Uslubiy ishlar yo‘nalishi >> Dars-muqaddas >> Yilning eng yahshi fan o'qituvchisi - 2016 >> Muhim metodik muammolarni hal qilishga oid taqdimot.

Assalomu alaykum “Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi-2016” ko`rik tanlovi hay’at a’zolari. Men Rayimkulova Nelli Baxtiyarovna 2009-yildan buyon Zarafshon shahar 2- umumta`lim maktabining musiqa fani o`qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman.

Men pedagoglik sohasini tanlar ekanman,avvalo umid yulduzlarimiz bo'lmish kelajak avlodga ta'lim-tarbiya berib, jamiyatimiz rivojiga, ona-Vatan ravnaqiga ozgina bo'lsada, o'z ulushini qo'shishni bosh maqsad qilib oldim.Men tanlagan sohamni juda sevaman.Sababi sinfga kirishim bilan bolajonlarning beg'ubor nigohlari,bilimga chanqoq ko'zlari meni o'ziga jalb etadi va meni o'zining sehrli olami sari chorlaydi. Har doim:  Men o'qituvchiman, yaratguvchiman, Ilmu-ma 'rifatni taratguvchiman...   amaliga rioya qilib, har bir soat darsimga o'zgacha bir yangilik bilan kirishga harakat qilaman.

Respublikamizda istiqlol yillarida boshqa sohalar singari ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, farzandlarimizning hech kimdan kam bo`lmay kamol topishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish davlatimiz siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biriga aylangan. Ayni shu maqsadda  “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda uning mantiqiy davomi - Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining qabul qilinishi qo’lga kiritilgan imkoniyatlarni har tomonlama zamon talablariga mos jihozlangan maktablarda, zamonaviy o’quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi. Hozirgi kunda bizninig maktab ham ana shunday zamon talabiga mos ravishda jihozlangan.

Albatta bularning barchasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnomoligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning yorqin natijasidir. Prezidentimizning deya ta’kidlaganlaridek  shunday umidli yoshlarni tarbiyalashda biz pedagoglar yurtboshimizga qanot bo`lib, aniq maqsadlar sari intilaylik.

Men ham yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ta’lim sifatini oshirishda quyidagilarni o`z oldimga maqsad qilib qo`ydim: Birinchidan, “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida 5-7-sinflarda musiqa fanidan namunali ilg`or pedagogik texnologiya asosida tayyorlangan dars ishlanmalar to`plamini yaratib, “ZiyoNET” ta’lim tarmog`i orqali respublika miqyosida barcha pedagoglarni undan foydalanishiga imkon yaratish, viloyat, respublika miqyosida ommalashtirishga erishish; Respublika multimediya markazi bilan hamkorlikda o`zimning shaxsiy saytimni yaratish orqali musiqa fanidan elektron darsliklar, resurslar yaratishga erishish, “Kamolot YIH” bilan birgalikda iqtidorli o`quvchilarni Respublika miqyosdagi turli xil tanlovlar ishtirokini ta’minlash.

  Men darslarimda o’quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy faoliyatining rivojlanishini ta’minlashga harakat qilaman. Dars o’tishda men zamonaviy axborot texnologiyalari asosida: elektron darsliklar, videoroliklar, taqdimot slaydlari, InterNet tarmogi, “ZiyoNet” axborot ta’lim portaliga joylashgan ma’lumotlardan samarali foydalanaman.

Shu  15 yillik ish  faoliyatim mobaynida o'zim uchun bir uslub yaratdimki, bu mening va o'quvchilarim orasidagi o'zaro aloqani mustahkamlaydi va bir-birimizni tushunish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Ularni qo’llash asosida darsimiz qiziqarli va ko’rgazmali, o’quvchilarga dars davomida ko’p ma’lumot yetkazilib beriladi, vaqtdan yutiladi, o’quvchilar o’zlari ko’p mustaqil ishlar bajarib, ularni tekshirib oladilar. Bir qancha noan’anaviy darslar tashkil qilganda o’quvchilar faolligini, qiziqishini, ularning yashirin qobiliyatini guvohi bo’lish mumkin. Jumladan namunali ilg`or pedagogik texnologiya asosida tayyorlangan dars ishlanmalar to`plamini yaratishda “Kim chaqqon? Kim topqir?”, “Sanalar gap`radi”, “Aqliy hujum”, “Tezkor savollar”, “To`g`ri joylashtir”. “Ha-yo`q”, ”Bils so`rov”, “Zakovat”, “Beshinchisi ortiqcha”,”Notalarni toqqoslash”,”Qadamba-qadam”,va boshqa interfaol usullardan unumli foydalanaman.

Maktabimizda pedagog kadrlarni uzluksiz malaka oshirishini “Ustoz –shogird” usulida tashkil etish yo`lga qo`yilgan bo`lib, men ustoz o`qituvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Yosh o`qituvchilarga ko`mak berish, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirishda “Musiqiy rasmli testlar” axborot resurslar to`plamini yaratish ustida izlanmoqdaman. Bugungi kunda murakkablik darajasi har xil bo`lgan testlar bankini yaratdim.

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda 5-7-sinflar o`rtasida “Ohangrabo” to`garagini yuritib kelmoqdaman. To`garakdagi o`quvchilarimni turli ko`rik-tanlovlar, tadbirlar, musiqiy kechalarga jalb qilib, iqtidori va iste’dodlarini ro`yobga chiqishida ko`maklashaman. Iqtidorli va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan  ishlashga a`lohida e’tibor qarataman. Murakkab mavzular bo`yicha aniqlangan o`quvchilardagi bo`shliqlarni to`ldirish maqsadida darslarimni hayotiy misollar, qiziqarli o`yinlar asosida tashkil qilaman O’qituvchi doimo izlanishda bo’lar ekan dars samaradorligi oshaveradi.

Maqsadim mustaqil yurtimizning aziz farzandlarini yuksak intellektual bilimli qilib,estetik ruhda tarbiyalash.