Mavzu:  Ozod Vatan- Obod Vatan qo’shig’i

                Darsning maqsadi

a)Ta’limiy maqsad :O’quvchilarga mavzu yuzasidan qamrovli tushuncha berish.”Ozod vatan-obod vatan” deya nomlangan qo’shig’ini musiqasi,aytish ohanggi haqida ma’lumotga ega qilish.Musiqiy idrok ko’nimmalarini shakllantirish

b)Tarbiyaviy maqsad :O’quvchilarni Ona vatanga muhabbat,sadoqat ruhida tarbiyalash.

c)Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlash,tinglagan hamda kuylagan asarlarga nisbatan o’z fikrini erkin bayon eta olish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars usuli :aralash

Dars jihozi :Fortepiano cholg’u asbobi konspekt ,tarqatma materiallar ,CD disk yozuvlari,magnitafon,qo’shiqlar to’plami kitob.

Dars turi :Yangi qo’shiqni o’rganish.

Darsning borishi : Bolalar o’qituvchi sinfga kirishi bilan salomlashadilar va quyidagi she’rni aytishadi.

Musiqani sevamiz,
U hayotning yo’ldoshi. 
Qo’shiq bilan boshlanar, 
Do’stim hayotning boshi.             
Qo’shiq aytsak samodan,                                              
Quyosh ham shodon porlar.     
Kuy,qo’shiqda hikmat ko’p, 
Do’stlik,birlikka chorlar.                                                                                      

O’qituvchi:Aziz o’quvcvhilar,bugun biz sizlaruyga vazifani so’rab bo’lgandan so’ng, mashg’ulotimiz davomida “Ozod-vatan-obod vatan”qo’shig’ini kuylashga o’rganamiz.

Yangi mavzu “Ozod-vatan-obod vatan”

 Normurod Narzullayev she’ri       Farhod Alimov musiqasi

Kulib o’tar oppoq naxor

Mangu mehmon yurtda bahor

Muqaddas el ona diyor

Muqaddas el ona diyor

          Naqorat

Bizdan qolur obod vatan

Bizdan qolur obod vatan

Bizdan qolur ozod vatan

Bizdan qolur obod vatan

Dunyo bilar ajdodimiz

Amir-Temur avlodimiz

 murodimiz

Totuv yashash murodimiz.

          naqorat

   Musiqa tinglash: Sultonali Rahmatovning “Assalom O’zbekiston” kuyini tinglatish.

      Mustahkamlash uchun savollari

      1 Ozod vatan-obod vatan qo’shig’ining mualliflari kimlar?

      2 Bu qo’shiq qanday ohangda va o’lchovda yozilgan?

      3 Bu qo’shiqdagi alteratsiya belgilari haqida aytib bering?  

Uyga vazifa: mavzuni o’qish, qo’shiq so’zlarini yodlash

 

 Mavzu: Folklor va uning paydo bo’lishi

        Darsning maqsadi

a)Ta’limiy maqsad :O’quvchilarga folklor haqida tushuncha berish .Olgan bilimlarini mustahkamlash.

b)Tarbiyaviy maqsad :O’quvchilarni estetik ruhida tarbiyalash

c)Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni folklore musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish ,fikrlay olish qobiliyatlarini shakllantirish.

Dars usuli :aralash

Dars jihozi :Fortepiano cholg’u asbobi konspekt ,tarqatma materiallar ,CD disk yozuvlari.

Dars turi :Yangi bilim berish

Darsning borishi : Tashkiliy qism o’quvchilar bilan salomlashish navbatchining axboroti uyga berilgan vazifani sorash .
                                                              

Yangi mavzu : Og’zaki so’z san’ati folklor yoki “xalq og’zaki poetik ijodi”,”xalq og’zaki ijodi”termalaribilan ijodalanadi.Folklor termini birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846 yilda qo’llangan bo’lib u ikki sozdan iborat,folk –xalqlar donolik donishmandlik ya’ni xalq bilimi xalq donoligi xalq donishmandligi demakdir.Folklor –xalqaro termin.Folklor deganda asosan xalq poetik ijodi tushuniladi.xalq san’atining boshqa turlari musiqa folklori termini qo’llaniladi.O’zbek folklorshunosligiga o’zbek folklor terminlarini birinchi marta Xodi Zarif kiritdi.1932-1935 yillar folklor asarlarida musiqa teatr san’ati folklore sinkretik san’ati deyiladi.Bu san’atning paydo bo’lishiga sabab bo’lgannarsa kishilar mehnat tajribasini og’zaki shakllarda tashkil qilishga bo’lgan intilishlari bular baytlar,maqollar,matallar qadim zamonlarning mehnatga doir shoirlari shaklicha xotirada osongina va mahkam o’rnashib qolgan  Folklor musiqasini milliy urf-odatlarimiz,marosimlarimizning ohanglardagi ko’rinish desak bo’ladi. Bu namunalar xalqimizning kundalik hayoti,mashg’uloti va milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Ularni asrashva kelajak avlodga to’laqonli yetkazish maqsadida maxsus folklor ansambllaritashlik etish joriy etildi(1978-yilda ilk bor Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida

“Gulyor”folklor ansambli tashlik etilgan. Ayni paytda esa,barcha viloyatlarda bunday ansambllar tashkil etilib, faoliyat ko’rsatib kelmoqda).

Musiqa merosi tarkibidan joy olgan folklor namunalari orasida o’zbek xalqining urf-odatlariga asoslangan marosim qo’shiqlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Odatda,ular o’z xususiyati doirasida quyidagi turlarga bo’linadi: 

    Jamoa bo’lib kuylash ”Boychechak”o’zbek xalq qo’shig’i                                     

    Musiqa tinglash “O’zbek xalq “ qo’shiqlarida tinglash.

    Mustahkamlash  test savollari

1 Folklor ansambli nechanchi yili tashkil etilgan?

a)1975 yil   b)1978 yil  c)1972 yil

2 Nurimova Lazokat Mirsalim qizi nechanchi yili tug’ilgan?

a)1958 yil   b)1933yil    c)1923yil

3 Jamalagi tillo, Omon yor, yor-yor, Bilaguzuk qo’shiqlari qaysi janrga kiradi?

a)maqom   b)estrada   c)folklor

4 Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida qanday folklor ansambli tashkil etilgan?

a)Gulyor   b)Mohi Sitora    c)Charxim

 Uyga vazifa: mavzuni o’qish, qo’shiq so’zlarini yodlash

 

Mavzu:Oddiy musiqa shakllari band va naqorat.

Maqsadimiz:Intilamiz bilimlar sari.Biz barkamol avlod farzandi . 

Shiorimiz:musiqani sevamiz jonu dildan kuylaymiz.

    Darsning maqsadi

a)Ta’limiy maqsad :O’quvchilarga band va naqorat haqida tushuncha berish .Olgan bilimlarini mustahkamlash.

b)Tarbiyaviy maqsad :O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

v)Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni fikrlay olish qobiliyatlarini shakllantirish, musiqaga bolgan qiziqishlarini oshirish .

Dars usuli :aralash

Dars jihozi :Fortepiano cholgu asbobi konspekt ,tarqatma materiallar ,CD disk yozuvlari.

Dars turi :Yangi bilim berish

Darsning borishi : Tashkiliy qism o’quvchilar bilan salomlashish navbatchining axbaroti uyga berilgan vazifani sorash .

Otilgan mavzu yuzasidan savollar :

1.Orkestr deb nimaga aytiladi ?

2.Orkestrlar nechta turga bolinadi ?

3.Birinchi xalq asboblari orkestri qachon paydo bolgan ?

4.Orkestrni kim boshqaradi ?

5.”Yoshligim ”qoshigini qaysi bastaskor qayta ishlagan ?

                                        

Yangi mavzu :

Qo’shiqlar ham o’zining hajmi va ijro etish murakkabligiga kora turlicha boladi.Eng oddiy qo’shiqlar –band va naqoratli qo’shiqlardir.Bunday oddiy shakldagi qo’shiqlarni siz koplab ijro etgansiz .Ular odatda bir necha banddan va naqoratdan iborat boladi. Qo’shiqda avval band , songra naqorat ijro etiladi. Bunga “O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi”,”Nisholda”,”Nevaralar qo’shig’i”,”Men -Gunchaman”,qo’shiqlari band va naqoratdan tashkil topgan.

    Jamoa bo`lib kuylash

Nadim Norxo’jayev musiqasi Safar Barnoyev she’riga yozilgan “Nevaralar qo’shigi”ni avval o’qituvchi tomonidan kuylab beriladi,mazmuni tushuntiriladi.

                                 

Musiqa tinglash “Qari NavoO’zbek xalq kuyini tinglash va muzokara o’tkazish

Notalar yordamida rebusni yeching

                                

 

 Yangi mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzuni qadam-qadam   o’yini orqali mustahkamlash

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish, qo’shiq so’zlarini yodlash