Zarafshon shahar 2-umumta`lim maktabining musiqa fani o`qituvchisi Rayimkulova Nelli Baxtiyarovnaning “ Xor jamoalarini tuzish va o’quvchilarning estetik ko’nikmalarini shakllantirish” mavzusiga doir tuzgan loyihasi.

Loyihaning nomlanishi:

Musiqa fanida xor jamoasini tuzish va  estetik ko’nikmalarini shakllantirishning prinsip va metodlari”

Loyihaning dolzarbligi va zarurati:

 Hozirgi kunda musiqa fanlarni o’qitishga katta e’tibor qaratilayotganligi sababli   musiqa darslarida amaliy ishlarni  yuqori darajada tashkil qilish, musiqa fanidan o’quvchilar  bilim samaradorligini ko’tarishga erishish lozim. Musiqiy usul va metodlardan foydalansa dars qiziqarli,mazmunli bo’lib,o’quvchi yoshlarning musiqa faniga qiziqishi keskin oshadi,mustaqil izlanadi va o’quvchi ko’proq bilim olishga intiladi.

   Kutilayotgan  ishtirokchilar  guruhi:

Xorda 20 ta ijrochi o’quvchi jalb etiladi,o’quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. O’quvchilar 4 xil ovozga bo’linadi,ya’ni ayollar ovozi soprano alt va erkaklar ovozi tenor basga bo’linadi.Maktab o’quvchilarini ijobiy fikrlashga,muammolarni yechishga olingan  bilimlarni  mukammallashtirib qaytarishga,shakllantirish,qiziqish uyg’otishga erishish.

Xor jamoasi bilan ishlash uchun alohida ish reja tuzulib haftasiga 3 soatdan dars dars jadvali tuziladi.

            Loyihaning  maqsad:

-Bu  loyihani  tuzishdan  maqsad  dars  jarayonida  o`quvchilar  bilish  muhim  bo`lgan  mavzularni musiqa darslarida jamoa bo’lib kuylash, musiqa tinglash,musiqa savodini  tashkil  etish.

-Musiqa fan to’garaklarini tashkil  etish  orqali  interfaol  usullar  bilan o`quvchilarni  musiqa  faniga bo’lgan qiziqishlarini va estetik ruhda tarbiyalash, tasavvurni  kengaytirish.

            Loyihaning  vazifalari:

 Iqtidorli o’quvchilardan tashlik topgan xor  jamoalarni tuzish va yuqori saviyada  ishlarni tashkil  etish;

To’garak rahbari bolalarning yo’shiga,ijro etish imkoniyatiga,qobiliyatiga mos kelishiga alohida e’tibor berish;

Har bir kuy yoki qo’shiqni sof ovozda ifodali ijro etishni o’rgatish;

Musiqa darslarini mukammal tashkil etish,pedagogik texnologiyalar va usullarni to’g’ri foydalanish;

Musiqa  to’garaklarda  o’quvchilarning  faolligini  oshirish,fanlararo uzviylikni ta’minlash,milliy va zamonaviy qo’shiqlarni kuylashga o’rgatish.

1.Bugungi  kunda  o`quv  jarayonini  sifatini  yaxshilash  biz  o`qituvchilarni  yanada  izlanish, chuqurroq  bilimga  ega  bo`lishni  taqozo  etayotgan  bir  pallada  bizning  fanlar  ichra  eng  qiziqarli  musiqa  fanini  o`qitilish  jarayonida  bir  qancha  muammolarga  duch  kelamiz.

  Yoshlarning axloqiy va estetik barkamollogi ta’lim-tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’liq .Hozirgi kunda maktab o’quv jarayonidagi ta’limiy tadbirlar qatorida o’quvchilarning estetik dunyoqarashini boyitib borish ham muhim masalalar sirasiga kiradi.Ta’lim-tarbiya ishlarini o’quvchilarga milliy musiqali o’yinlarning estetik asoslarini anglash ko’nikmasini shakllantirishga yo’naltirish alohida e’tibor talab etiladi.Bugungi kunda musiqa darslarda nafaqat o’quvchilarning musiqiy savodxonligini, balki ularning ma’naviy estetik axloqiy va ruhiy fazilatlarini rivojlantirish talab etilmoqda. Musiqa darslarida milliy musiqa va kuy qo’shiqlardan foydalanish jarayonida onglilik va faollik prinsipida amal qilish kuyga xos harakatli o’yinlarni o’qitishga ongli munosabat va unga o’quvchilarning faolligini ta’minlashning,pirovard natijada har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshirishning pedagogik kafolatidir.

Maktablarda xor to’garaklari faoliyatini yo’lga qo’yish uchun “Musiqa” fani o’qituvchisi qo’shiq ayta bilishi,dirijyoklik qila olishi,fortepianoda va boshqa cholg’ularda nota bilan ijro etishi,zamonaviy texnika jihozlari kompyuter,mini-disk, SD player, sintezator magnitafon,ovoz kuchaytirish anjomlari bilan tanish bo’lishi, zamonaviy  xor reperturlarini mukammal bilishi lozim.

Shundagina galdagi vazifa-ya’ni kuylovchi bolalarni ovozlariga qarab saralashni amalga oshirish mumkin.Buning uchun quyidalar bilan tanishib olishi kerak.

Qo’shiqchilik ovozlari va ularning tavsifi: Nihoyatda nozik musiqiy ifodalash xususiyatlariga ega bo’lgan,o’zining turli-tuman,rango-rang tembiga boy bo’lganinson ovozi murakkab musiqa asbobidir.Shuning uchun ham ko’pincha inson ovozi” gapirib turuvchi musiqa asbobi” deb nomlanadi.

Inson ovozi 3-qismga bo’linadi.

-nafas olish organlari;

-hiqildor;

-rezonatorlar bo’lib,ular bir-biriga uzviy bog’liqdir.

Nafas orqali ovoz pardalariga urilib tebratadi va tovush chiqaradi.Ovoz pardalari lotincha-“lig vocale”deb nomlanib,ular yuqorida falset soxta ovoz va pastda chin ovoz joylashgandir.Ovoz aniqlashning asosiy tamoyillari;

-xorda qo’shiq ayta oladigan ovoz turi;

-xorga zarur musiqa qobiliyatiga ega bo’lgan insonlar ovozi;

-ovoz sifatlari bo’lishi darkor.

Bolalar ovozining xususiyatlari:Bolalarning ovozini ilk bahorda unib chiqan juda nozik nafis va go’zal maysaga o’xshatamiz.”Agar bu maysa o’z vaqtida suv,havo yoki quyosh nuri bilan ta’minlanmasa,buning natijasi nimaga olib kelishi aniq holdir.Bola ovozi ham xuddi shunday bir nozik a’zoki,unga juda katta ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak deb” uqtiradi ustoz san’atkorimiz Shermat Yormatov.

Bolalar ovozi o’z navbatida,soprano yoki diskant va alt ovoziga bo’linadi.

-Saprano yoki diskant,deb bolalarning yuqori ovoziga aytiladi.

Yengil,o’zgaruvchan,yumshoq yangraydigan ovoz bo’lganligi sabab qo’shiqlarda asosiy kuy yo’lini ta’sirchan ijro etadi.Uning diapazoni1-oktava “do” dan 2-oktava” sol” gacha bo’lgan oraliqni egallaydi;

-Alt ovozi esa bolalar ovozining pastki ovozi bo’lib,birmuncha yo’g’onligi va kuchli tembrga yaqinroqligi bilan ajralib turadi.Diapazoni-kichik oktava sol dan  2-oktava re gacha bo’ladi.

Qadamba-qadam amalga oshiriladigan harakatlar:

1–  qadam   - Jamoa bo’lib qo’shiq aytish metodi tanlanadi,va o’quvchilar ovoz diopozoniga qarab bo’linadi.

2 – qadam  -   Musiqa  darslarida notalar bilan ishlash usulini tashkil etish. 

3 – qadam  - Musiqa darslarini yuksak saviyada tashlik etish,to’garak mashg’ulotlar boyicha qo’llanma yaratish. 

Jarayon texnologiyasi va zarur materiallar:

To’garak mavzusidan kelib chiqqan holda mashg’ulotlarga fortepiano cholg’usi,slaydlar,musiqa to’plami,o’quv qollanmalar,SD-disk, milliy cholg’u asboblardan, qo’llaniladigan vositalar.   

Kutilayotgan  natija:

O’qituvchi – o’z ustida ishlaydi, yangiliklar kiritadi, boshqalarga targ’ib etadi, tajribalar almashadi, musiqa faniga qiziqtiradi, o’quvchilarni fanga yo’naltirib boradi,   baholaydi,maqsadga erishadi.

O’quvchi– olgan ma’lumotlar bo’yicha izlanadi.o’z tajribalarida qo’llaydi,mustaqil ishlashga o’rganadi,erkin fikrlaydi,bilimi oshadi.

Loyiha samaradorligini baholash mezonlari va monitoringi:

Pedagog tajribalar orqali o’quvchilarning bilim samaradorligi amaliy,tajtibalari orqali aniqlanadi va ballik tizimda baholanadi.Natijada loyiha natijalari kutayotgan natija bilan mos tushadi.                                           

Harakatlar  rejasi

T/R

Qadamlar

Ishtirokchilar soni

Ishtirokchining to’lov badali

jihozlar

Komunal

Xarajatlar

1 oy

Kvartal

3-oy

 

9 oyda

1

1-kvartal

20

1-kishiga 10 000 s o’m

1-kvartalda 30 000 so’m

Pianino-ijara haqi-200000,

Qo’llanmalar -50 000 ,so’m

mini disk-20000,

magnitolaning dastlabki bahosi-80000

10 000

so’m

 

30 000

So’m

90 000

So’m

2

2-kvartal

20

1-kishiga 10 000 s o’m

1-kvartalda 30 000 so’m

Pianino-ijara haqi-200000,

Qo’llanmalar -50 000 ,so’m

mini disk-20000,

magnitola

10 000

so’m

 

30 000

So’m

90 000

So’m

3

3-kvartal

20

1-kishiga 10 000 s o’m

1-kvartalda 30 000 so’m

Pianino-ijara haqi-200000,

Qo’llanmalar -50 000 ,so’m

mini disk-20000,

magnitola

10 000

so’m

 

30 000

So’m

90 000

So’m

jami

3

20

1.800 000 so’m

890000

30000

90000

270 000

 

Jami kelib tushadigan   mablag’i - 1800000

Sarflangan  xarajatlar  890000+270000=1160000

O’qituvchining oylik  maoshi  -640000 so’m