Mavzu

Volfgang Amadey Motsart hayoti

Маqsad va vazifalar

1.Talimiy maqsad:O`quvchilarning Volfgang Amadey Motsart haqida bilim ,malaka, ko’nikma hosil qilish.

2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarga buyuk kompozitorlardan qolgan bebaho ma’naviy meros haqida ma’lumot berish orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarga musiqa asarlarini tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.

Vazifalar:O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, kengaytirish;

-Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni oquvchilar tomonidan yakka va guruh hollarida o’zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali tarqatma materialdagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganini nazorat qilish,ularning bilimini baholash.

Oquv jarayoning mazmuni

 O`quvchilarga Kompozitor hayoti haqida tushuncha berish. Motsart asarlaridan namuna tinglash.

Oquv jarayoning amalga oshirish texnologiyasi

Uslubi: Аmaliy, ko’rgazmali

Shakli:Аralash

Usuli:Aqliy hujum,jamoalarda ishlash,amaliy

Vosita:Darslik, tarqatma materiallar,аudio SD disk yo’zuvlar, AKT fortepiano cholg’u asbobi,rag’bat kartochkalar,boshqotirma kompozitorning rasmi.

Nazorat: оg’zaki nazorat,savol javob .

Baholash: 5balli tizim asosida

Kutiladigan natijalar

Oqituvchi:Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha oquvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.Oquvchilar faolligi,shu fanga nisbatan qiziqishi oshadi.Bir darsda barcha oquvchi baholanadi.Oquvchilar tomonidan mavzuni mustaqil o’rganish va uni xotirada saqlashga,boshqalarga etkazish,yo’zma savodxonligiga erishadi.

Oquvchi: Yangi bilimlarni egallaydi.Yakka va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi,мusiqaviy dunyoqarashi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi.O’zini o’zi nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladi va baholay oladi.

Kelgusi rejalar

Oqituvchi:Pedogogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsga tadbiq etish,takomillashtirish,o’z ustida ishlash,mavzuni hayotiy voqiyalar bilan bog’lay olish,pedogogik mahoratini oshirish.

Oquvchi: Mustaqil ishlarni o’rganadi.O’z fikrini ravon bayon qila oladi.Mavzu asosida qo’shimcha ma’lumotlar toplaydi,ularni o’rganadi. Dostona muhitda ishlash ko’nikmasi shakllanadi.

        

        

      Dars bosqichlari

1

Tashkiliy qism                     2

2

Uyga vazifani so’rash               7

3

Yangi mavzu bayoni                18

4

O’tilgan mavzuni mustahkamlash      5

5

“Musiqiy topishmoq” oyini           3      

6

 Boshqotirma yechish               2               

7

 Darsni yakunlash                  2                                

8

 Uyga vazifa                       1

 

                       

   1.Tashkiliy qism

Salomlashish, navbatchi axboroti tinglanadi,sinfning dars jarayoniga tayyorgarligi kuzatiladi.     

 Dars shiori: Мusiqani sevamiz jonu dildan kuylaymiz.

Shundan song oqituvchi oquvchilarni 3-guruhga bo’ladi.

 1-guruh “Estrada ”

 2-guruh “Folklor”

 3-guruh “Yalla”

 2.Uyga vazifani so’rash:Otilgan mavzuni kompyuterda tezkor savol javob orqali oquvchilardan soraladi.

1. Ko’p ovozli musiqa janrlaridan qaysilarini bilasiz?

2. Opera nechanchi asrda va qayerda paydo bo’lgan?

3. Kantata va oratoriya janri haqida gapirib bering?

4. Kantata va oratoriya qaysi davrda paydo bo’lgan?

5. Balet deb nimaga aytiladi ?

6. Balet janrida qaysi kompozitor asar yozgan?

7. Simfoniya nechanchi asrda paydo bo’lgan?

8. Organ uchun musiqa yozgan qaysi kompozitorlarni bilasiz?

9. Organ qanday cholg’u asbob?

10. O’zbek musiqasiga ko’p ovozli musiqa janrlari qachon va qayerdan kirib  kelgan?  

11. Dunyo tan olgan kompozitorlar  kimlar va ular qaysi janrning mumtoz namunalarini  yaratganlar?

12.Yevropa mumtoz musiqasiga yana qanday janrlar paydo bo’ldi?

3.Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzuni oquvchilarga slayd klaster usulida tushuntiriladi.

Chet el kompozitorlari ichida dunyga mashhur bo’lgan kompozitor avstriyalik Volfgang Amadey Motsartdir.U 1756-yil 27-yanvarda Avstriyaning kichik bir shaharchasi Zalsburgda saroy kompozitori va organchi Leopold Motsart oilasida dunyoga kelgan. U soatlab klavesinda shug’ullanar, opasi, 8 yoshli Annaning chalgan kuylarini bir eshitishda xatosiz chalib bera olar edi. Motsart chet tillari, tarix, geografiya, arifmetika va boshqa fanlarni ham yetarlicha bilim oldi.
                               

Musiqa tinglash: Sinf fonotekasidan Volfgang Amadey Motsartning ”Bahor Sog’inchi” asari tinglanib suhbat-munozara o’tkaziladi.

Jamoa bo’lib kuylash: Ovoz sozlash mashqlarini bajarib, Mahmudjon Dadaboyev she’ri va musiqasiga yozilgan “Sog’lom bola” qo’shigini oqituvchi yordamida kuylashga organish.      

 4.Yangi mavzuni mustahkamlash: Kompyuterda test topshiriqlari slayd orqali bajariladi.

1. Volfgang Amadey Motsart nechanchi yillarda yashagan?

a) 1756 yil 27-yanvar    b) 1758 yil 25-yanvar   s) 1759 yil 29-yanvar

2. Motsartning musiqaga bo’lgan qiziqishi necha yoshidan sezila boshladi?

a) 6 yoshdan     b) 3 yoshdan       s) 7 yoshdan

3.Motsartning birinchi kitobi qayerda bosilib chiqadi?

a) Londonda    b) Jenevada    s) Parijda

4. Boloniya Musiqa akademiyasining faxriy a’zosi diplomini necha yoshida oladi?

a) 16 yoshda     b) 14 yoshda     s) 12 yoshda   

5.Motsartning yaratgan operalari qaysi qatorda tog’ri ko’rsatilgan?

a) Figoraning uylanishi ,Sehrli fleyta  b) Evgeniy onegin, Sadko  s) Fotimaning sarguzashtlari, Karmen

6. Motsart necha yil umr ko’rdi?

a)  35 yil      b) 36 yil     s) 37 yil

7.Motsart birinchi operasini necha yoshida yaratadi?

a) 15 yoshida     b) 12 yoshida     s) 14 yoshida

8.Motsartning ustozi kim?

a) Padre Martini    b) Rimskiy Korsakov  s) Organchi Nefe

5.“Musiqiy topishmoq oyini” Fortepianoda musiqa ijro etiladi,oquvchilar musiqani tinglab tog’ri  javobni aytadi.

7. Boshqotirma yechish

8.Darsni yakunlash: G’olib guruh aniqlanib,darsga faol ishtirok etgan oquvchilar ragbatlantiriladi,kundalik daftarlariga ball qo’yiladi.

9.Uyga vazifa: Mavzuni oqish,”Sog’lom bola”qoshigining sozlarini yodlash,mavzu boyicha qo’shimcha ma’lumotlar topla