalar  jilvali  shunchalar erka

Ana ko`riyapsizmi olam gullarin

Sizga uzatmoqda qalblari tilka

Bu olam gullari  sizning gulingiz

Sizga taratgan ziyo kelajak olam

Bu olam u sizning  o`quvchilaringiz

Sizdan  ta`lim  olgan haqiqiy odam

Aziz ustozlar siz misli quyosh

Haroratla yashar har shogird qalbi

Quyosh mehri-ziyosi tuganmas abad

  Uxuddi sizning nur mehringiz kabi

Bugun tabrik  so`zi sizdan arimas

Qutlug` yoshingiz bilan aziz ustozlar

Bu kun sizni kutar jamiki inson.

Ashula: Ustozlar Sobir Boboyev musiqasi

O`quvchi:      Shogirdlar bilimi qanotdir sizga

                              Mehnatda halollik-saodat sizga

                              Xotirjam yashamoq chin rohat sizga

                              Siz aziz insonsiz, dono muallim

                              Qalblarga ilmlar o`ygan naqqosh siz

               Yaxshilik yo`lida doim yo`lboshsiz

                          Siz shunday buyuksiz aziz muallim

O`QUVCHI:

                                                 USTOZ

                    Ilk marta qo`limga qalam tutqazib

                    Vatan,Ustoz,Ona so`zin yozdirib

              Xalqimga,yurtimga mehr uyg`otib

                    Yaxshini,yomonni o`rgatgan ustoz

           Vatanning qanchalar ulug` so`zligin

           Onadek mo`tabar va ulug`ligin

           Vatan bilanbag`r-u, jon to`lig`ligin

                     Avvalo, o`rgatgan o`zingiz ustoz

                     Yaxshiga yaqin-u,yomondan uzoq

                     Unga atalgandur dillardagi roz

                     Ilmning cho`qisin egallash uchun

                     Bizdan yordamini ayamas ustoz

Raqs:Xorazmcha(Qizlar ijrosida)

O`quvchi:   Deydilar dunyoda asli kim aziz

                     Aytdilar ustozdir,ustoz muallim

                     Tag`in aytdilarki aziz shubhasiz

           Ustozin qadriga yetolgan inson

                     Ustozim ko`zidan mehr yog`ilur

                     Aytgan har so`zidan sehr yog`ilur

           Onamdek mehrli nigohlaridan

                     Ko`nglimga beodat quvonch yog`ilur

                     Vatanga muhabbat otaga hurmat

                     Do`stlarga muruvvat dushmanga g`azab

                     Ustozim so`zidan olaman rohat

                     Tilagimiz ustozlar bo`lsin salomat

                     Mehringiz jo`shqin daryo

                     Qalbingiz cheksiz dunyo

                     So`zingiz gavhar a`lo

                     Sizga ming taqsin ta`zim

                     Aziz ustoz muallim

I-BOSHLOVCHI: SHuning bilan bizning 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag`ishlab tayyorlagan tadbir kechasi o`z nihoyasiga yetdi.

II-BOSHLOVCHI:

  Qolimga tutqazib daftar va qalam,

  Yuragimga quvonch berib bir olam,

  Goh erkalab,goh kuyib,guyoki onam,

 Rahmat,ilk bor ko’zim ochgan ustozim.

 Sizdan oldik odob-ahloq,hayoni,

     Ongimizga joylab har so’z, ma’noni,

     So’zingizdan angladik biz dunyoni,

     Rahmat,ilk bor ko’zim ochgan ustozim.

Niyatimiz shuki biz shogirdlarning baxtiga har doimo sog`-salomat bo`ling,qalbingizni mehr yuzingizni tabassum hech qachon tark etmasin,yuzingizdan hamisha nur yog`ilib tursin.
                                                                            Musiqa fani o`qituvchisi:Rayimkulova Nelli Baxtiyorovna