Yangiliklar
Navoiy viloyatida 2021- yil 23-fevral kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning tortinchisi- "Yoshlar o'rtasida kitobxonlikni Keng targ'ib qilish" bòyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida o'tkazilayotgan "Eng kitobxon maktab" loyihasi doirasida Zarafshon shahar 2 -umumta'lim maktabi "Eng faol maktab direktori", "Eng faol kutubxonachi", "Eng iqtidorli o'quvchi " nominatsiyalarini qo'lga kiritdi.
Zarafshon shahar hokimligi "Eng kitobxon maktab" loyihasini qo'llab-quvvatlagani uchun kitoblar jamlanmasini olish uchun 10 000 000 so'mlik maxsus sertifikat taqdim etildi.
Navoiy viloyatida 2021- yil 23-fevral kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning tortinchisi- "Yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish" bòyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida o'tkazilayotgan "Eng kitobxon maktab" loyihasi doirasida Zarafshon shahar 2 -umumta'lim maktabi "Eng faol maktab direktori", "Eng faol kutubxonachi", "Eng iqtidorli o'quvchi " nominatsiyalarini qo'lga kiritdi.
Zarafshon shahar hokimligi "Eng kitobxon maktab" loyihasini qo'llab-quvvatlagani uchun kitoblar jamlanmasini olish uchun 10 000 000 so'mlik maxsus sertifikat taqdim etildi.
MMIBDO`: Turaboyeva Sh.E.
Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabi yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot sardorlar master klassi bo'lib o'tdi. Unda shahar sardori Abdujabborov Abdurahmon hamda Hayitova Afruzalar "sardor etikasi" mavzusida to'xtalib o'tdi. Maktab sardorlari o'zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.Bayram tadbir o'tkazish rejalarini kelishib olindi.
Maktab yoshlar yetakchisi: Xo`jayev A.
Zarafshon shahar 2-umumta`lim maktabida 11-fevral kuni "Aniq fanlar " fan oyligi munosabati bilan 8-sinflar orasida "Ajdodlar izidan " deb nomlangan tadbir o`tkazildi. Ushbu tadbir 4 ta shartdan iborat bo`lib, 1-si har bir sinf o`zi tanlagan buyuk allomalardan biri haqida ma`lumotlar berdi. 2-shartda algebradan berilgan tezkor savollarga javob berishdi. 3-shartda geometriyadan tuzilgan tezkor savollarga javob berishdi. 4-shartda sardorlar 2 daqiqa davomida matematik formulalar yozib, hakamlarga taqdim etishdi. Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o`tdi. Natijada 8-"D" sinf o`quvchilari 35 ball bilan 1-o`rinni, 8-"V" sinf o`quvchilari 26 ball bilan 2-o`rinni, 8-"G" sinf o`quvchilari 25 ball bilan 3-o`rinlarni egallashdi. 8 "A" va 8 "J" sinflar 22balldan 8 "B" sinf 20 ball bilan baholandilar.
Tadbir tashkilotchilari: Yakubova SH. Xojiyeva G. Yuldasheva D.
Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabida shaharda kitobxonlikni hamda ma'naviy-madaniy sohani yanada rivojlantirish maqsadida "Eng kitobxon maktab" tadbiri o'tkazildi. Tadbirni shahar hokimi Anvar Radjabov ochib berdi. Tadbirda milliy ma'rifatparlarimizning munosib hayot yo'lini yosh avlodlarimiz qalbiga singdirish maqsadida "Chiq'atoy gurungi" teatr guruhi tomonidan Alisher Navoiy, O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari", Usmon Nosir asarlari asosida sahna asarlari namoyish etildi. O'quvchilar tomonidan kitobxonlikka oid she'rlar, qo'shiqlar ijro etildi.Tadbirda 3-"Y"sinf oʻquvchilari ham oʻzlarini chiqishlari bilan tomoshabinlarni koʻnglini xushnud etdilar. Faol o'quvchilarga kitoblar ulashildi.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Muhammedova N.
Joriy yilning 2- fevral kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahar 2- umumiy òrta ta'lim maktabida buyuk mutafakkir, ģazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy umumbashariyat e'tirof etgan uluģ shoir va mutafakkir" deb nomlangan shahar seminari tashkil etildi. Ushbu seminar ochilish marosimida mehmonlar òquvchilar tomonidan uluģ shoirning ruboiy va tuyuqlaridan namunalar, Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonidan "Sher bilan durroj" hikoyasi asosida qòģirchoq teatri, "Sab'ai sayyor" va "Lison ut- tayr" dostoni asosida tayyorlangan sahna kòrinishlari bilan kutib olindi. Ona tili va adabiyot fani òqituvchisi Sayfiyeva Aziza va Uralova Dilnoza 8-sinflarda "Asqad Muxtor hayoti va ijodi" mavzusida, Mamatova Kamola 6- sinfda "Mahbub ul qulub" asarini òqish va òrganish mavzusida, Muhammedova Nargiza 3- sinflarda " Donolarning donosi" mavzusida ochiq darslar tashkil etishdi. Rajabova Nafisa ijodkor òquvchilar bilan "Nazm va navo" nomli adabiy- ijodiy kecha, Mòminova Mahliyo Òtkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari asosida tògarak tashkil etishdi. Unda fan òqituvchilari darslarni qiziqarli va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etib, òz pedagogik mahoratlarini kòrsatdilar. Darslardan sòng "Alisher Navoiy umumbashariyat e'tirof etgan uluģ shoir va mutafakkir" mavzusida yuqori saviyadagi tadbir namoyish etildi. Tadbirda turli fan òqituvchilar tomonidan ģazallar aytildi. "Chiģatoy gurungi" tògaragi rahbari va a'zolari tomonidan namoyish etilgan sahnalar barchaga manzur bòldi. Tadbir sòngida maktab direktori Sh. M.Qodirova va XTB metodisti Sh. Sh. Sayfiyevna sòzga chiqib, besh asrdan buyon e'tirof etib kelinayotgan shoir ijodi tuganmas xazina ekanligini ta'kidlab òtishdi. Tadbir tashkilotchilari va òquvchilarga minnatdorchilik bildirildi.
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi: Fayzullayeva G.