Yangiliklar >> " O’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakillantirish bo’yicha eng yaxshi konsepsiya muallifi"

          Bizga ma'lumki, barcha sohalarda bo’lgani kabi yurtimiz ta'lim tizimida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ko’rkam maktab binolari shahrimizga o’zgacha chiroy bag’ishlab turibdi. Bizning ta'lim maskani ham istiqlol tufayli chiroy ochgan ta'lim muassasalaridan hisoblanadi.

           ARMda milliy , umumbashariy qadriyatlarni va an'analarni qadrlash hamda ta'lim - tarbiyada ulardan foydalanishni yo’lga quyishga erishish, “Maktab, oila, mahalla hamkorligi”ni yanada kuchaytirish, milliy mafkura va mustaqillik g’oyasini keng targ’ib qilish yo’li bilan o’quvchilar bilimini oshirish maqsadida "Kitobxonlar bayrami", "Adabiyot kunlari", "Kitobxon maktab ", "Kitobim - oftobim " kabi bir qancha tadbirlar uyushtirib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib, ana shunday tadbirlardan biri bu- Axborot - resurs markazlari xodimlari o’rtasida ham tashkil etildi.O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tashabbusi bilan o’tkaziladigan "O’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini  shakillantirish bo’yicha eng yaxshi konsepsiya muallifi" tanlovidir.   Qo’lingizdagi ushbu konsepsiyada " O’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni rivojlantirish omillari"   deb nomlandi.

        Konsepsiyaning maqsadi kitobga " tafakkurning tolmas qanoti " deb ta'rif berishganda, u insonning ma'naviy olamini boyitish, yuksak ijodiy va yaratuvchanlik orzulari ichida harakat qilib yashashi nazarda tutilgan bo’lsa kerak. Buyuk bobokalonlarimiz bola tarbiyasida kitobning o’rni

kattaligini, kitobni nihoyatda qadrlash, shuningdek bunday bebaho adabiy merosdan samarali foydalanish kerakligini ta'kidlab o’tganlar. Ular qahraton qish kunlarida ham oydin va qorong’u kechalarda ham bir joyga to’planib kitobxonliklar, g’azalxonliklar o’tkazishgan, ya'ni hozirgi til bilan aytganda adabiy va she'riyat kechalari uyushtirib o’tkazishgan.Kitob paydo bo’lgandan buyon insonga hamrohlik qilib keladi. Kitob hamma davr va xalqlarning eng ulkan kashfiyoti bo’lib, ajdodlarning tajribasini jamlash va jamg’arishga ko’mak berib keladi. qabilalar, odamlar, davlatlar yo’qolib ketavergan, ammo ulardan esdalik bo’lib kitob qolgan.  Ayniqsa bolalar va o’smirlar kitoblar orqali atrofidagi olamning rang-barangligini ko’radi va o’zini qiziqtirayotgan turli savollarga javob topadi.

   Ona Vatanimiz qudratini yanada mustahkamlash uchun qo’shayotgan hissasini chuqurroq tushunadi va turli sohalardagi yangiliklar, adabiyot va san'atga doir, yozuvchi va shoirlar hayoti haqida, vatanimizdagi o’zgarishlar hamda yangiliklar haqida kengroq bilimga ega bo’ladilar.

  Konsepsiyaning vazifasi o’z –o’zidan  ma'lumki, ARMga kitobxonlarni kўproq jalb etish,yoshlarga kitob orqali bilim va tarbiya beruvchi mutaxasislarga quyiladigan talablar, ARM kitob -kitobxonlik munosabatlari, o’quvchilarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini turli xildagi tadbirlar, biror bir kitob yuzasidan savol- javob kechalari, yakka tartibda yoki guruhli suhbatlar olib borish, qiziqarli kitoblar reklamasi hamda vaqtli matbuot nashrlari ularni keng targ’ibqilish kabi usullarni o’rganish haqida fikr bildirilgan.

 

Respublikamizdagi mavjud Axborot kutubxona markazlari ARMlar o’rtasida o’tkazilgan mazkur tanlovning shahar,viloyat bosqichlarida 1 o’rinni qo’lga kiritgan 13-maktab ARM kutubxonachisi Respublika bosqichida ham faxrli o’rinni egalladi.

     Xulosa qilib aytganda inson , uning qadriyatlari, shaxsning kamol topishi ma'naviy jihatdan yuksalishini ta'minlash o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama bilimli qilib tarbiyalash, kitoblarni to’plash, saqlash, o’quvchilar o’rtasida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish ARMlar da faoliyat olib boradigan har bir xodimning o’quvchilarda badiiy did, estetik zavq, nozik tuyg’ulari shakllanishigi e'tibor berishi,o’quvchilar qo’liga o’zi tushunadigan, ma'nosini anglay oladigan, yoshiga mos kitob tanlashgako’maklashish kerak. Kitobsiz ilmu- ma'rifatga erishishni, ilmiy ma'rifatsiz esa to’kis jamiyat qurishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Demak, hamma narsa insonning bilimiga, ma'naviy kamolotiga borib taqalar ekan, kitobxonlik an'analarini rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish o’ta zarur vazifaligi o’z-o’zidan ayon.        

 

2-sonli maktab huzuridagi  ARM  rahbari:                    G.Shukurova