Zarafshon shahar 2-sonli maktabning musiqa

fani o’qituvchisi Rayimkulova Nellining

 ”1-oktyabr ustor va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan”Ustoz ulug’ zot” nomli tadbir ishlanmasi. 


“Ustoz ulug` zot” mavzusidagi tadbir

 

O`qituvchi:         45 daqiqa sirin kim bilar

                             Sochingiz oqi-yu, ajinlar ular,

                             Bolalar qalbiga tushgan tuyg`ular

                             Vatanimning dono muallimlari

                             Sinlar to`lishib to`lib boradi    

                             Ilm dengizida suzib boradi

                                      So`zlaridan gullar tuzib boradi

                             Vatanimning dono muallimlari

                             Shodliklar ko`p uning sanog`i yo`qdir

Siz bergan mehrning adog`i yo`qdir.

                             Siz kabi ilmning fidosi yo`qdir

                             Vatanimning dono muallimlari

Assalomu-alaykum aziz va mo`tabar ustoz-u murabbiylar va qadrli mehmonlar.Bugungi shodiyonamiz ulug` ustozlarimiz bayramlariga bag`ishlangan.”Ustoz ulug` zod” deb ataluvchi tantanamizga xush kelibsizlar.

Ashula: Ustozlar.

I-boshlovchi:       Assalom qalb to`ridan

                             Joy olgan, ey buyuk zot

                             Bosh egurmiz qarshingizda

                             Ta`zim aylab umrbod

II-boshlovchi:     Ustozlardir nomingiz

                              Sharafli mehnatingiz

                              Kuylay baland ardoqlay

                              Shogirdlik tuzin oqlay

I-boshlovchi: Assalom-u alaykum, hurmatli ustozlar-u, qadrli ota-onalar.Sizlarni bugungi tadbir dasturimizdagi ishtirokingizdan va quvonchimizning sherigi ekanligingizdan behad minnaddormiz.Bizni o`qishga ,yozishga hamda savod chiqarishimizda jon jahdlari bilan mehnat qilgan ustozlarimizning bugungi bayramlari bilan chin yurakdan qutlaymiz.

II-boshlovchi:      Dunyoda shunday kasb egalari borki,ular doim elni yurtni o`z shogirdini  o`ylaydilar.Ular muallimlardir.Muallim mo`tabar inson.Dunyoda ota-ona vatan oldidagi burchibarqarordir.Men ustoz oldidagi burchni ham shular qatoriga qo`ygim keladi.Zero, ustoz ota-ona kabi aziz va mukarrama vatan kabi muqaddas.Ana shu muqaddas insonlarning barchasini bugungi ulug` ayyom bilan qutlaymiz.         

O`quvchi:Sevimli mustaqil diyorimizda bugun yana to`y tomosha.Bugun ustozlar xalq  o`qituvchilari va murabbiylar bayrami. “Mustaqil o`zbek davlati xalqimizning tarixiy yutug`idir” debta`kidlagan edi yurtboshimiz I.A.Karimov. Ana shu tarixiy yutuqlarni saqlash , asrab-avaylash-u, yutuqlarni mustahkamlashda siz aziz  insonlar ustozlarning xizmati beqiyosdir. Ana shularni e`tiborga olib 1997-yil 1-oktabrda Prezidentimizning maxsus Farmoniga asosan har yili 1-oktabr “O`qituvchi va murabbiylar kuni-ustozlar umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo`ldi.

 Raqs:Andijon polkasi (o`g`il bolalar ijrosida)

(Saxnaga pir-u ustozlar(ramziy ma`noda)Abduraxmon Jomiy

va Alisher Navoiy kirib keladila .Ustoz hamda ularni e`zozlash haqida o`gitlardan izhor etadilar).

     A.Jomiy:Bismillohir Rahmonir rohim… Aziz farzandlarim,jigarbandlarim,tinglang,eshiting!  Har bir avlod o`z jamiyatini ustoz muallimsiz tasavvur eta olmaydi. Hayotning go`zalligi, faravonligi, obodligi qolaversa,istiqlolingiz ravnaqi muallim mehnati bilandir. SHuning uchun men bugun ham:

Jahonda bo`lmasa muallim agar

          Hayot ham bo`lmasdi go`zal   bu  qadar,

Deb    baralla  ayta olaman (ta`zim bajo keltiradi)

      A.Navoiy:Ustoz  mavlono   Jomiy  Lutf aytganlari kabi,olamni  ilm  yoritadi.SHuning  uchun   kamina   ham:

        Turk nazmida chu tortib men alam,

         Ayladim ul mamlakatni yakqalam,-deyman

Ilmni odobni ustoz-muallimlar ko`p mashaqqatlar,fidoyi mexnatlari evaziga in`om eturlar,sizlar ular e`zozini,xurmatini doimo bajo keltirib ardoqlashingiz lozimdir.Ular mexnati siz uchun bexisob qo`ldir.Shuning uchun men sizlarga bugun xam:

         Xaq yo`lida kim senga bir xavf o`qitmish ranj ila,

         Aylamak bo`lmas ado oning xaqqin ming ganj ila,-

deya nasixat qilurman.      

O`quvchi: Muallim  haqida  so`zim ushbudir

                          Muallim kamolot  ichra ko`zgudir

                          O`qidim Gerodot tarixin ko`p bor

                          Farobiy,Danteni takror va takror

                          Barini o`qidim lol qoldi aqlim

                          Bariga ustozsan o`zing muallim

                          Alisher qalbiga solgan,sehr fayz

                          Sensan ey muallim,ustoz,Abu-Lays

                          Qutlug` xonadonda qutlug` kalom bu

                          Sinfimiz nomidan qutlug` salom bu    

O`quvchi:         Qiyos etgim keladi ustoz ustozlarni

                          O`z mehrini-nurini baxsh etadi

                          Ustoz ko`ngli xazina saxobatga to`liqdir   

Yetsang ustoz qadriga eling seni ardoqlar

Agar bilsang ustozing otang kabi ulug`dir

Ulug`dir   u  ,otangdan  ham  ulug`dir

Ulug`dir  u,onangdan  ham  ulug`dir

SHuning  uchun ulug`dir   otadan  ustoz

           Raqs:     O`zbekiston  (qizlar  ijrosida)

Muallim  she`ri ( Quddus Muhammadiy)

Dorga  yoysam rumolimni oxorlab

Bulbul   kuyga  solar, uni saharlab

Suv  sepaman  eshigimga  tong  bilan

Muallimlar    o`tadi  nahorlab

Muallimim  mening  shirin  kalomim

Tong  mashqidan elga  bergan  kalomim

Mualimim  fayzi  bilan  orasta

Kelajagim,  el-u  yurtim   oromim

Muallimim-ko`kragimda  maqtovim

Muallimim-mening   hayot  maktabim

Muallimim  aqli   bilan  orasta

Xayolginam,  orzuginam  maktabim

Olqish  sizga,mehringizga   muallim

 Mehringizga,sehringizga  muallim

Bu  kun   o`zgachadir  jilvali   olam

Bu  kun o`zgachadir  quvonch  gullari

Hattoki  quyosh  ham   jilmayganicha

Uzatar  ta`zimla  nurli  qo`llari

Bu  olam  siz  borsiz  aziz  ustozlar

SHunchalar   jilvali   shunchalar  erka

Ana  ko`riyapsizmi  olam  gullarin

Sizga  uzatmoqda  qalblari  tilka

Bu olam  gullari   sizning  gulingiz

Sizga  taratgan ziyo  kelajak  olam

Bu  olam  u  sizning   o`quvchilaringiz

Sizdan   ta`lim   olgan  haqiqiy  odam

Aziz  ustozlar  siz  misli  quyosh

Haroratla  yashar  har  shogird  qalbi

Quyosh  mehri-ziyosi  tuganmas  abad

   Uxuddi  sizning  nur  mehringiz  kabi

Bugun  tabrik   so`zi  sizdan  arimas

Qutlug`  yoshingiz  bilan  aziz  ustozlar

Bu  kun  sizni  kutar  jamiki  inson.

Ashula: Ustozlar  Sobir Boboyev musiqasi

O`quvchi:            Shogirdlar bilimi qanotdir sizga

                              Mehnatda halollik-saodat sizga

                              Xotirjam yashamoq chin rohat sizga

                              Siz aziz insonsiz, dono muallim

                              Qalblarga ilmlar o`ygan naqqosh siz

                             Yaxshilik yo`lida doim  yo`lboshsiz

                             Siz shunday buyuksiz aziz muallim

O`QUVCHI:

                                                 USTOZ

                    Ilk marta qo`limga qalam tutqazib

                    Vatan,Ustoz,Ona so`zin yozdirib

                     Xalqimga,yurtimga mehr uyg`otib

                    Yaxshini,yomonni o`rgatgan ustoz

                     Vatanning qanchalar ulug` so`zligin

                     Onadek mo`tabar va ulug`ligin

                     Vatan bilanbag`r-u, jon to`lig`ligin

                     Avvalo, o`rgatgan o`zingiz ustoz

                     Yaxshiga yaqin-u,yomondan uzoq

                     Unga atalgandur dillardagi roz

                     Ilmning cho`qisin egallash uchun

                     Bizdan yordamini ayamas ustoz

Raqs:Xorazmcha(Qizlar ijrosida)

O`quvchi:     Deydilar dunyoda asli kim aziz

                     Aytdilar ustozdir,ustoz muallim

                     Tag`in aytdilarki aziz shubhasiz

                      Ustozin qadriga yetolgan inson

                     Ustozim ko`zidan mehr yog`ilur

                     Aytgan har so`zidan sehr yog`ilur

                     Onamdek mehrli nigohlaridan

                     Ko`nglimga beodat quvonch yog`ilur

                     Vatanga muhabbat otaga hurmat

                     Do`stlarga muruvvat dushmanga g`azab

                     Ustozim so`zidan olaman rohat

                     Tilagimiz ustozlar bo`lsin salomat

                     Mehringiz jo`shqin daryo

                     Qalbingiz cheksiz dunyo

                     So`zingiz gavhar a`lo

                     Sizga ming taqsin ta`zim

                     Aziz ustoz muallim

I-BOSHLOVCHI: SHuning bilan bizning 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag`ishlab tayyorlagan tadbir kechasi o`z nihoyasiga yetdi.

II-BOSHLOVCHI:

   Qolimga tutqazib daftar va qalam,

   Yuragimga quvonch berib bir olam,

   Goh erkalab,goh kuyib,guyoki onam,

 Rahmat,ilk bor ko’zim ochgan ustozim.

 Sizdan oldik odob-ahloq,hayoni,

          Ongimizga joylab har so’z, ma’noni,

          So’zingizdan angladik biz dunyoni,

          Rahmat,ilk bor ko’zim ochgan ustozim.

Niyatimiz shuki biz shogirdlarning baxtiga har doimo sog`-salomat bo`ling,qalbingizni mehr yuzingizni tabassum hech qachon tark etmasin,yuzingizdan hamisha nur yog`ilib tursin.