Yangiliklar

"Biz buyuk yurt farzandlarimiz"shiori ostida o’tkazilgan sport musobaqasi

     Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab 4-sinf o’quvchilari o’rtasida "Biz buyuk yurt farzandlarimiz" shiori ostida sport musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada “Lochinlar”, “Alanga”, “Epchillar” va “Chaqqonlar” jamoalari 5ta shart bo’yicha bellashdi. Musobaqada har bir jamoa ishtirokchilari faol qatnashib, g’oliblik uchun kuch sinashdi.  

     Musobaqa natijasiga ko’ra “Alanga” jamoasi sovrinli I-o’rin, “Epchillar” jamoasi II-o’rin, “Lochinlar” jamoasi III-o’rinni qo’lga kiritdi. Musobaqa ishtirokchilari va g’olib jamoalar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va diplomlar  bilan taqdirlandi.

                      
                                                                                                                                        Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi: Xatamova J.R

 

Imkoniyatlar intilishga undaydi.

Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya bilan bir qatorda sportga bo`lgan e’tibor alohida ahamiyatga ega. Sport insonlar qalbiga mardlik, oliyjanoblik, g`urur hissini uyg’otadi. Sport musobaqasida qatnashadigan yoshlar ko`ksi hayajonga to`la turadi. Ularning o`zlariga bo`lgan ishonchi, mas’uliyati maydonda yanada shijoat bilan harakatga undaydi.

  Mamlakatimiz spotchilari jahon arenalarida xalqimiz sha’ni, obro`sini yuksaklarga ko`tarib kelmoqda. Shu jumladan, maktabimizda ham sportga o’zgacha mehr qo’ygan sportchi yoshlar talaygina. Shulardan maktabimiz o’quvchilari Amonov Bexruz shaxmat bo`yicha 1-o`rin, Umrzoqov Doston og`ir atletika bo`yicha 2-o`rin, Qo`ldoshov Akmal Dzyudo bo`yicha 1-o`rin, Egamova E`zoza yengil atletika bo`yicha 2-o`rin, Nosirov Shuhrat o`zbek jang san’ati bo’yicha 3-o`rin, Qaxxorova Zebo og`ir atletika bo’yicha 2-o`rin, Shokirov Diyor yengil atletika bo’yicha 3-o`rin , Asatova Umida yengil atletika bo’yicha 2-o`rinlarni Respublika miqyosida o’tkazilib kelinayotgan sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqdalar. Albatta bu yutuqlar ortida bugungi kunda keng jamoatchilikning sportga bo`lgan intilishi, qolaversa, o’qituvchi va murabbiylarning hissalari beqiyosdir. 
                        
                                                                                                                                                          
jismoniy tarbiya o`qituvchisi Sattorova Ozoda

 

Mahorat bellashganda oshadi.

 Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darsi va sport mashg’ulotlari samaradorligini oshirishda o’quvchilar o’rtasida tashkil etilayotgan sport musobaqalari muhim ahamiyatga ega. Bugun har bir o’g’il-qiz ma’nan va jismonan yetuk bo’lib voyaga yetishida, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o’rni beqiyos. Sport bilan muntazam shug’ullanish, sport musobaqalarining tashkil etilishi o’quvchi-yoshlarga jismoniy kuch va ma’naviy ozuqa bermoqda. O’quvchilarni bo’sh vaqtlarini  samarali tashkil etish maqsadida, o`quvchilar sport to’garaklariga jalb etib kelinmoqda.To’garak a’zolari sport tadbirlarida, musobaqalarda faol ishtirok etib, bellashuvlarda o’z mahoratlarini oshirib bormoqda.

 2-umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031 sonli qaror ijrosini taminlash maqsadida “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur” shiori ostida ’’Yengil atletika’’ sport to’garagi o’quvchilari o’rtasida birinchilik musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada 22 nafar o’quvchilar 6 ta shart bo’yicha bellashdi. Musobaqa juda qiziqarli va shiddatli o’tdi.

 Musobaqa natijalariga ko’ra o’g’il bolalar o’rtasida 3-“B” sinf o’quvchilari Sh.Majidov  va O.Yerkinov  1-o’rin, 3-“G”,”V” sinf o’quvchilari L.Sadriddinov, Sh.Muxtorov  va M.O’rinboyev  2-o’rin, 3-“V”sinf o’quvchilari D.Amonov, A.Husanov  va N.Mardonov 3-o’rinni, qiz bolalar o’rtasida 3-“V”, “B” sinf o’quvchilari N.Esonova va B.Boboyeva  1-o’rin, 3-“B” sinf o’quvchisi M.Fayziyeva  2-o’rin, 3-“B”,“A”sinf o’quvchilari B.Najmiddinova  va F.Amonova  3-o’rinni egalladi. G’olib o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.            

 

Абай –қозоқ мумтоз адабиётининг улкан вакили

  Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2018 йил 13 мартда “Буюк қозоқ шоири ва мутафаккири Абай Қўнонбоев ижодий меросини ўрганиш ва тарғиб қилиш тўғрисида”ги қарорни имзолади.

  Ушбу қарор билан халқимизнинг қардош Қозоғистон халқига, унинг бетакрор адабиёти ва маданиятига, ёруғ келажагига бўлган ҳурмати ва ишончининг ёрқин ифодаси сифатида юртимизда буюк қозоқ шоири Абай Қўнонбоев ижодий меросини ўрганишга кенг йўл очди.

  Абай Қўнонбоев қозоқ мумтоз адабиётининг асосчиларидан бири, буюк шоир ва маърифатпарвар ҳисобланади. Шоирнинг ижоди ёшлик чоғларидан шеър ёзиш ва ўлан айтишдан бошланди. Абай ўзигача оғзаки куйлаб келинган ўланларни ёзма адабиётга олиб кирган шоирдир. Шоир ўланларни ёзма яралишдан ташқари уларга куй басталаб. маҳорат билан куйлаган. У басталаган 17 та ўлан куйи ҳозиргача оқинлар томонидан севиб ижро этиляпти. Абай ижодий меросининг салмоқли қисмини халқни илм-маърифатга, маданиятга даъват қилувчи “Нақлия сўзлар” мажмуаси ташкил этади . Абайнинг ушбу асарида инсон ҳаётида муҳим ўрин тутадиган ақл, илм-зиё, инсоф ва адолат, яхши хулқ, муомала маданияти, дин, эътиқод, давлатни идора қилиш, халқлар, элатларнинг аҳил, дўстона муносабатда бўлишлари ҳақида мулоҳаза юритади.

  Зарафшон шаҳар 2-умумтаълим мактабида Абайнинг ижодий меросини ўрганиш мақсадида ўқувчилар ўртасида китобхонлар суҳбати, “Абай асарлари билимдони” иншолар танлови ўтказилмоқда. Жумладан, мактаб кутубхоначиси А.Карбаева ва фан ўқитувчилари томонидан “Абай-қозоқ мумтоз адабиётининг йирик вакили” мавзусида 6-синф ўқувчилари ўртасида тадбир ташкил этилди.Тадбирда ўқувчилар шоир Абайнинг ҳаёти ва ижоди ҳақида маълумотлар айтдилар. Абайнинг “Насиҳатлар” китобидан илм ўрганишнинг бир неча шартлари ҳақидаги фикрлари айтилиб, саҳна кўриниши намойиш этилди. “Насиҳатлар” китобидан ҳикматли сўзлар ва шоир шеърларидан намуналар айтилди , куй ва қўшиқлар ижро этилди.

  Улкан сўз санъаткори Абай ижодини ўрганиш ўзбек китобхонлари орасида яна давом этади.Унинг “Насиҳатлар” китобида берилган ҳикматлар инсонларнинг маънавиятини бойитиб, илм ўрганишда муҳим аҳамият касб этади.

                        

              Она тили ва адабиёт фани ўқитувчиси Муҳиддинова Д.Н.

 

Amir Temur avlodimiz

Amir Temur tavalludining 682- yilligi munosabati bilan 2- umumta`lim maktabi 7 “G ”sinf o`quvchilari tomonidan “Amir Temur avlodimiz  ” mavzusida ma`naviy tadbir bo`lib o`tdi. Bunda o`quvchilar  buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqidagi ma`lumotlarni aytib o`tishdi .So`ngra ular Amir   Temur haqidagi she`rlarni yod lib aytdi,temur tuzuklaridan do`stlik, davlat boshqaruvi haqidagi qimmatli ma`lumotlarni aytdi.Amir Temurga atab sahna ko`rinishi namoyish etildi. Tadbir tomoshabinlarga ya`ni o`qituvchi va o`quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.Tadbir so`nggida o`quvchilar “Mening Temur bobom ”mavzusidagi qo`shiqni birgalikda jo`r bo`lib aytishdi.Bunday tadbirlar o`quvchi yoshlarda kitobxonlikka bo`lgan e`tiborini,ona vatanga bo`lgan muhabbati,buyuk ajdodlarimiz qoldirgan moddiy va ma`naviy merosni o`rganishda juda katta ahamiyatga egadir.
             

Qurbonov Mirmuhsin Mizrobovich